A. K. Xusanov


partenogenetik nasli ikki jinsli nasl bilan almashinib turadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)


partenogenetik nasli ikki jinsli nasl bilan almashinib turadi. 
Hayvonlarning individual rivojlanishi.
Urug‘langan yoki partenogenetik 
tuxumni voyaga etgan organizmga aylanish davri individual rivojlanish, ya’ni 
ontogenez deyiladi. Ontogenez embrional (murtakning rivojlanishi) va 
postembrional (organizmning tug‘ilgandan yoki tuxumdan chiqqandan keyin 
rivojlanishi) davrlarni o‘z ichiga oladi. Embrional davr tuxum qo‘yuvchilarda 
embrionning tuxumdan chiqishi, tirik tug‘uvchilarda esa ona qornidan tug‘ilishi 
bilan tamom bo‘ladi. Postembrional rivojlanish hayvonlarda ikki yo‘l bilan boradi. 
Ko‘pchilik hayvonlarda, masalan, ayrim bo‘shliqichlilar, xalqali va to‘garak 
chuvalchanglar, 
o‘rgimchaksimonlar, 
chuchuk 
suvda 
yashovchi 
qisqichbaqasimonlar, ko‘pchilik xordalilarning murtagidan embrional rivojlanish 


18 
natijasida voyaga etgan hayvonlarning o‘ziga o‘xshash organizm etishib chiqadi. 
Bu tipdagi rivojlanish o‘zgarishsiz yoki bevosita rivojlanish deyiladi. Boshqa 
hayvonlar (masalan, dengiz bo‘shliqichlilari, ko‘pchilik halqali chuvalchanglar, 
dengiz qisqichbaqasimonlari va mollyuskalari, qanotli hasharotlar, ninaterililar)da 
embrional rivojlanish natijasida hosil bo‘lgan yosh organizm voyaga etgan ota-ona 
organizmidan tana tuzilishi va hayot kechirish tarzi bilan farq qiladi. Yosh 
organizm postembrional davrda bir necha o‘zgarishlardan keyin etishgan ota- ona 
organizmiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Rivojlanishning bu tipi bilvosita (o‘zgarishli) 
rivojlanish yoki metamorfoz deyiladi. 
Hayvonlarning rivojlanishi va o‘sishi ular hayotining dastlabki davrlariga 
to‘g‘ri keladi. Tana qoplag‘ichi yumshoq bo‘lgan hayvonlarning o‘sishi to‘xtovsiz, 
deyarli bir me’yorda boradi. To‘garak chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqlilar va boshqa 
bir qancha hayvonlarning tanasi qattiq po‘st bilan qoplangan. Qattiq po‘st o‘sishga 
to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun bu hayvonlarning o‘sishi eski qattiq po‘stini 
tashlagandan so‘ng boshlanadi va yangi po‘st qotib, o‘sishga to‘sqinlik 
qilmaguncha davom etaveradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin