Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 1171 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal qaratiladi. Bunday insholarda biror yozuvchi yoki shoir ijodi, asarlari mazmuni,
mavzu doirasi, badiiy ahamiyatini o„zlashtirish, o„quvchida fikrlash ko„nikmalari,
qaror qabul qilish tezligi, voqelikka, shaxslarga, narsa-hodisaga baho berish
malakasini shakllantirish maqsadi qo„yiladi. Ta‟limiy insholar ham baholanadi, lekin
bunday insholar bilimni aniqlashga emas, bilim berishga yo„naltiriladi.
Sinov insholari o„rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko„nikma
va malakalarini sinash hamda baholash uchun muayyan mavzular tugagandan so„ng,
choraklar yoki o„quv yili oxirida nazorat ishi sifatida, davlat attestatsiyalarida,
olimpiadalarda, ijtimoiy-gumanitar sohalarga doir tanlovlarda o‟tkaziladi. Sinov
insholari olingan bilim, ko‟nikma va malakani baholashga xizmat qiladi.
Insholar mazmun-mohiyatiga ko„ra ikki xil bo‟ladi;
1.
Adabiy mavzudagi insho ta‟lim dasturida qayd qilingan, dars jarayonida
o„tilgan mavzular asosida yoziladigan, darslar va darsliklardagi ma‟lumotlarga
o„quvchining munosabati, shaxsiy fikrlari ifodalanadigan, ijodiy yondashuv asosidagi
yozma ishdir. Adabiy mavzudagi inshoda muayyan yozuvchi, shoirning hayoti va
ijodi, qahramonlar xarakteri, fe‟l-atvori, faoliyati, taqdiri tahlil qilinadi, ijodkor
faoliyati, asarlariga doir umumiy ma‟lumotlar bayon etiladi, badiiy asar mazmuni,
g„oyasi hamda undagi qahramonlar xarakterini, taqdirini yoritishda, tahlil qilishda
o„quvchining mustaqil yondashuvi aks etadi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr
inshoning zarur shartlaridan biridir. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi
insholar deb ham yuritiladi.
2.