53
mos keluvchanlik auditi
– ushbu korxona bo’linmalari faoliyati, uning
ma’muriyati va zarur bo’lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun
hujjatlarida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Masalan,
tuzilgan shartnomalarni yuridik talablar nuqtai nazaridan
tekshirish va baholash,
risklarni kamaytirish va h.k.
AQShda ichki auditorlarning professional tashkilotlari 1941 yilda tashkil
topgan bo’lib, Ichki auditorlar instituti – IAI (IIA – Institute of Internal Auditors)
deb nomlangan. U hech qancha vaqt o’tmasdan «
Taraqqiyotga hamkorlik orqali
erishiladi
» degan shior bilan chiqqan. O’tgan asrning 70-yillarida institut o’zining
xalqaro markazini Florida shtatiga ko’chirgan. Ushbu institut faoliyati quyidagilar
negizida qurilgan:
a) ichki auditorlarning umumkasbiy bilimlari;
b) professionallikni uzluksiz rivojlantirish dasturi;
v) iqtisodiy kodeks;
g) professional me’yorlar;
d) sertifikatsiyalash dasturi.
Ichki auditorlarning bunday birlashishi ularning tarqoq kuchlarini o’z
manfaatlarini himoya qilish maqsadida birlashtirish
hamda malaka mahoratini
yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish zarurligidan kelib
chiqqan. Institut ichki auditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib
turadi, umumta’lim faoliyatini ta’minlaydi va mazkur professional amaliyot
me’yorlarini ishlab chiqadi. U o’z funktsiyalarini va ichki
auditorlar xizmatlarini
doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda.
Institut ichki auditorlarning professional olamida yuqori obro’ga ega. Uning
dunyo bo’yicha 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydigan a’zolari bor. Institutning
AQShdagi bo’limlaridan tashqari Avstraliya, XXR, Hindiston, Isroil,
Yaponiya,
Malayziya, Yangi Zelan-diya, Janubiy Afrika Respublikasi, Angliya va Shimoliy
Irlandiya kabi mamlakatlarda milliy institutlari mavjud.