Mashg’ulot haqida ma’lumot. Butli o’rgamchakning tanasi boshko’krak va
qorin qismlaridan iborat. Boshko’krak bo’limining oldingi qismida 8 ta oddiy
ko’zlar joylashgan bo’lib, 6 juft oyoqlari bor. Bulardan birinchi jufti kalta, kuchli
xeliseralardir. Ularning oxirgi bo’g’imiga zahar bezining yo’li ochiladi. Ikkinchi
jufti oyoq-pedipalp bo’g’inli va uzunroq. Qolgan 4 juft oyoqlar 7 bo’g’imli bo’lib,
yurish oyoqlaridir.
Bu oyoqlar sezgir tuklar bilan qoplangan. Har qaysi oyog’ining oxirgi
bo’g’imida uchtadan tirnoqchalari bor. O’rgamchakning qorin qismi bosh
ko’krakdan kattaroq bo’ladi. Uning yelka tomonida butsimon oqish naqsh yaxshi
ko’rinadi. Qorin bo’limining hamma bo’g’imlari bir-biriga qo’shilib ketgan. Uning
oxirgi uchining ostida uch juft so’gal bo’lib, ularga maxsus o’rgamchak ipi
bezlarining yo’llari ochiladi. So’gal bezlaridan ajraladigan yarim suyuq modda
havoda qotib, ipga aylanadi. O’rgamchak orqa oyoqlaridagi taroqsimon tirnoqlari
bilan bu iplarni bir biriga tutashtirib, bitta umumiy ipga aylantiradi.
O’rgamchak qornining oldingi qismini pastida tashqariga ochiladigan bir juft
o’pka xaltachasi bo’ladi. Ularning devori ichida qon aylanadigan ko’pdan ko’p
varaqsimon o’simtalari orasida kislorodga to’yinadi. O’rgamchakning qorin
bo’limida o’pka xaltachasidan tashqari yana ikki tutam nafas naylari – traxeyalar
bo’ladi, ular bitta umumiy teshik – nafas teshik orqali tashqariga ochiladi.
O’rgamchakning qon aylanish sistemasi ochiq.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq. 1. Quyidagi nomlarni rasmdagi kerakli raqamlar bilan izohlang. 32-rasm. Butli o’rgamchak. ___ xelitsera asosidagi zahar bezi, ____so’ruvchi oshqozon,
____ichakning ko’r o’simtalari, ____yurak, ____tuxumdon, ____tuxum yo’li, ____o’rgimchak
bezlari, ___o’pka, ____jigar, ____yurak teshigi, ____malpigi naychalari.