Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

Aniqlanmaslik tavakkalchiliklari
auditor tomonidan bir tomonlama 
aniqlanadigan u qo’llayotgan auditning taomillari buxgalteriya hisobi hamda 
moliyaviy hisobotda haqiqiy, alohida yoki birgalikda muhim xarakterga ega 
bo’lgan xatolar va buzib ko’rsatishlarni aniqlashga ruxsat bermasligining 
ehtimolini bildiradi. 
Aniqlanmaslik tavakkalchiligi auditor faoliyati sifatining ko’rsatkichi bo’lib 
hisoblanadi hamda auditorning malakasi va aniq auditning tekshiruvini 
o’tkazishning xususiyatlariga bog’liq. Auditor ajratib bo’lmaydigan va nazorat 
tavakkalchiliklarni baholash asosida o’zining faoliyatida yo’l qo’yiladigan 
aniqlanmaslik tavak-kalchiligini belgilashi hamda aniqlanmaslik tavakkalchiligini 
kamaytirish maqsadida tegishli auditning taomillarini rejalashtirishi lozim. 
Moliya-xo’jalik operatsiyalari 
o’tkazishini aks ettiradigan 
hujjatlari tekshirish va shu 
munosabat bilan nazorat vositalari 
tegishli tarzda faoliyat 
ko’rsatishining auditorlik dalil-
isbotlarini olish 
Buning to’g’ridan-to’g’ri hujjatli 
tasdig’ini olish mumkin 
bo’lmagan hollarda nazorat 
vositalari faoliyat ko’rsatishining 
auditorlik dalil-isbotlarini olish 
maqsadida operatsiyalarni 
rasmiylashtirish ustidan 
kuzatishlar va so’rov o’tkazish 
Nazorat vositalari ish qobiliyati 
to’g’risidagi ma’lumotlarni olish 
uchun boshqa auditorlik rusum-
qoidalari natijalaridan foydalanish 
Nazorat vositalarini
testlash tartibi 


263 
Aniqlanmaslik tavakkalchiligi hamda ajratib bo’lmaydigan va nazorat 
tavakkalchiliklarining birlashtirilgan darajasi o’rtasida teskari bog’lanish mavjud. 
Ajratib bo’lmaydigan va nazorat tavakkalchiliklari yuqori bo’lgan holda, 
aniqlanmaslik tavakkalchiligi auditorlik tavakalchiligini maqbul past darajasigacha 
kamaytirishi mumkin.. 
Aniqlanmaslik tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida auditor quyidagilarni 
bajarishi lozim: 
– qo’llaniladigan auditning taomillarini takomillashtirish va bunda ularning 
sonining ko’payishi hamda mohiyati o’zgarishini ko’zda tutish; 
– tekshiruvga sarflanadigan vaqtni kamaytirish; 
– auditning tanlab olish hajmlarini o’stirish. 
Auditni rejalashtirish vaqtida auditor moliyaviy hisobotni sezilarli buzib 
ko’rsatishlarga qanday harakat va hatti-harakatlar olib kelishini ko’rib chiqadi. 
Alohida schetlar hamda bitimlar turlari bo’yicha qoldiqlarning muhimligini 
auditning baholanishi auditorga qaysi masalalar hamda moddalarni o’rganish, 
qaysi tanlab olishdan foydalanish va qanday tahlil usullarini o’tkazish kerakligini 
hal qilishga yordam beradi. Bu auditorga umumiy audit tavakkalchiligini maqbul 
past darajagacha kamaytirishga xizmat qiladi. 
Muhimlik hamda auditorlik tavakkalchiligining darajasi o’rtasida teskari 
bog’lanish mavjud: muhimlikning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, auditorlik 
tavakkalchiligi shunchalik past bo’ladi va teskarisi. 
Audit tekshiruvini rejalashtirishdan keyin auditor muhimlikning maqbul 
darajasi pastroq deb qaror qabul qilgan holda auditorlik tavakkalchiligi o’sadi. 
Auditor buni quyidagi yo’llar bilan aniqlashi lozim: 
– mumkin bo’lgan joyda baholanayotgan nazorat tavakkalchilik darajasining 
pasayishi hamda pasaytirilgan darajani nazoratning chuqurlashtirilgan yoki 
qo’shimcha testlarini bajarish yo’li bilan saqlanib turish; 
– aniqlanish tavakkalchiligini xolis (asosiy) taomillarning xarakteri, vaqti 
hamda darajasini takomillashtirish yo’li bilan pasaytirish. 


264 
Korxonada shuni ko’zda tutish lozimki, ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik 
ko’rsatkichlari doimiy bo’lib qoladi hamda tekshiruvning umumiy rejasini 
tayyorlash jarayonida hisobga olinmagan mavjud bo’lgan dalillar aniqlangan 
holdagina o’zgarishi mumkinligini ko’zda tutish lozim.
Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolini ekspertiza qilish bosqichida, 
so’ngra tekshiruvni o’tkazishda auditor har gal bir, ya’ni auditorlik 
tavakkalchiligini qanday chamalash va uni qanday qilib eng kam darajaga keltirish 
muammosiga duch keladi. 
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin