21
Mashg’ulot haqida ma’lumot.
Yashil yevglena chiriyotgan o’simlik
qoldiqlariga boy bo’lgan ko’lmaklarda, iflos suvlarda yashaydi. Tanasi duksimon,
keyingi uchi o’tkirlashgan bo’ladi. Sitoplazmasi ektoplazma va endoplazmadan
iborat. Uning usti yupqa qavat pellikula bilan qoplangan.
Tanasining oldingi
uchida bitta xivchini bor bo’lib, u harakatlanish organidir. Uning asosida esa
harakatlarni boshqaruvchi bazal tanacha joylashgan. Unga yaqin joyda yorug’likni
sezadigan qizil dog’simon «ko’zcha» stigma joylashgan.
Evglena sitoplazmasidagi vakuolalarining atrofida bir nechta qisqaruvchi
vakuolalari bo’lib, vakuola qisqargan paytida suv va qoldiq moddalar tashqi muhit
bilan tutashgan rezervuariga o’tadi va tashqariga chiqariladi.
Bu bir hujayrali
organizmning tanasida xromotoforlari bor. Shu tufayli ular fotosintez yo’li bilan
oziqlanadi. Evglena autotrof organizmdir. Biroq u qorong’u joyda saqlansa,
rangsizlanib pellikulasi bilan
suvda yurgan moddalarni shimib, saprofit
ovqatlanishga o’tadi, bunday ovqatlanish miksotrof ovqatlanish deb ataladi.
Sitoplazmasida bitta yadro bo’lib, u tananing keyingi uchida joylashgan. U
bo’linish yo’li bilan ko’payadi.
Evglenasimonlardan tashqari hayvonsimon xivchinlilar bo’lib, ularning
ko’pchiligi dengiz suvlarida chuchuk suv havzalarida uchraydi. Ko’pchilik turlari
odam, hayvonlar va o’simlik to’qimalarida parazitlik qiladi. Kinetoplastidlar
turkumi vakillari –
leyshmaniya, trixomonas, triponozoma shular jumlasidandir.
Bu turkumga oid hayvonlarda xivchinlar bilan bog’langan maxsus organi -
kinetoplastlari bo’ladi.
Volvoks chiriyotgan o’simlik bor bo’lgan
suv havzalari, ba’zida sholi
poyalarida uchraydi. Uning shar shaklidagi tanasining kattaligi 2 mm gacha
bo’ladi. Yirik koloniya 2 mingga yaqin individni o’ziga birlashtirishi mumkin. U
koloniyalar tarkibidagi individlarning
har biri ikkitadan xivchinga, yadroga,
xromotoforga, qisqaruvchi vakuolalar va stigmaga egadir. Shuning uchun ham
koloniya tarkibidagi har bir individni alohida bitta organizm deb qarashimiz
mumkin. Biroq, bularning ko’pchiligi bo’linish xususiyatiga ega bo’lmaganliklari
tufayli somatik hujayralar deb ataladi. Ko’payish xususiyatiga
egalarining soni
atigi 4-10 tagina bo’lishi mumkin. Bular «ko’payuvchi vegetativ hujayralar» -
Dostları ilə paylaş: