355
mamlakat buxgalteriya hisobi tamoyillariga asoslanish kerakligini va moliyaviy
hisobotda tegishli yoritishlar amalga oshirilganligini ko’rib chiqadi.
Auditor hisobotga audit yakunlangan paytdagi sanani qo’yishi lozim.
Bu o’quvchi (foydalanuvchi)ga auditor unga ma’lum bo’lgan va ushbu sanagacha
qadar sodir etilgan va moliyaviy hisobotga hamda auditorlik hisobotga ta’sir
ko’rsatadigan hodisalar va operatsiyalarni ko’rib chiqqanligi haqida xabar beradi.
Auditorning mas’uliyati sub’ekt rahbariyati tomonidan tayyorlangan va
taqdim etilgan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotini tayyorlash
hisoblanganligi munosabati bilan, u hisobotga sub’ekt
rahbariyati moliyaviy
hisobotga imzo chekkan yoki tasdiqlagan sanadan oldin bo’lgan sana qo’yishga
haqli emas.
Auditorlik hisobotida albatta joylashgan joyi ko’rsatilishi lozim, odatda bu
audit o’tkazilishi uchun mas’ul bo’lgan auditorning ofisi joylashgan shahar
ko’rsatiladi.
Auditorlik hisoboti auditorlik firma nomidan, auditor nomidan yoki kerak
bo’lganda, auditor nomi bilan bir qatorda, firma nomidan ham imzolanishi lozim.
Auditorlik hisoboti, odatda,
firma nomidan imzolanadi, chunki audit uchun
mas’uliyatni firma o’z zimmasiga oladi.
Sharhlarsiz fikr.
Auditor belgilangan Moliyaviy hisobotni taqdim etish
bo’yicha kontseptual asosga muvofiq moliyaviy hisobot haqiqiy va ishonchli aks
etishni beradi (yoki barcha muhim jabhalar bo’yicha ishonchli taqdim etilgan)
degan xulosaga kelsa sharhlarsiz fikr bildiriladi.
Sharhlarsiz fikr, shuningdek,
buxgalteriya hisobi tamoyllaridagi yoki ularni qo’llash usullaridagi har qanday
o’zgarishlar hamda ushbu o’zgarishlarning ta’siri moliyaviy
hisobotda tegishli
ravishda aniqlanganligiga va yoritilganligiga bilvosita ko’rsatadi.
Quyidagi vaziyatlarda auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilgan sifatida
ko’riladi:
Auditor fikriga ta’sir ko’rsatmaydigan masalalar:
(a)
tushuntirish bandi.
Auditor fikriga ta’sir ko’rsatadigan masalalar:
356
(a)
sharhlar bilan fikr;
(b)
fikr bildirishni rad etish;
(g)
salbiy fikr.
Modifikatsiyalashtirilgan hisobot har bir turi, shakli va mazmunining bir
xilligi foydalanuvchilar tomonidan bunday hisobotni tushunish uchun yordam
beradi. Binobarin, xalqaro standartga fikrni sharhlarsiz bildirishning
taklif etilgan
shakli hamda modifikatsiyalashtirilgan hisobotlarni chop etishda modifikatsiya
uchun qo’llaniladigan jumlalar namunasi kiritilgan.
Muayyan vaziyatlarda, moliyaviy hisobotning ilovasiga kiritilib keng
muhokama qilingan va moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatadigan masalani alohida
ajratish uchun qo’shimcha band kiritish yo’li bilan auditorlik hisoboti
modifikatsiyalashtirilishi mumkin. Bunday tushuntirish bandini qo’shish auditor
fikriga ta’sir ko’rsatmaydi. Ushbu band band-fikrdan keyin bo’lganligi maqsadga
muvofiqdir, chunki bunda auditor fikri ushbu jabha bo’yicha sharhlarga ega
emasligi nomoyon bo’ladi.
Auditor faoliyat uzluksizligi muommosi yuzasidan muhim jabhani ajratib
ko’rsatish
uchun
band
qo’shish
yo’li
bilan
auditorlik
hisobotini
modifikatsiyalashtirishi lozim.
Hal qilishi kelgusi hodisalarga bog’liq va moliyaviy hisobotga ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan muhim noaniqlik (faoliyat uzluksizligi muammosidan
farqli) mavjud bo’lganda, auditor auditorlik hisobotini modifikatsiyalashtirish
ehtimolini ko’rib chiqishi lozim. Noaniqlik bu shunday vaziyatki, uning hal etilish
kelgusi harakatlar yoki hodisalarga bog’liq. Ushbu vaziyat sub’ektning bevosita
nazorati ostida bo’lmaydi, lekin u moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Faoliyat uzluksizligi yoki muhim noaniqlik muammosiga e’tiborni
qaratadigan bandni qo’shish, odatda, ushbu masalalar bo’yicha auditorlik
hisobotini taqdim etishda auditorning mas’uliyatiga nisbatan mos bo’ladi. Bunga
qaramasdan, alohida, masalan, moliyaviy hisobot uchun ahamiyatli bo’lgan ko’p
sonli noaniqliklar mavjud bo’lgan vaziyatlarda, auditor tushuntirish bandini
ko’shmaslikni o’rinli hisoblab fikr bildirishni rad etishi mumkin.
357
Moliyaviy hisobotga ta’sir etuvchi masalalar yuzasidan tushuntirish bandini
qo’llashdan tashqari, auditor, shuningdek, moliyaviy hisobotga ta’sir
etuvchi
masalalardan farqli masalalar yuzasidan tushuntirish bandidan foydalanish, band-
fikdan keyin joylashtirish afzalroq hisoblanadi, yo’li bilan auditorlik hisobotini
modifikatsiyalashtirishi mumkin. Masalan, tarkibida audit qilingan moliyaviy
hisobot bo’lgan hujjatlardagi boshqa ma’lumotga tuzatishlar kiritish kerak bo’lsa,
sub’ekt esa ushbu tuzatishlar kiritishdan bosh tortgan taqdirda,
auditor auditorlik
hisobotiga muhim noizchilliklar to’g’risida ma’lumot yoritilgan tushuntirish
bandni kiritishni ko’rib chiqishi lozim. Auditorlik hisobotini taqdim etish
yuzasidan qonunchilik bilan belgilangan qo’shimcha mas’uliyat mavjud bo’lgan
taqdirda, shuningdek, tushuntirish banddan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: