364
D. 730-XAS
Tayanch tushunchalar
Auditorlik xulosasi, ijobiy auditorlik xulosasi,
shartli ijobiy auditorlik
xulosasi, salbiy auditorlik xulosasi, auditorlik hisoboti, auditorlik hisoboti,
auditorlik xulosasi uchun javobgarlik.
365
XIII BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDIT TIZIMINI XALQARO
MIQYOSDA INTEGRATSIYALASH MASALALARI
13.1.
Auditorlik faoliyati milliy standartlarining turlari
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon
iqtisodiy in-tegratsiyasiga
asta-sekin qo’shila borishi barcha sohada bo’lgani kabi auditorlik faoliyatida ham
tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, auditni xalqaro
talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora
dolzarb
ishga
aylanmoqda.
Bozor
munosabatlarini
jadallashtirishda
respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy
islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni
yanada kengroq amalga
oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo
qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab
chiqilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 3, 4, 5, 6, 9, 10, 11, 13, 14,
16-son milliy standartlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
10 iyundagi «Oliy Majlisning XIV sessiyasida O’zbekiston Republikasi
Prezidentining ma’ruzasida keltirilgan asosiy qoidalarni
amalga oshirilishi chora-
tadbirlari to’g’risida»gi 296-son qarori asosida ishlab chiqilgan va ular
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy jihatdan tartibga solish
unsuri bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 25, 31, 50, 55, 56, 60, 70,
80, 90-son milliy standartlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston
Respublikasi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil
22
sentyabrdagi
«Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik
tekshiruvlari rolini oshirish to’g’risida» 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan
va ular O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy
tartibga solish
elementi hisoblanadi.
Hozirgi kunga kelib quyidagi auditning milliy standartlari tasdiqlangan:
Dostları ilə paylaş: