sutemizuvchilar, qushlar, sudralib
yuruvchilar, baliqlar
); yumshoqtanlilar (
mollyuskalar
); bo‘g‘imlilar (
halqali
chuvalchanglar va bo‘g‘imoyoqlilar
), nurlilar (
ninaterililar, chuvalchanglar,
infuzoriyalar
)ga va 19 sinfga ajratadi. Lekin, Kyuve ham xuddi Linney singari
turlarning o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi metafizik fikrni himoya qilib chiqqan edi.
Uning vatandoshi va zamondoshi Sent-Iler (1772-1844) esa turlarning tashqi muhit
ta’sirida o‘zgarishi borasidagi g‘oyani ilgari surgan.
XIX asr biologiya fanida tirik tabiatdagi murakkab formalarni eng sodda
formalardan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi g‘oyalarning ustun kelishi bilan
xarakterlanadi. Bu davrda evolyutsion g‘oyalarni rivojlanishida T.Shvan (1810-
1882) va M.Shleyden (1804-1881) tomonidan hayvonlar va o‘simliklarning
hujayraviy tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot katta ahamiyatga molik bo‘ldi. Turlarning
o‘zgarishi, murakkab formalarni oddiy formalardan taraqqiy etib chiqishi
to‘g‘risidagi ta’limotni birinchi bo‘lib fransuz naturalisti J.B.Lamark (1744-1829)
taklif etgan. U “Zoologiya falsafasi” asarida turlarning o‘zgarmasligi xususidagi
metafizik qarashlarga zarba berib, o‘zining evolyutsion ta’limotini asoslab beradi.
Lekin, Lamark evolyutsion jarayonning sabablarini ochib berolmadi. Olimning
asosiy ishlari umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan edi. U K.Linney
8
sistemasini yanada takomillashtirdi va umurtqasiz hayvonlarni 14 sinfga ajratishni
taklif etdi.
Zoologiya fanida evolyutsion g‘oyalar faqat Ch.Darvinning (1809-1882)
“Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” (1859) asari bosilib
chiqqandan so‘ng to‘la-to‘kis o‘z asosini topdi. Ch.Darvin turlarning o‘zgarishi va
organik olam evolyutsiyasini tushuntirib qolmasdan, evolyutsiyaning asosiy
omillarini ham ochib beradi. U tirik mavjudotlar tuzilishining murakkablashib
borishi va tabiiy muhitga moslashuvining sababi uzoq davom etgan tabiiy yoki
sun’iy tanlanish ekanligini bayon etdi. Darvin ta’limoti zoologiya fanlari
taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ta’limot biologiya fani oldiga
hayvonlar evolyutsiyasi yo‘nalishlari va sabablarini ochib berishdek yangi
vazifalarni qo‘ydi.
XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimlari E. Gekkel (1834-1919) va
F.Myuller (1821-1897) hayvonlarning individual rivojlanishi bilan tarixiy
taraqqiyoti o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib beruvchi biogenetik qonunni kashf
qilishib, evolyutsion ta’limotni muhim dalillar bilan boyitishdi.
XIX asr oxiri va XX asr davomida quruqliq dengiz va okeanlar faunasini
o‘rganish uchun bir qancha yirik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Bu soxada ayniqsa
“Chellenjer” kemasidagi (Angliya, 1872-1876), “Galateya” (1950-1960) va
“Vityaz” kemalaridagi Angliya, Daniya va Sovet ekspeditsiyalari juda keng
miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Rus olimi A.V.Ivanov ekspeditsiya
materiallari asosida yangi hayvonlar tipi - pogonoforalarni tasvirlab, berdi. Ingliz
olimi D.Smit esa Afrikaning janubiy-sharkiy qirg‘og‘idan tutilgan latimeriya deb
atalgan panjaqanotli baliq, ta’rifini keltirgan.
Rus olimi K.M.Berning zoologiya fanining rivojlanishida (1792-1876)
xizmatlari katta bo‘ldi. U hayvonlarning individual rivojlanishi to‘g‘risidagi
embriologiya faniga asos solganlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, K.M.Berning
Azov va Kaspiy dengizlariga qilgan ekspeditsiyalari bu havzalarda baliqchilikni
rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Olim hayvonlar embrionining
o‘xshashligi to‘g‘risidagi qonunni ochdi. Bu qonunga binoan embrionning
9
rivojlanishida dastlab tipning, so‘ng sinf va turkumning belgilari, oxirgi navbatda
esa turga xos belgilar yuzaga chiqadi.
XIX asrning ikkinchi yarmida zoologiya soxasidagi ishlar ayniqsa, Ch.Darvin
ta’limoti e’lon qilingandan so‘ng tez rivojlana boshladi. Akademik A.O.Kova-
levskiy (1840-1901) paleontologiya fani dalillari asosida hozirgi bir barmoqli ot
zotlarini qadimgi to‘rt va uch barmoqli ajdodlardan kelib chiqqanligini ko‘rsatib
berdi. Uning bu tekshirishlari evolyutsion paleontologiyaning rivojlanishi uchun
asos bo‘ldi. Nemis olimi E.Gekkel (1874) va rus olimi I.I.Mechnikov (1845-1916)
ko‘p hujayrali hayvonlarning kelib chiqqanini izohlab berishdi.
Hayvonot dunyosini o‘rganish rejali asosda va kompleks ravishda olib
boriladigan bo‘ldi. Bu soxada A.N.Seversov (evolyutsion morfologiya),
N.K.Kolsov
(genetika),
E.N.Pavlovskiy
(parazitologiya),
K.I.Skryabin
(gelmintologiya), V.A.Dogel (parazitologiya, protistologiya), V.N.Beklemishev
(solishtirma
anatomiya),
L.A.Zenkevich
(sistematika),
G.Ya.Beybienko
(entomologiya) va boshqa zoologlarning ilmiy maktablari katta yutuqlarni qo‘lga
kiritdi. Akademik A.A.Zenkevich (1889-1970) rahbarligida Shimoliy dengizlar va
Tinch okeani umurtqasiz hayvonlarini o‘rganish borasida yirik ilmiy tadqiqotlar
olib borildi. L.A.Zenkevich rahbarligida 7 jildli “Hayvonlar xayoti” asari yaratildi.
E.N.Pavlovskiy (1884-1965) organizm bilan uning yashash muhiti o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rganish asosida o‘zining transmissiv kasalliklarning tabiiy
manbalari to‘g‘risidagi ta’limotini yaratdi. S.S.Shvars (1919-1976) evolyutsion
jarayonning ekologik mexanizmini ishlab chiqdi. V.A.Dogel (1882-1955)
evolyutsion
jarayonda
gomologik
organlar
sonining
kamayib
borishi
(oligomerizatsiya) to‘g‘risidagi ta’limotni ishlab chiqdi. A.A.Zaxvatkin (1906-
1950) ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi muammosini tadqiq qildi.
Keyingi davrda sistematika sohasidagi tadqiqotlarda solishtirma anatomiya,
paleontologiya, embriologiya kabi an’anaviy usullar bilan bir qatorda tobora
ko‘proq biokimyoviy, kariologik, molekulyar va genetik usullar keng tatbiq
etilmoqda.
10
Zoologiya fanining O‘zbekistonda rivojlanishi sharqning buyuk allomalari
Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning nomi bilan bog‘liq. Zoologiya
soxasidagi dastlabki tadqiqotlar kishilar sog‘ligini saqlash uchun zarur bo‘lgan
dori-darmonlar
tayyorlash
bilan
bog‘liq bo‘lgan. XI asrning buyuk
mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon Beruniy (973-1043) o‘zining tibbiyot
soxasidagi asarlarida 101 xil hayvon va ulardan olinadigan dori-darmonlar
to‘g‘risida yozib qoldirgan. Olim o‘zining “Hindiston” (1030) asarida karkidon, fil,
kiyik, delfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar
keltiradi. Ayniqsa, uning delfinlar tanasining tuzilishi, ularni tovush orqali o‘zaro
munosabatda bo‘lishi, karkidonning tuzilishi va tarqalishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlari e’tiborga loyiq.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining “Kitob ash-shifo” asarida odamlarning
ichagida parazitlik qiluvchi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar va
ularni davolash to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar keltiradi. Olim ularni turlarga
ajratib “katta va uzun qurt”, “dumaloq qurt”, “qovoq urug‘iga o‘xshash qurt”,
“mitti qurt” deb ataydi. Qovoqsimon qurt, mitti qurt (kichik zanjirsimon)
tushunchalari zoologiyaga oid asarlarda hozir ham saqlanib qolgan. “Kitob ash-
shifo” yirik falsafiy asar bo‘lib, unda geologiya, botanika, matematika,
astronomiya, mantiq, ilohiyotga oid ma’lumotlar kam keltirilgan. Olimning tabiiy
fanlarga oid ilmiy ishlari K.Linneyga ham ma’lum bo‘lgan. Ana shu boisdan ham
K.Linney o‘zi tasvirlagan o‘simliklardan biriga “Avitsenna” (Ibn Sino) deb nom
bergan.
Hayvonot dunyosi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar Z.M.Boburning (1483-1530)
shoh asari “Boburnoma”da ham keltirilgan. Asarda u o‘zi hukmronlik qilib turgan
Hindistonda uchraydigan 60 dan ortiq umurtqali hayvonlar to‘g‘risida yozib
qoldirilgan.
“Boburnoma”da keltirilgan hayvonlar yashash muhitining
xususiyatlariga ko‘ra quruqlik hayvonlari, suv yaqinida uchraydigan hayvonlar va
suv hayvonlariga ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar hozirgi O‘rta Osiyo, shu jumladan
O‘zbekiston hayvonot dunyosini o‘rganishga uzoq davr mobaynida juda kam
11
e’tibor berilganligini ko‘rsatadi. Bu soxadagi maxsus tadqiqotlarni faqat XIX
asrning ikkinchi yarmida N.A.Seversov boshlab berdi. U o‘z sayohatlarida Orol
dengizi, Ustyurt, Qizilqumning shimoli, Sirdaryo, Tyanshan va Pomir tog‘lari
hayvonlarini va tabiatini o‘rgandi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda
tabiatshunos olim A.P. Fedchenkoning xizmatlari ayniqsa katta. U 1868-1871
yillarda Oloy va Zarafshonda o‘tkazgan ekspeditsiyalarida 4000 hayvon turi
(asosan hasharotlar)ni o‘z ichiga oluvchi 20000 ga yaqin kolleksiya to‘pladi. Uning
birgina Zarafshon vodiysining yuqori qismida olib borgan tekshirishlarida 1000
dan ortiq hayvon turi yig‘ildi. Sayyoh ipakchilik bilan ham qiziqadi.
A.P.Fedchenko birinchi bo‘lib O‘zbekistonda, xususan Samarqandda rishtaning
biologiyasini o‘rganadi.
A.P.Fedchenkoning zamondoshi V.F.Oshanin (1844-1945) Oloy vodiysi,
Zarafshon va Turkiston tizma tog‘lari va Pomir tabiatini tekshiradi, Amudaryoning
yuqori qismida tarqalgan hasharotlarni o‘rganadi. U “Turkiston chala
qattiqqanotlilar faunasining zoogeografiyasi” (1891) kitobida 700 dan ortiq
hasharotlar turi haqida ma’lumot beradi. V.F.Oshaninning tashabbusi bilan 1876
yilda Toshkentda tabiat muzeyi tashkil etildi.
O‘rta Osiyo hayvonlarini o‘rganish XX asrning boshlarida, ayniqsa, jadal
sur’atlar bilan olib borildi. Asrimizning 20 va 30-yillarida O‘rta Osiyo hududida
yashovchi aholi o‘rtasida keng tarqalgan parazitar kasalliklarga qarshi kurashni
amalga oshirishga katta e’tibor berildi. Buning uchun zoologiya fani oldiga parazit
va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda
O‘rta Osiyoga bir necha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. N.I.Xodukin (1896-1954),
L.M.Isaev (1868-1964) bezgak pashshalarini o‘rganib, ularga qarshi kurash
tadbirlarini ishlab chiqishadi. L.M.Isaev tashabbusi bilan O‘zbekistonda bezgakni
tadqiq etuvchi stansiyalar va Tibbiyot parazitologiyasi instituti tashkil etildi. Olim
rishta parazitini o‘rganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi. O‘sha
davrda amalga oshirilgan tadbirlar 50-yillarda O‘rta Osiyoda bezgak kasali va
rishtani batamom tugatish imkonini berdi.
12
Asrimizning 20-yillarida zoologiya soxasidagi asosiy tadqiqotlar yangi tashkil
etilgan Turkiston universitetida olib borildi. A.L.Brodskiy (1882-1943) bir
hujayrali hayvonlarni o‘rganishni boshlab berdi. U Qizilqum faunasini tekshirib,
chig‘anoqli soxtaoyoqlilarning yangi turlarini topadi va ularni dengiz
soxtaoyoqlilari bilan yaqinligini isbotlaydi. Bu tadqiqot O‘rta Osiyo qumliklari
o‘rnida qadimda dengiz bo‘lganligidan dalolat beradi. D.N.Kashkarov (1878-1941)
O‘rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab berdi. T.Z.Zoxidov Qizilqum
hayvonlari ekologiyasini o‘rgandi va zoologiya sohasida bir qancha yirik asarlar
yozdi. V.V.Yaxontov (1899-1970) hasharotlarni va A.M.Muhammadiev (1906-
1988) suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlarni o‘rganish sohasida bir qancha
tadqiqot ishlarini olib borishdi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda
M.N.Narziqulov
hamda
R.O.Olimjonovlar
(hasharotlar),
A.T.To‘laganov
(fitogelmintlar),
M.A.Sultonov,
I.X.Ergashev,
J.Azimov
(zoogelmintlar),
S.N.Alimuhamedov (zararkunanda bo‘g‘imoyoqlilar) va boshqa olimlar ham bir
qator ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishdi. Zoologiya sohasidagi izlanishlar
ayni kunda ko‘plab ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarida olib
borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |