17
yangi organizm shakllanadi. Ko‘p marta bo‘linish bilan ko‘payishda ona organizmi
juda ko‘p bo‘laklarga bo‘linadi, xar qaysi bo‘lakdan yangi organizm xosil bo‘ladi.
Bu xildagi bo‘linish yassi va xalxali chuvalchanglar uchun xos.
Hayvonlarning
jinssiz ko‘payishi ularning tanasida juda kam ixtisoslashgan, lekin boshqa xamma
to‘qima va organlarni hosil qila oladigan hujayralarning bo‘lishi bilan bog‘liq.
Jinsiy ko‘payishda maxsus jinsiy hujayralar gametalar hosil bo‘ladi va ular
bir-biri bilan qo‘shilgandan keyin yangi organizm rivojlanib chiqdi. Bir
xujayralilarning gametalari bitta
hujayradan etishib chiqadi; ko‘p hujayralilarning
gametalari maxsus jinsiy bezlar - gonadalarda hosil bo‘ladi.
Erkaklik ypyg‘ hujayralari spermatozoidlar
yoki mikrogametalar, urg‘ochilik
jinsiy hujayralar
tuxum
hujayra
yoki makrogameta deyiladi. Odatda
spermatozoidlar tuxum hujayralarga nisbatan kichik bo‘lib,
ingichka xivchini
yordamida xarakatlanadi. Tuxum hujayra yumaloq va harakatsiz bo‘lib, unda
embrionning rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar bo‘ladi.
Umurtqasiz hayvonlar orasida urug‘lanmagan tuxumlardan ko‘payish -
partenogenez xam ko‘p uchraydi. Partenogenez odatda ko‘plab qirilib ketadigan
hayvonlarda uchraydi. Partenogenez qulay sharoit bo‘lganda
qisqa vaqt ichida
individlar sonining juda tez ortishiga imkon beradi. Ayrim umurtqasiz hayvonlar
turi faqat partenogenetik urg‘ochilardan iborat. Lekin odatda hayvonlarning
Dostları ilə paylaş: