Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

 


210 
5) Ishga yollash. 
Qoida va jarayonlar ishga yollanayotgan xizmatchilarning malakali 
mutaxassislar ekanliklariga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Ushbu 
talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti eng kichik hajmlardagi malaka 
talablarini belgilab berishlari mumkin (misol uchun buxalteriya yozuvlarining olib 
borilishini kollejning, u erda buxgalteriya hisobi bo’yicha tahsil olgan va bilim 
jihatdan o’rtacha yoki yaxshi bo’lgan bitiruvchisi bajarishi mumkin). 
6) Kasbiy darajaning oshirilishi. 
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkiloti xizmatchilarining ular tomonidan o’z 
vazifalarining bajarilishi uchun zarur bilimlarga ega ekanliklari to’g’risida asosli 
ishonchni ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabning bajarilishi uchun auditorlik 
tashkiloti o’z malakasini oshirish istagidagi xizmatchilariga kasbga oid o’qishni 
davom ettirishlari uchun shart-sharoitlarini yaratib berishi va yordam ko’rsatishi 
mumkin. 
7) Xizmatda ko’tarilish. 
Qoida va jarayonlar xizmatda ko’tarilayotgan xizmatchilarning yangi 
lavozimni egallashlari mumkin ekanligiga asosli ishonchni ta’minlashi kerak. 
Ushbu talabning bajarilishi uchun xizmatchi-larni ular tomonidan har bir 
majburiyatlaridan baholash va ular-ning ko’tarilishiga oid, kamida bir yilda bir 
marotaba maslahat berib borishi zarur. 
8) Mijozlar maqbulliligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi. 
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkiloti rahbariyati insofsizlik dardiga 
yo’liqqan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan bog’lanib qolmasligiga asosli ishonchni 
ta’minlab berishi kerak. Ushbu talabni bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti 
bo’lajak yangi mijoz bilan hamkorlik qilib kelayotgan taftishchidan, bank 
xodimlaridan, yuristlar va boshqa shaxslardan ma’lumotlar olishi kerak bo’ladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin