A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Chuchuk suvning etishmaslik sabablari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116
ekologiya.maruza

Chuchuk suvning etishmaslik sabablari: 
1. Xo`jalik tarmoqlari va aholini tez o`sishi tufayli suv resurslari ko`p sarf bo`ladi; 
2. Daryoning suv yig’adigan havzalarida o`simliklarni qirqish, erlarni haydash, botqoqliklarni 
quritish va boshqalar sababli suv to`planishining qisqarishi; 
3. Chuchuk suv resurslarini sanoat, maishiy-kommunal, qishloq xo`jaligi va boshqa chiqindi, 
oqava suvlar bilan ifloslanishi. 
Suv resurslarini ifloslantiruvchi asosiy manbalari va sabablari. 
Suv resurslarini 
ifloslanishi deganda biz har xil organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar 
to`planib qolib, uning fizik xossalari (rangi, tiniqligi, hidi, mazasi) va kimyoviy tarkibining 
(reaktsiyasi o`zgaradi, organik va minearal qo`shimchalar ortib, zaharli birikmalar paydo 


bo`lishi) o`zgarishini, suvning yuzasida har xil moddalar suzib, tagiga cho`kaverishiii, suvning 
tarkibida kislorodning kamayib ketishi, bakteriyalar ko`payishi, yuqumli kasalliklar 
bakteriyalarini paydo bo`lishini tushunamiz. Suvning ifloslovchi manbalar orasida eng muhim 
o`rinni sanoat ishlab chiqarishdan hosil bo`lgan va maishiy kommunal xo`jalikdan chiqqan 
oqova suvlar egallaydi. 
Sanoat va maishiy-kommunal xo`jalik korxonalaridan, davolash-sog’lomlashtirish va 
boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava suvlar; yuvuvchi sintetik moddalar; rudali va 
rudasiz qazilma boyliklarining qazib olinishidagi chiqindilar; shaxtalarda, konlarda, neft 
korxonalarida ishlatilgan va ulardan chiqqan iflos suvlar; yog’och tayyorlash, uni qayta ishlash 
va suvda oqizishda, tashishda hosil bo`lgan chiqindilar; chorvachilik fermerlari va 
majmualaridan oqib chiqadigan iflos suvlar; zig’ir va boshka texnik ekinlarni birlamchi ishlov 
berishdan chiqqan chiqindilar; ekinlarni sug’orish natijasida vujudga kelgan oqava - tashlandiq 
va zovur suvlari; har xil mineral va organik o`g’itlar hamda ekinlar zararkunandalariga sepilgan 
zaharli ximikatlar ishlatilgan dalalaridan oqib chiqadigan suvlar; shahar, ishchi shaharchalari va 
qishloq hududidan oqib chiqadigan (yog’in suvlari) suvlar; elektr stantsiyasidan chiqqan issiq 
suvlar; radioaktiv ifloslanish va boshqalar. 
Sanoat chiqindi suvlarida tirik organizmlar uchun xavfli bo`lgan har xil kislotalar, fenollar, 
vodorod sul’fati, ammiyak, mis, rux, simob, tsionid, mish’yak, xrom va boshqa zaharli moddalar, 
yog’, neft mahsulotlari, har xil biogen moddalar mavjud bo`lib, ular sanoat korxonalarida 
ishlatilgan oqava suvlar bilan birga daryo, ko`l va suv omborlariga borib qo`shiladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin