Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 1169 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo„yoq berish, nafosat bag„ishlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
1. O„quvchilarning yozma nutq malakasini shakllantirish – DTSning asosiy
talabi.
•
O'quvchilarning yozma nutq malakasini shakllantirish:
•
Husnixat;
•
Yozma nazorat ishlari (diktant, bayon, insho);
•
Grammatik qurilmalarni o„z o„rnida qo„llay olish;
•
Mavzu hamda rasmlar asosida yozma matn tuzish;
•
Ta‟limiy o„yinlar;
•
Turli mashqlarni bajartirish.
Yozma nutq harf va so„zlarning ma‟lum qonuniyat asosida o„zaro birikuvi,
tinish belgilari, har xil ajratishlar: abzaslar, paragraflar va gaplarni grammatik
jihatdan aniq va tushunarli bayon qilish orqali voqelanadi.
Yozma nutq ustida ishlash og„zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab
jarayondir. Chunki u o„quvchidan grammatik va mazmunan jihatidan to„g„ri
jumla qurishni, har bir so„zni o„z o„rnida to„g„ri qo„llashni, fikrni ixcham,
izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar
asosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutq turning murakkab tabiati ham
shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog„liq. So„zni to„g„ri yozish,
tinish belgilarini o„rinli qo„llash, fikrni uslub tabiatiga muvofiq bayon qilish
o„quvchidan katta mas‟uliyatni talab etadi.
Yozma nutq tekshiriladi, tuzatiladi, takomillashtiriladi, bu jihatdan u og„zaki
nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O„quvchi yozma nutqdagi
xato va kamchiliklarlar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarda bu
xato va kamchiliklarga yo„l qo„ymaslikka intiladi. Yozma nutqdagi imlo va
tinish belgilari ustida ishlash matn mazmuni ustida ishlash bilan qo„shilib, bir
yaxlitlik hosil qiladi.
Yozma ish atamasi ikki xil ma‟noda qo‟llanadi:
1.
Yozma ish – ilmiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda bajariladigan nazorat
turlari, topshiriqlar, ko„chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki
barcha sohalarga ham tegishlidir. Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar.
Bu tipdagi yozma ishlar o„quvchilarni ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiradi.
Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar ucun eng asosiy manba maktab
darsliklaridir.