9) Nazorat qilish.
Qoida va jarayonlar auditor ish sifatini nazorat qilish samarali olib
borilayotganligi to’g’risidagi asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Mazkur
talabning bajarlishi uchun har bir xizmatchi vazifalarining bajarilishi bilan bevosita
211
bog’liq bo’lgan boshqa sherik yoki xizmatchi tomonidan amalga oshirilishi kerak
bo’ladi. Ma’muriy ishlar va xizmatchilar tomonidan yuritiladigan ishlarni ham
nazorat asosida tekshirib chiqilishi lozim. Auditorlik tashkiloti tomonidan hujjatlar
asosida nazorat qilish natijalarini tasdiqlovchi tavsiyanoma beradi. Hujjatlar shakli
va xajmi auditorlik tashkiloti hajmiga, funktsional bo’limlar soni, faoliyat tusi va
boshqa omillarga bog’liq.
10) Hamkor yoki hamkorlar.
Hamkor yoki hamkorlar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hajmidan kelib chiqqan
holda mazkur auditorlik tashkilotida amal qilib kelayotgan sifat ustidan nazorat
qilish tizimi samaradorligi uchun javobgar bo’lishlari kerak. Maqsad bunday
nazorat qilish qoida va jarayonlari, vazifalarning taqsimlanishi va xizmatchilarga
belgilangan qoida va jarayonlarning ma’lum qilinishi xuddi avvalgidek o’z
maqsadiga qanchalik javob berishini amaliyotining o’z vaqtida aniqlab olinishidan
iborat.
Auditor ishi sifatini nazorat qilishining qoida va jarayonlari tusi va
miqiyoslari quyidagi shartlarga bog’liq.
Auditorlik tashkilotning hajmiga;
Auditorlik tashkilotlari va funktsional bo’linmalari xizmat-chilarining
mustaqillik darajasiga;
Ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi, yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi
kabi uning komponentlarining e’tiborga olgan holdagi amaliy faoliyat mohiyatiga;
– buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tahlil qilish sohasidagi xizmatlar;
– foyda solig’i hajmlarini aniqlash bo’yicha xizmatlar;
– o’zaro auditning o’tkazilishi bo’yicha majburiyatlariga.
– olingan foydaga oid auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlarini
ishlab chiqish va qo’llanishi bilan bog’liq chiqimlar darajasiga.
Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va
jarayonlarning belgilanishi chog’ida u quyidagi choralarni ko’rishi lozim:
– auditor ishini nazorat qilish qoida va jarayonlarining amalga oshirilishi
bo’yicha malakali xizmatchilar o’rtasida vazifalarni taqsimlashi;
212
– auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlarini xizmatchilarga
etkazish;
– auditor ishi sifatini nazorat qilish tizimi samaradorligini qoida va
jarayonlarining avvalgidagidek ularning qo’llanish usullari va xizmatchilarga
etkazilishi amaliyotiga javob berish-bermasligini aniqlash maqsadida tekshirib
ko’rish.
Auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlari yozma shaklda bayon
qilinishi shart emas. Ular xizmatchilarning ishga qobul qilinishi chog’ida og’zaki
ravishda ma’lum qilinishi va auditorlik tashkiloti umumiy yig’ilishida, bir yilda bir
marotaba takrorla-nishi mumkin.
Shu bilan birgalikda auditor tashkilotlari o’z qoida va jarayonlarini hujjatlar
asosida mustahkamlab borishlari tavsiya etiladi. Hujjatlarning turi va hajmi, eng
avvalo, auditorlik tashkiloti hajmiga va uning faoliyat tusiga bevosita bog’liq
hisoblanadi.
Audit sifatini nazorat qilish bir necha darajada bo’ladi:
1.
Davlat tomonidan auditorlik faoliyatini nazorat qilish (litsenziya berish,
bekor qilish);
2.
Auditorlik kompaniyasining etakchi auditorlari ustidan nazorat:
– muayyan mijozlarni tekshirishda dasturga asoslanganligini tekshirish va
muhokama qilish;
– auditorning Axloq kodeksiga qattiq rioya qilishini ta’minlash;
– auditorlik kompaniyasining doimiy mijozlarini tekshirishda etakchi
auditorlar smenasiga e’tibor berish.
3.
Auditorlik kompaniyasining assistentlari ustidan nazorati.
220-standart barcha auditorlik tashkilotlarida mavjud bo’lishi lozim bo’lgan
audit sifati nazorati tizimini funktsiyalashtiruvchi va tashkil etuvchi birdan bir
talablarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bunday tizimning tarkibi va xususiyatlari bir qancha omillardan iborat:
– auditorlik tashkilotining hajmi (xodimlar soni),
– auditorlik tashkilotining ixtisosligi,
213
– auditorlik tashkilotining tashkiliy strukturasi,
– auditorlik tashkilotining tarkibiy tashkilotlarining mavjudligi va uning
territorial ajratilishi,
– sifat nazorati tizimining iqtisodiy samaradorligi.
Sifat nazorati ta’minlash borasidagi tashkiliy ishlar auditorlik tekshiruvidan
oldin amalga oshirilishi kerak. Auditorlik tashkiloti xodimlarining, ya’ni
auditorlar, ekspertlar, mutaxassislar malakasining yuqori darajada bo’lishini
ta’minlashi zarur. Buning uchun birinchi navbatda kadrlarning maxsus
protsedurasi ko’zda tutilishi lozim. Ayniqsa, ishga qabul qilish jarayonida malaka
imtihonlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Imtihonlar (mi-sol uchun,
buxgalteriya hisobi, soliq, audit savollari bo’yicha testlar) bir qancha bosqichlarda
amalga oshirilishi lozim.
1-bosqichda ishga kiruvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda unga mos
ravishda lavozimni egallashi uchun test o’tkaziladi.
2-bosqichda aniq lavozim uchun bilim darajasini aniqlashtirish maqsadida
mukammallashtirilgan testni o’tkazish mumkin. Imtihonlarni test shakli bilan
birgalikda suhbat tarzida o’tkazish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagilar
muhimdir:
– ishga kiruvchi auditorlik faoliyatining mohiyati, auditorlik tashkilotlari
mijozlarning huquq va majburiyatlari deganda nimani tushunadi;
– nostandart vaziyatlarda ishga kiruvchining harakatlari;
– ishga kiruvchining nazariy va amaliy malakasi;
– yangi ish joyi bilan bog’liq kelajakdagi rejalari;
– xizmat safariga tayyorligi;
– xizmat majburiyatlarini bajarishga ta’sir etishi mumkin bo’lgan oilaviy
sharoitlari qandayligi.
Hozirgi kunda suhbatga malakali psixologlarni taklif qilish ham maqsadlidir.
Har bir mutaxassis uchun oldingi ish malakasidan qat’iy nazar sinov muddatini
berishi lozim. Chunki ushbu tashkilot uchun uning malakasi muhim ahamiyat kasb
etmasligi mumkin. Bulardan tashqari tashkilotda xodimlarni malakasini oshirish
214
maqsadida qayta attestatsiyalashning doimiy ravishda amal qiluvchi tizimi bo’lishi
lozim. Tashkilotda ichki seminarlarni tematikasi va uni o’tkazish grafigi
tasdiqlangan bo’lishi lozim. Xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha ishlar puxta
rejalashtirilgan va yaxshi tash-killashtirilgan bo’lishi darkor. Kichikroq
tashkilotlarda bunday ishlar bir xodimga, katta tashkilotlarda esa maxsus
bo’linmaga yuklatilgan bo’ladi. Amaliyotni ko’rsatishicha g’arb auditorlik
tashkilotlarda ichki firma seminarlarini o’tkazish va unga tayyorgarlik ko’rish
tashkilot xodimlarining majburiyatlari hisoblanadi. Bunday ishlarni mukammalligi
va sifati xizmat zinapoyalari bo’yicha ko’tarilishda e’tiborga olinadi. Shuning
uchun barcha xodimlar bunga puxta tayyorlanadilar. Avval mutaxassis
tematikasini va qaysi guruh tinglovchilari uchun mo’ljallangan ekanligini e’lon
qiladi. Tematika firma raxbariyati tomonidan tasdiqlanganidan so’ng mutaxassis
o’qituvchi va tinglovchilar uchun materiallar tanlaydi va ularni kerakli bo’limga
taqdim etadi. Ana shu jarayonlarni barchasi amalga oshirilgandan so’ng seminar
o’tkaziladi.
Har bir auditorlik tashkiloti mijozlarni tanlash yoki ulardan voz kechishdek
doimiy tadbirlar qo’llashi zarur. Ushbu tadbirlarni ishlab chiqishda quyidagi
omillarga e’tibor berish lozim:
– auditorlik tashkilotining to’la mustaqillikka amal qilishini zaruriyati;
– auditorlik tashkilotiga tekshiruv o’tkazish va buxgalteriya hi-sobotining
haqqoniyligi haqida fikrlarni shakllantirish jarayonida 3-shaxslar tomonidan
bo’ladigan bosimni neytrallashtiradi;
– malakali auditni o’tkazish uchun auditorlik tashkilotlarida zarur
resurslarning mavjudligi;
– auditorlik tashkilotining mutaxassislari avvalambor, mustaqillik,
haqqoniylik, ob’ektivlik, professionallik tamoyillariga asoslanishi lozim.
Audit jarayonida bajariladigan ishlarning sifati tekshiruv ishiga yo’naltirilgan
nazorat orqali amalga oshiriladi.
Bosh auditor va tekshiruv ishtirokchilariga yo’naltirilgan farmoyishlar tarkibi
quyidagi ma’lumotlardan iborat:
215
ushbu mutaxassislarning majburiyatlari to’g’risida;
mutaxassislar
tomonidan
bajariladigan
protseduralarning
maqsadi
to’g’risida;
auditorlik jarayoniga ta’sir etuvchi buhgalteriya hisobi va audit bo’yicha
muammoli savollarning mavjudligi to’g’risida.
Joriy auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayoni auditorlik guruhi
ishtirokchilari har bir mutaxassisga yuklatilgan ishlarning sifati va ular qanchalik
farmoyishlarni tushunib etganligiga e’tibor berishlari zarur.
Auditorlik tashkilotlarida nostandart hodisalar aniqlangan sharoitda
mutaxassislarning harakati tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi lozim; misol uchun
xodimlarning tezkor konsultatsiyasi.
Har bir ijrochining ish natijasini yuksak professional darajadagi xodimlar
tomonidan tekshiriladi.
Tekshiruvchi asosiy e’tiborni quyidagi jarayonlarni aniqlashga qaratadi:
audit umumiy reja va dastur asosida amalga oshirilganligi;
audit jarayonida barcha maqsadlarga erishilganligi;
audit o’tkazish paytida aniqlangan farqlanishlar auditorlik xulosasida
izohlanganligi;
auditorlik xulosasining asoslanganligi;
bajarilgan ishlar va ularning natijalari ish hujjatlarida kerakli tarzda aks
ettirilganligi.
Auditorlik tashkilotlarida ish natijalari turli xil sxemalar tarzida ko’zda
tutilgan bo’lishi mumkin. Albatta, ish natijalari bo’yicha hujjatlashtirish
«Hujjatlashtirish» nomli 230-son XAS asosida amalga oshirilishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi natijalarini sifat nazorati usullaridan biri mijozning
taqriz va murojaatlarini o’rganish hisoblanadi.
Aytib o’tish lozimki, audit natijalarining sifatli nazoratini faqat ish
tugagandan so’ng emas, balki ish jarayonida ham o’tkazib turish kerak.
Audit o’tkazish jarayonida ishning sifat nazorati uchun javobgar xodimlar
doimiy ravishda quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
216
umumiy reja va audit dasturini bajarilishi jarayonini kuzatish;
ichki xo’jalik xatari, nazorat vositalari xatari va aniqlamaslik xatari
darajasini baholash;
audit jarayonida olingan audtorlik isbotini hujjatlashtirilishini kuzatish;
tekshiruvlar jarayonida shakllangan xulosalarning to’g’rili-gini tekshirish;
audit paytida topilgan farqlanishlarni topish va baholash.
Auditorlik tashkilotining professional hodimlarining audit jarayonida
bajaradigan vazifalari quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
A) Auditorlik tashkilotining rahbarlari;
B) Auditorlik tekshiruvining rahbarlari;
V) Bosh auditorlar;
G) Auditorlik tekshiruvining ishtirokchilari.
Dostları ilə paylaş: |