370
Auditorlik standartlari auditorlik tekshiruvlarining barcha jihatlarini belgilab
beradi. Jumladan, auditorlik tekshiruvi vaqtida dallillarni to’plash,
ularni xulosa
tuzish vaqtida isbot sifatida ko’rsatish jarayonida auditorlik standartlari muhim rol
o’ynaydi. Shuningdek, audi-torlik standartlari tekshiruvda mavjud haqiqiy axborot
va audit protsedurasini belgilashga xizmat qiladi. Auditorlik standartlari nafaqat
dalillar yig’ish, balki, o’sha dalillarni yig’ish paytida auditordan talab qilinadigan
malaka
va axloq qoidalarini, tekshiruv paytida qo’llanilishi mumkin bo’lgan
auditorlik protseduralarini (taomillarini), shuningdek ushbu dalillarni to’plashda
qo’llaniladigan usullarni ham belgilab beradi. Demak, auditorlik standartlari mijoz
korxonada auditorlik tekshiruvi o’tkazilish vaqtida butun bir jarayonni boshqarib
turishga samarali xizmat ko’rsatadi.
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la
borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning so’ng o’n
yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi audit turi
shakllandi. Auditorlik
xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng
ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik
kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda.
Bunda
auditorlik kompaniyasi bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini
bajarish holatini kuzatib boradi.
Hozircha xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilishi va
misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan farq qiladi.
Shu sababli xalqaro standartlarni o’rganish sifatli o’tkazilgan auditlarning
ko’payishiga va jamoatchilik orasida auditor
kasbi nufuzining ortishiga
ko’maklashadi.
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la
borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar, xususan, AQShda 20-
asrning so’ng o’n yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi
audit turi shakllandi. Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa,
bank sohasida
keng ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik
kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda
371
auditorlik kompaniyasi bankdan kredit olgan mi-jozning kredit shartnomasini
bajarish holatini kuzatib boradi.
Auditorlik xizmatining ushbu turini tartibga
solish uchun AQShda maxsus
standartlar ishlab chiqildi. AICPA tomonidan ishlab chiqilgan ushbu standartlar
auditning umumqabul qilingan standartlariga mos kelishi lozim.
Quyidagi jadvallarda guvohlik beruvchi auditorlik standartlari bilan
auditning umumqabul qilingan standartlarining o’zaro taqqoslanishi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: