A. K. Xusanov


-bo‘lim. Zoologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

 
1-bo‘lim. Zoologiyaning rivojlanish tarixi 
 
Hayvonlar to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar miloddan avval V-V 
asrga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Lekin zoologiyaga 
taalluqli ilk ilmiy asarlarni miloddan IV asr avval yashab o‘tgan Arastu (Aristotel) 
yaratgan. Uning asarlarida 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va 
tarqalishi tushuntirib berilgan. Arastu hayvonlarni qonlilar va qonsizlarga ajratadi. 
Bu gypyhlap hozirgi sistemaga muvofiq, umurtqalilar va umurtqasizlarga yaqin 
keladi. Hayvonlar yana 8 ta kichik guruhlarga: to‘rtoyoqlilar, tuxum qo‘yuvchi ikki 
oyoqlilar, tuxum qo‘yuvchi to‘rt oyoqlilar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va 
boshqalarga ajratilgan. Arastu asarlarida organlar tuzilishining o‘zaro muvofiqligi 
(korrelyatsiya) va gradatsiya to‘g‘risida ham sodda fikrlar bayon etilgan. Qadimgi 
Rim tabiatshunoslari orasida Gay Pliniy (miloddan so‘ng 23-79 yillar) mashhur 
bo‘lgan. Uning 37 jildli “Tabiat tarixi” asarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 
barcha hayvonlar ta’riflab berilgan. 



Din va xurofot hukm so‘rgan O‘rta asrlarda tabiatni o‘rganish qat’iyan man 
etilib, ilm-fan namoyandalari esa ta’qib ostiga olindi. Ana shu sababli zoologiya 
fanining rivojlanishi batamom to‘xtab qoldi, Aristotel va Gay Pliniy ishlari unutib 
yuborildi. 
XIV-XV asrlarga kelib ilm-fan taraqqiyotining markazi G‘arbiy Evropaga 
ko‘chdi. Bu davrda barcha tabiiy fanlar, shu jumladan zoologiya soxasida xam 
muhim kashfiyotlar qilindi. Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan va boshqa 
bir qancha sayyohlarning dengizlar osha sayohatlari natijasida ilgari noma’lum 
bo‘lgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Dunyoning turli burchaklaridan yig‘ib 
keltirilgan behisob materiallarni sistemaga solish va umumlashtirish zarur edi. 
Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist E.Gesnerning (1516-1565) 17 
jildli “Hayvonlar tarixi” asari paydo bo‘ladi. Asar ko‘p jihatdan sodda yozilgan va 
unda noaniq ma’lumotlar ko‘p bo‘lsada, eng qadimiy ensiklopedik manba 
hisoblanadi. 
Zoologiya fanining taraqqiy etishida XVII asrda mikroskopning ixtiro etilishi 
beqiyos katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Golland olimi Levenguk (1632-1723) “Mik-
roskop yordamida ochilgan tabiat sirlari” kitobi bilan ko‘z ilg‘amas hayvonlar 
dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M.Malpigi (1628-1694) umurtqali hayvonlar 
qon aylanish sistemasi kapillyarlari va ayrish organlarini, hayvonlar terisining 
mikroskopik tuzilishini tasvirladi. 
Angliyalik U.Garvey (1578-1657) odamning qon aylanish sistemasini birinchi 
bo‘lib tushuntirib berdi. Lekin o‘sha davrda olimlar o‘rtasida jinsiy hujayralar va 
murtakda bo‘lajak organizmning barcha organlari tayyor holda turadi degan 
metafizik tushuncha xukmron edi. 
Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to‘g‘risidagi ta’limot XVIII asrda 
paydo bo‘ldi. Bu ta’limotning negizini shved olimi K.Linney (1707-1778) ishlari 
tashkil etadi. Uning “Tabiat sistemasi” asarida tur, ypyg‘, turkum va sinf kabi 
sistematik kategoriyalar asoslab beriladi. Olim turni ypyg‘ va tur nomi bilan 
atashni taklif etishi bilan binar nomenklaturaga asos soldi. K.Linney hayvonot 
dunyosini sutemizuvchilar, qushlar, parrandalar, baliqlar, hasharotlar va 



chuvalchanglar sinfiga ajratadi. Lekin, Linney «
turli sistematik guruxlar o‘rtasida 
xech qanday bog‘lanish yo‘q
» degan fikrni himoya qilib chiqqan. 
K.Linney zamondoshi fransuz olimi J.Byuffon (1707-1768) o‘sha davrgacha 
zoologiya soxasida ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni umumlashtiruvchi 36 
jildli “Tabiat tarixi” asarini yaratdi. Asarda u birinchi bo‘lib turlarni o‘zgarishi 
to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi. 
XIX asr boshlarida fransuz olimi J.Kyuve (1769-1832) paleontologik 
qazilmalarga asoslanib, qadimda yashagan, lekin hozir kirilib ketgan hayvonlar 
xususida ma’lumot beradi. U organizmning bir butunligi va turli organlarning 
o‘zaro bog‘langanligiga asoslanib, o‘zining organlar korrelyatsiyasi to‘g‘risida 
ilmiy g‘oyasini ilgari surdi. J.Kyuve zoologiya faniga tip tushunchasini kiritadi. U 
hayvonot dunyosini to‘rt tip: umurtqalilar (

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin