A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116
ekologiya.maruza

SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Suv qanday agregat holatda bo`lishi mumkin? Atmosfera havosi namligining asosiy 
manbaiga nimalar kiradi? 
2.
Tabiat va jamiyatda suvning ahamiyatiga misollar keltiring.
3.
O`zbekistonda chuchuk suv qanday foydalaniladi?
4.
Chuchuk suvni etishmasligiga sabab nimada? Suvni ifloslovchi manbalarga nimalar 
kiradi? Iflos suvlar qanday usullar bilan tozalanadi? Sho`r suvlarni qanday 
chuchuklashtiriladi? 
 
9-
 MAVZU. YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUXOFAZA 
KILISH
·
Tabiatda va ijtimoiy ishlab chiqarishda Yer resurslarining ahamiyati.
·
 Yer resurslarining tasnifi va O`zbekiston er fondi. 
·
Tuproqning o`zgarishiga ta`sir etuvchi 
omillar. 
·
Tuproq erroziyasi va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari. 
Tuproq tabiatning eng muhim boyligi bo`lib, Er po`stining eng ustki g’ovak, unumdor 
qismidir. Tuproq orqali moddalarning litosfera bilan atmosfera orasidagi o`zaro aloqasi sodir 
bo`ladi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko`tarilgan chang to`zonlar atmosferaga etib havo 
tiniqligini buzadi, Yer yuzasiga quyoshdan kelayotgan yorug’lik energiyasi ta`sirini kamaytiradi, 


yog’inlarning vujudga kelishiga ta`sir ko`rsatadi. Atmosferadan esa tuproq ustiga har xil 
zarrachalar tushib, tuproh, o`simlik va hayvonot olamiga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Tuproq eng 
avvalo o`simlik, hayvon va mikroblar bilan birga murakkab ekologik sistema (biogeotsenoz) ni 
vujudga keltiradi. Tuproqning kishilik jamiyati uchun ahamiyati shundaki, u o`z-o`zini tozalash 
xususiyatiga ega bo`lib, tabiatdagi iflos narsalarni (moddalarni) biologik yo`l bilan tozalaydi va 
neytrallashtiradi. Demak, tuproq xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning yashashi uchun 
zarur bo`lgan hayot manbaidir. Inson o`zining yashashi uchun kerak bo`lgan oziq-ovqat 
energiyasining 88% ini tuproqdan, 10% ini o`rmon va o`tloqlardan, 2% ini okeandan olmoqda. 
Quruqlikning 13% i (1,9 mlrd. ga) haydab ekin ekiladigan erlardir. Dunyo bo`yicha ekin 
ekiladigan maydonning 14% ini esa sug’oriladigan erlar tashkil etadi.
Tabiat komponentlari ichida er resursining o`rni o`ziga xosdir. Er boshqa barcha 
komponentlarning tabiiy asosi, zamini hisoblanadi. Er qishloq xo`jaligida ikki funktsiyani 
bajaradi: er bir vaqtda mehnat predmeti va vositasidir. Uil’yam Petti aytganidek, "boylikni otasi 
mehnat bo`lsa, er - onasidir". Er tabiatning mahsuli bo`lib, unga qilingan har qanday ta`sir uning 
unumdorligini oshiradi yoki aksincha. Insoniyat tarixi - tabiat bilan insonni o`zaro 
munosabatlarining mahsulidir. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi erni dastlab qabilalar
so`ngra esa oilalar o`rtasida taqsimlanishga olib keldi.
Konstitutsiyada alohida shaxslarga shaxsiy turar joy qurish, jamoa bo`lib bog’dorchilik, 
sabzavotchilik bilan shug’ullanish uchun erdan foydalanishga doimiy va vaqtinchalik ruxsat 
berilishi mumkin. Erdan foydalanuvchilarga erdan unumli foydalanish majburiyati yuklatiladi. 
Erdan mehnat qilmay daromad olish, erni sotib olish yoki sotish, hadya qilish, ijaraga qo`yish, 
o`z holicha boshqa shaxslarga berish ta`qiqlanadi. Er davlat va jamoat ehtiyojlari uchun zarur
bo`lib qolganda davlat tomonidan olinishi mumkin. 
Yer sharining 149 mln. km
2
quruqlik maydoni turli er turkumlariga bo`linadi (2-jadval). Er 
"tabiat va jamiyat" majmuasida suv va havo kabi qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishning asosiy 
vositasi hisoblanadi. Yer sharida quruqlikning inson foydalanadigan qismi 82 mln.km
2
(65%). 
Shu jumladan: faol foydalanadigan quruqlikda qurilgan joylar, shudgor va yo`llar 22,3 mln. km
2
(15%)ga teng keladi. quruqlikda kam harajat bilan o`zlashtirish mumkin bo`lgan erlar zahirasi 9 
mln.km
2
' (6%)ni tashkil etsa, o`zlashtirish qiyin va ko`p mablag’ sarflanadigan erlar (cho`llar, 
botqoq, baland tik-tog’ cho`llari) 35,7 mln.km
2
(24%)ni egallaydi. Hozirgi kunda inson ta`sirida 
ishdan chiqqan erlar (tuproq emirilishi, sho`r bosish, botqoqlashish) maydoni 4,5 mln.km
2
(3%)dan ortib ketdi. Inson bir butun tabiatga turlicha ta`sir ko`rsatmoqda. Masalan, barcha 
xo`jalik-maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv - 3,8 mln.km
3
ni tashkil etsa, shu jumladan 
sug’orish uchun 3 mln.km
3
ni, sanoat-maishiy oqavalar bilan ifloslangan suv hajmi 6,5 ming km
3
dan ortib ketdi. Er yuzasida Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikalar katta er fondiga ega.
Er fondi nima? Davlat chegaralariga qadar bo`lgan hamma erlar. Davlat er fondi qishloq 
xo`jalik maqsadlarida foydalanish uchun jamoa xo`jaligi va boshqa xo`jaliklarga berib qo`yilgan 
qishloq xo`jalik erlaridan, aholi yashaydigan punktlar (shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq 
aholi joylarining erlaridan), sanoat. transport, kurort, qo`riqxonalarning erlaridan va boshqa har 
xil erlardan (davlat o`rmon fondlari erlaridan, davlat suv fondlarp erlaridan) 
iborat.Sug’oriladigan erlar sal kam 4,3 mln. gektardan iborat, shundan 1,6 mln.ga dengiz 
sathidan 400-500 metrgacha bo`lgan balandlikdagi cho`l zonasida, qolgan qismi sur qo`ng’ir 
tuproq mintaqadir. Sug’oriladigan erlar Farg’ona vodiysi, Zarafshon, CHirchik, Ohangaron, 
Qashqadaryo, Surxon, Sherobod vodiylarida. Amudaryoning quyi qismlarida katta maydonlarni 
egallaydi. Jami sug’oriladigan maydonning qariyb 3 mln. gektari ekinzor. Lalmikor erlar 
maydoni 767 ming. ga dan ziyod. ekin ekish uchun etarli darajada namlik to`planadigan erlardan 
foydalaniladi. Lalmikor yerlar Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax viloyatlarida 
joylashgan. Cho`l yaylovlari O`zbekistonda eng katta maydon 22,8 mln. ga ni tashkil etadi
shundan 10 mln. ga sur qo`ng’ir tuproqli, qariyb 13 mln. ga qumli erlar va qumli tuproqlar. 
qolgan qismi o`tloq-taqir tuproqlar va taqir hamda sho`rhoklardan iborat. Cho`l-yaylov 
joylardagi sug’orishga yaroqli yalpi maydon qariyb 12 mln. ga. qishloq xo`jaligida 
foydalanilmaydigan erlarning katta maydonlari Ustyurt platosi, Qizilqum cho`llari, Boysuntog’, 


Bobotog’, Turkiston va Janubiy-g’arbiy Tyanshan tog’lari joylashgan hududlarga to`g’ri keladi. 
SHuning 66,6%i yoki 11103 mln. gektar yer faqat Qoraqalpog’iston Respublikasiga to`g’ri 
keladi. 
Shunday qilib Respublika qishloq xo`jaligi egallagan 15% er maydon, 95% dan ortiq 
o`simlik mahsulotini beradi.Hozirgi vaqtda er resurslarini holati faqat iqtisodga ta`sir etmasdan, 
u ekologik sharoitga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. 
Yer resursi tabiatni asosiy boyligi - birligigina bo`lib qolmasdan, u davlatning iqtisodiy 
o`sishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Keyingi 35-40 yillar ichida sug’oriladigan er maydoni 1,5 
barobarga kengaytirildi. Ayniqsa, 1970-1985 yillarda sug’oriladigan erlar 2,8 dan to 4,0 mln. 
gektarga yoki 43% ga ortdi. Yangi sug’oriladigan yerlar asosan Qashqadaryo-Surxondaryo, 
Samarqand-Jizzax, Qoraqalpog’iston-Xorazm regionlariga to`g’ri keladi. 
Professorlar e.Nabiev va A.Qayumovlarning hisobicha (2000 yil) Respublikada 
haydaladigan va sug’oriladigan erlarning aholi jon boshiga hisoblangan ko`rsatkichlari yildan-
yilga kamaymoqda. 1987-1997 yillarda aholi jon boshiga to`g’ri keluvchi erlarning hajmi 
16,5%ga, sug’oriladigan erlarning hajmi esa 9,0%ga qisqardi. Erning chirindi tarkibi yildan-
yilga yomonlashmoqda (chirindi salmog’i 30-50%ga kamaydi). Bugungi kunda chirindi bilan 
ta`minlanganlik darajasi past bo`lgan tuproqlar sug’oriladigan erlarning salkam 40%ini 
egallaydi. Yangi erlarni ochilishi va o`zlashtirilishi u yerlarning sifatiga va meliorativ holatiga 
ta`sir ko`rsatadi. Sug’oriladigan erlarning eng manfiy tomoni bu - sho`rlanishdir.
Insonning ta`siri ayniqsa sug’oriladigan yerlarga kuchli bo`lib hisoblanadi. Inson 
dehqonchilik faoliyatida erga nisbatan to`g’ri munosabatda bo`lsa, tuproqning holati va biologik 
xususiyati yaxshilanadi, hosildorlik ortadi. Aks holda buning teskarisi yuz beradi. Ko`pincha biz 
insonning tuproqqa nisbatan ijobiy ta`siri emas, balki salbiy ta`sirining guvohi bo`lamiz. 
Natijada tuproq holati buziladi, ya`ni u sho`rlanadi, eroziyaga uchraydi, tuproq tuzilishi, sifati 
buziladi, o`t bosadi va boshqa salbiy hollar yuz beradi. Masalan, O`zbekistonning tog’ va tog’ 
oldi rayonlaridagi tuproqlarning 50% i eroziyaga uchragan; sug’oriladigan zonada esa 600 ming 
gektar yer suv va shamol eroziyasiga uchragan, 1,3 mln. gektar er sho`rlangandir, ya`ni bu 
respublikadagi sug’oriladigan yerlarning deyarli 50% i yaroqsiz holga kelgan demakdir. 
SHunday ekan, tuproqni muhofaza qilish ham dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu sohada 
birinchi navbatdagi vazifa tuproq eroziyasining oldini olish va tuproqning sho`rini yuvishdan 
iboratdir. Buning uchun qator tadbirlar, chunonchi, tashkiliy xo`jalik tadbirlarini, agrotexnik 
tadbirlarni, gidrotexnik, irrigatsiya, o`rmon meliorativ tadbirlarni, tuproqning ifloslanishini 
oldini olish va boshqalarni amalga oshirish zarur. Masalan, shamol eroziyasiga qarshi kurashda 
ihotazorlar tashkil etish va daraxtlar ekish, almashlab ekishni to`g’ri yo`lga qo`yish, tuproqni 
agrotexnika talablari darajasida chuqur haydash, tuproqqa tabiiy o`g’itlar berish, ko`chma 
qumlarni mustahkamlash, tuproqning qayta sho`rlanishiga yo`l qo`ymaslik (zovur, drenajlar 
tashkil etish orqali) sho`rlangan erlarni muntazam ravishda yuvib turish, sug’orish me`yoriga 
amal qilish, sug’orish madaniyatini ko`tarish va boshqa qator ilg’or usullarni ishlab chiqish va 
uni hayotga tatbiq etish zarur. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin