A. K. Xusanov


-bo‘lim. Hayvonlar xayotining asosiy xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

3-bo‘lim. Hayvonlar xayotining asosiy xususiyatlari
Hayvonlar zamburug‘lar va ko‘pchilik bakteriyalar singari geterotrof 
organizmlar bo‘lib, tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Ko‘pchilik 
xayvonlar faol hayot kechiradi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yura oladi va har 
xil harakatlar kiladi. Ular tanasida moddalar almashinuvi ham faol kechadi. 
Shuning uchun hayvonlar organizmida evolyutsiya jarayonida turli organlar 
sistemasi hosil bo‘lgan. Ko‘p hujayrali yuksak tuzilgan hayvonlarda ovqat hazm 
qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish, tayanch-harakat, jinsiy va nerv sistemalari 
rivojlangan. Hayvonlar bilan boshqa tirik mavjudotlar o‘rtasidagi tafovutlar ancha 
murakkab tuzilgan formalar o‘rtasida ko‘proq yuzaga chiqadi. Sodda tuzilgan 
organizmlar o‘rtasida esa yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tafovutlar yaqqol ko‘zga 
tashlanmaydi. Xususan, bir hujayrali hayvonlar (xivchinlilar) orasida o‘simlikka 
o‘xshash fotosintez qiluvchi bir qancha avtotrof turlari ham bor.
Hayvonlar tanasining yiriklashuvi va tuzilishining murakkablashuvi bilan 
organizmda moddalarni tashish funksiyasini bajaruvchi maxsus organlar paydo 
bo‘ladi. Bo‘shliqichlilarda bu vazifani tana bo‘shlig‘i, yassi chuvalchanglarda esa 
ichaklar, to‘garak va halqali chuvalchanglar hamda bo‘g‘imoyoqlilarda tana 
suyuqligi yoki qon bajaradi.
Nafas olish.
Ko‘pchilik organizmlar, shu jumladan hayvonlarda ham 
organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida to‘xtovsiz gaz almashinuvi bo‘lib turadi. Bu 


15 
jarayonda tashqi muhitdan organizmga kislorod o‘tadi va organizmdan 
parchalanish mahsuloti - karbonat angidrid gazi chiqarib yuboriladi. Mikroskopik 
tuzilishga ega bo‘lgan tuban umurtqasiz hayvonlarda gaz almashinuvi butun tana 
yuzasi orqali sodir bo‘ladi. 
Tana bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan ko‘p hujayrali hayvonlar (bo‘shliqichlilar, yassi 
chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar)da gaz almashinuvi tana suyuqligi orqali 
boradi. Xalqali chuvalchanglarning kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan terisi 
gaz almashinuvida asosiy o‘rin tutadi. Tana tuzilishining yanada murakkablashuvi 
va hayvonlar faolligining osha borishi bilan tana qoplag‘ichi orqali gaz 
almashinuvi etarli bo‘lmay qoladi. Shu sababli bir muncha murakkab tuzilgan 
hayvonlar organizmida maxsus nafas olish organlari rivojlanadi. Quruqlikda 
yashab, atmosfera xavosi orqali nafas oluvchi xayvonlar traxeyalar yoki o‘pka 
orqali, suv hayvonlari esa jabralar orqali nafas oladi. 
Oziqlanishi.
Hayvonlar xam barcha geterotrof organizmlarga o‘xshab oqsillar, 
yog‘lar, uglevodlar va boshqa organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Hayvonlar bu 
moddalarni tashqi muhitdan oladi. Lekin ularning molekulasi juda yirik 
bo‘lganidan suvda erimaydi va hujayra membranasi orqali o‘ta olmaydi. Shuning 
uchun hayvonlar organizmida bu moddalar fermentlar ta’sirida bir muncha 
oddiyroq moddalar (aminokislotalar, glitserin, kislotalar, monosaxaridlar)ga 
parchalanib so‘riladi. Bu jarayon ovqat hazm qilish deyiladi. So‘rilgan organik 
moddalar organizmning turli qismlariga borib assimilyatsiya jarayonlariga jalb 
etiladi. Hujayralarda ulardan hayvonlar uchun xos bo‘lgan yangi moddalar 
sintezlanadi. Ko‘pchilik ko‘p hujayrali hayvonlarda oziqni maydalash, hazm 
shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish funksiyasini bajaruvchi maxsus ovqat xazm 
qilish sistemasi rivojlangan. Bir hujayralilarda va tuban ko‘p hujayralilarda oziq 
hujayra ichida hazm qilinadi. Hayvonlar oziqlanish usuliga binoan ham bir-biridan 
farq qiladi. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan oziqlanganidan ular 
fitofag (o‘txur) hisoblanadi. Ekinlar va oziq-ovqat mahsulotlariga ziyon 
keltiradigan hayvonlar zararkunandalar deyiladi. Boshqa hayvonlar hisobiga hayot 
kechiruvchi hayvonlar yirtqichlar va parazitlarga ajratiladi. Yirtqich hayvonlar o‘z 


16 
o‘ljasini tez o‘ldiradi va birdaniga eb qo‘yadi. Parazitlar esa o‘z ho‘jayinini 
birdaniga o‘ldirmasdan undan o‘z rivojlanishi davomida foydalanadi. 
Hayvonlar orasida organik moddalar qoldig‘i bilan oziqlanadigan turlari xam 
ko‘p bo‘lib, ularni saprofaglar deyiladi. Saprofaglarni ham fitofaglar (o‘simlik 
qoldig‘i bilan oziqlanadigan), koprofaglar (hayvonlar ekskrementi bilan 
ozikdanadigan), nekrofaglar (hayvon murdalari bilan ozikdanuvchilar)ga ajratish 
mumkin. 
Harakatlanishi
. Ko‘pchilik hayvonlarda maxsus harakatlanish organlari 
rivojlangan. Bir hujayralilarda bu maxsus sitoplazma o‘simtalardan hosil bo‘lgan 
xivchinlar yoki kipriklardan iborat. Tuban ko‘p hujayralilarda maxsus 
harakatlanish organlari bo‘lmaydi. Ular tanasini bukilib yozilishi yoki qisqarib 
chuzilishi or- Kali xdrakat qiladi. Ko‘p hujayralilarda maxsus hapakatlanish 
organlari dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lib, bir muncha sodda tuzilgan 
ko‘p sonli ikki shoxli juft tana o‘simtalari (parapodiylar)dan iborat. Evolyutsion 
taraqqiyot jarayonida harakatlanish organlari ham takomillasha borib, maxsus 
tayanch-xarakat sistemasi hosil bo‘ladi. Hayvonlarning quruqlikda yashashga 
o‘tishi bilan yangi tipdagi tayanch-harakatlanish sistemasi paydo bo‘ldi. Endi bu 
sistema harakatlanish bilan birga tanani er ustida ko‘tarib turuvchi tayanch organi 
vazifasini ham bajaradi. 
Sezgi organlari
. Ko‘pchilik hayvonlar faol harakat qilib, o‘z ozig‘ini topadi 
va dushmanlaridan saqlanadi. Bu esa tashqi muhitni doimo o‘zgarib turishi bilan 
bog‘liq. Nerv sistemasi hayvonlarni o‘zgarib turadigan tashqi muxitga 
moslashuviga, binobarin ularni yashab qolishiga imkon beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin