A. K. Xusanov


-bo‘lim. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

2-bo‘lim. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi 
 
Hayvonlar hujayrasi va to‘qimalari.
Hayvon hujayrasi xam boshqa 
organizmlar hujayrasiga o‘xshash tuzilgan. Hujayra tashqi sitoplazmatik 
membrana, sitoplazma va uning organoidlari hamda yadrodan iborat. Ammo 
hujayra qobig‘ining yupqaligi, qisqaruvchi tolalar - miofibrillar, sezgir nerv 
hujayralari va tolalari hamda hujayraning bo‘linishida ishtirok etadigan 
sentrosomaning bo‘lishi bilan hayvon hujayralari boshqa hujayralardan farq qiladi. 
Ko‘p hujayrali hayvonlar organizmida shakli, tuzilishi va organizmdagi 
funksiyalari o‘xshash bo‘lgan hujayralar to‘qimalarni hosil qiladi. Hayvonlar 
organizmida epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qimalari bo‘ladi. 
Organlar va organlar sistemasi
. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan to‘qimalar 
organlarni tashkil etadi. Har qaysi organ tarkibiga bir necha xil to‘qima kiradi. Xar 


13 
bir organ organizmda ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan bo‘ladi. Bir-biri 
bilan uzviy bog‘langan va organizmda bitta umumiy vazifani bajaradigan organlar 
sistemaga birlashtiriladi. Masalan, og‘iz bo‘shlig‘i, xalqum, oshqozon, ichaklar va 
ovqat hazm qilish bezlari ovqat xazm qilish sistemasini tashkil etadi. Evolyutsion 
taraqqiyotning bir muncha yuqori pog‘onasida joylashgan hayvonlarda ovqat xazm 
qilish, nafas olish, ayirish, tayanch-harakat, qon aylanish, nerv va boshqa bir 
qancha organlar sistemalari rivojlanadi. 
Tana simmetriyasi
. Simmetriya hayvonlar tanasining o‘xshash qismlarini 
simmetriya markazi (nuqta, to‘g‘ri chiziq yoki yuza) atrofida ma’lum bir geometrik 
tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi uzoq davom etib 
kelayotgan evolyutsion taraqqiyot natijasi bo‘lib, yashash muhiti bilan 
chambarchas bog‘liq. Hayvonlarda tana simmetriyasining quyidagi xillari mavjud: 
Radial nurli
, ya’ni teng o‘qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan 
sharsimon plankton hayvonlar (quyoshlilar, nurlilar, volvokslar va boshqalar)da 
ko‘rish mumkin. Ular tanasining o‘xshash qismlari bir nuqtadan tarqaladigan radial 
nurlar yo‘nalishida joylashgan. Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib 
turuvchi hayvon yashab turgan muhitning tananing xamma tomonida bir xil 
bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bu xildagi tana simmetriyasiga ega bo‘lgan hayvonning 
tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyasi ham tananing hamma tomonida bir xilda 
bo‘ladi. 
Radial o‘qli simmetriya suv tubida o‘troq yashaydigan bo‘shliqichlilar va 
ularning erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va ninaterililar uchun 
xosdir. Radial - o‘qli simmetriyaga ega bo‘lgan hayvonlar tanasining o‘xshash 
qismlari aylanish o‘qi atrofida joylashgan. Hayvonlar tanasidagi simmetrik 
bo‘laklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo‘shliqichlilar, taroqlilar, 
g‘ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi. 
Bilaterial, ya’ni ikki yonlama simmetriya juda ko‘pchilik harakatchan 
umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqali hayvonlar uchun xos bo‘ladi. Bu 
xayvonlar tanasini markaziy o‘q orqali o‘tadigan yagona yuza orqali faqat ikkita 
teng bo‘laklarga ajratish mumkin. Billaterial tana simmetriyasiga ega bo‘lgan 


14 
xayvonlar tanasining chap va o‘ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa 
(elka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin. 
Odatda radial-nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o‘qli 
simmetriya bir muncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun xarakterlidir. 
Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilishga ega 
bo‘ladi. Bunday xayvonlarga sodda tuzilgan yalang‘och amyobalar bilan bir 
qatorda qorinoyoqli mollyuskalar ham misol bo‘ladi. Qorinoyoqlilar tanasining 
assimetrik tuzilishi spiral chig‘anoqdan hosil bo‘lishi bilan tananing bir tomonga 
buralishi natijasida kelib chiqqan bo‘lib, ikkilamchi xarakterga egadir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin