Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar auditorlariga



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

11. Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar auditorlariga 
qo’yiladigan malakaviy talablar qaysi hujjatda belgilangan? 
А. 8-direktivada 
B. 6-direktivada 
С. 3-direktivada 
D. 2-direktivada 
Tayanch tushunchalar 
Xalqaro auditorlik tashkilotlari, xalqaro auditorlik kompaniyalari, xalqaro 
buxgalterlar federatsiyasi, Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qo’mitasi, 
Mustaqil auditorlarning xalqaro tashkilotlari, Xalqaro auditorlik tashkilotlarining 
«Katta to’rtlik» guruhi, “PriceWaterhousCoopers” auditorlik kompaniyasi, 
“Deloitte and Touch” auditorlik kompaniyasi, “Ernst and Young” auditorlik 
kompaniyasi, “KPMG” auditorlik kompaniyasi.


57 
IV BOB. AQSH VA EVROPA DAVLATLARIDA AUDIT TIZIMI 
4.1. AQShda auditorlik faoliyati
Auditning rivojlanish tarixini quyidagicha bosqichlarga ajratish mumkin: 
audit paydo bo’lishining ilk bosqichlari, auditning G’arbiy Evropada vujudga 
kelishi va rivojlanishi, AQShda auditning rivojlanish tarixi, Osiyo va Sharqiy 
Evropa mamlakatlarida auditning shakllanishi, MDH mamlakatlarida auditning 
holati va h.k. 
1631 yilda Gollandiyadan AQShning Massachusets shtati Plimut shahriga 
koloniya qarzlarining tobora o’sib borayotganligi sababini aniqlash uchun 
buxgalter yuborildi. Bu Amerikadagi birinchi auditorlik tekshiruvi hisoblanadi. 
Ammo auditning vatani Buyuk Britaniya hisoblanadi. Auditorlik faoliyati birinchi 
marta ushbu mamlakatda qonuniy kuchga ega bo’lgan. Bu erda 1844 yildan 
boshlab kompaniyalar to’g’risida qonunlar e’lon qilingan bo’lib, ushbu qonunlarga 
muvofiq kompaniyalar bir yilda kamida bir marta buxgalteriya hisobvaraqalar va 
foyda to’g’risidagi hisobotni tekshirtirish uchun maxsus professional mutaxassisni 
taklif qilishga majbur edilar. Bu hisobot ma’lumotlari esa keyinchalik aktsionerlar 
umumiy yig’ilishida o’qib eshittirilgan. 
Ichki auditorlar xizmatini tashkil etgan Amerika Qo’shma Shtatlaridagi eng 
birinchi tarmoq - Temir yo’l transporti hisoblanadi. XIX asrning oxirida ingliz 
ko’chma auditorlari ma’muriyatning mulk va hisobot tizimi uchun mas’uliyat 
darajasiga baho berish vazifasini bajarish uchun butun mamlakat bo’ylab yoyilib 
ketgan transport agentliklariga tashrif buyurdilar. XX asr boshlariga qadar AQShda 
mustaqil audit ingliz modeli asosida faoliyat yuritdi. Bu model balansga tegishli 
ma’lumotlarni har tomonlama chuqur tadqiq etishni ko’zda tutar edi. Jahonda 
mashhur amerikalik olim Robert Xayster Montgomeri (1872-1953 yillar) o’zining 
"Audit" nomli kitobining birinchi nashrida bu ilk bosqichdagi Amerika auditini 
"hisob-kitob auditi" deb atadi. Olim fikricha, bu davrda auditor ish vaqtining 
to’rtdan uch qismi hisob-kitoblar va buxgalteriya kitoblarini tuzishga sarflangan. 
Amerikada auditga qonun tomonidan o’rnatilgan talablarning bo’lmaganligi 
va tekshirishlarni ko’p hollarda ingliz investorlari tomonidan Qo’shma Shtatlar 


58 
firmalariga yuborilgan auditorlar amalga oshirganliklari tufayli dastlab bu kasb 
juda sekinlik bilan rivojlandi. AQShda auditorlik ishi Britaniya audit amaliyotining 
bevosita ta’sirida 1887 yilda auditorlar uyushmasining tashkil topishi bilan 
vujudga keldi. 
1896 yilda esa Nyu-York shtatining qonunchilik organlari tomonidan 
buxgalterlarning auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi qabul 
qilindi. Shu munosabat bilan R.Montgomeri shunday degan edi: "Biz AQShda 
yangi kasb erasi bo’sag’asida turibmiz". 1900 yilga qadar AQShda audit masalalari 
bo’yicha juda kam ishlar nashr etildi. 1905 yilda va keyinchalik 1909 yilda 
Montgomeri AQShda Lorens R.Diksining Angliyada yozilgan "Audit: auditorlar 
uchun amaliy qo’llanma" kitobini chop etdi. 1912 yilga kelib esa Amerika 
amaliyotining Britaniya amaliyotidan farq qilishini ko’rgan Montgomeri auditorlik 
to’g’risidagi Amerikada birinchi kitobni ("Audit: nazariya va amaliyot". 
Keyinchalik bu kitob "Montgomeri auditi" nomini oldi) yozdi.
Asta-sekinlik bilan amerikancha audit "test auditi"ga aylanib bordi. Bu audit 
yuqori sur’atlarda kengayib borayotgan amerikancha biznesga tezda moslashish 
imkonini berdi. Ushbu audit tarafdorlari fikricha, hisob-kitoblarni Britaniya usulida 
tekshirish juda ko’p vaqt va mablag’larni talab qiladi. Auditorlik faoliyatida tobora 
katta o’rin egallay boshlagan test usulidan tashqari auditorlar operatsiyalarni 
tekshirish uchun biznes bo’yicha hamkorlaridan firmalar faoliyati to’g’risidagi 
ma’lumotlarni yig’ishni ham amaliyotda qo’llay boshladilar. Investorlar 
manfaatlarini hisobga olgan holda ular aktivlar va passivlarni baholashga katta 
e’tibor qarata boshladilar. Bu barcha yangiliklar audit vazifalarining 
kengayotganligini o’zida aks ettirar edi. Endilikda audit yuqori aniqlikda tekshirish 
bilan cheklanmay qoldi.
AQShda amalda bo’lgan qonunchilikka ko’ra ko’plab xususiy korxonalar va 
hukumat idoralari har yili auditorlik firmalari tomonidan o’tkaziladigan moliyaviy 
tekshirishlarni amalga oshirishlari lozim. Tekshirish to’g’risidagi hisobot firma 
egalariga, korxonaning kreditorlariga taqdim etiladi. Bu hisobotda buxgalteriya 
hisobi jarayonlarining to’g’riligi va asoslanganligi, shuningdek, uni yuritish 


59 
shakllari va usullarini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar o’z aksini topadi. Amerika 
Qo’shma Shtatlarida mustaqil audit zamonaviy ma’noda rivojlandi: uning 
rivojlanishi ko’p jihatdan kreditorlar, ayniqsa, banklarning ishonchli moliyaviy 
axborotga bo’lgan talablari tufayli yuz berdi. Banklar ushbu axborotlar asosida 
kredit taqdim etish to’g’risida qaror qabul qildilar.
XX asrning birinchi yillarida moliyaviy hisobotlardan foydalangan 
korxonalar balansni kompaniyaning ishonchliligini belgilab beruvchi asosiy 
ko’rsatkich sifatida bilar edilar. Shu sababli auditorlar o’z ishlarida ko’p hollarda 
asosiy e’tiborni balansga qaratar edilar. AQShda savdo bo’yicha Federal komissiya 
iltimosiga ko’ra Amerika buxgalter-ekspertlar instituti (bu institut bugungi kunda 
Amerika diplomga ega buxgalterlar instituti – AICPA deb yuritiladi) tomonidan 
tayyorlangan audit to’g’risidagi birinchi rasmiy qaror 1917 yilda chop etilgan 
bo’lib, “balanslar auditi”ga bag’ishlandi. Ushbu qarorning qayta ko’rib chiqilgan 
nashri 1929 yilda e’lon qilinib, “Moliyaviy hisobotlarni tekshirish” nomini oldi. 
Garchi ushbu risolada asosiy e’tibor hali ham balans auditiga qaratilgan bo’lsa-da, 
unda foyda va zararlar hisoboti to’g’risida batafsil fikr yuritilgan edi. Bu esa 
xo’jalik operatsiyalari natijalariga qiziqish ortayotganligidan dalolat berar edi. 
1929 yildagi nashrda bitimlar tuzish amaliyoti, shuningdek, ichki nazoratning 
muhimligi to’g’risida so’z bordi.
1936 yilda “Mustaqil auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni 
tekshirish” deb nomlangan risola chop etildi. Bu risolaning mazmuniga so’nggi 
yillarda yuz bergan ko’plab voqealar o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu voqealar orasida 
eng ahamiyatlisi bitimlar tuzish standartlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan 
AICPAning Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik munosabatlarining yo’lga 
qo’yilishi, shuningdek, 1933 yilda qabul qilingan qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi 
va 1934 yilda qabul qilingan birjalar to’g’risidagi Qonunlarning kuchga kiritilishi 
bo’ldi. Bu qonunlar ro’yxatdan o’tgan kompaniyalarga moliyaviy hisobotning 
tegishli shakllarini tuzishlarini talab qilar edi. 
Auditni standartlashtirishning zamonaviy shakli 1939 yildan boshlanadi. 
Mazkur yilda AICPA auditorlik tekshirishlari bo’yicha Qo’mita ta’sis etdi va 


60 
auditorlik jarayonlari to’g’risida Qoidalarni (SAF) chop etdi. 1972 yilga qadar 54 
qoida e’lon qilindi. Qo’mita esa bu davrda yangi nomga ega bo’ldi: auditorlik 
standartlari bo’yicha Ijroiya qo’mita (keyinchalik bu qo’mita auditorlik standartlari 
bo’yicha Kengash deb yuritila boshlandi). Bu qo’mita barcha Qoidalarni 
kodlashtirdi va ularni auditorlik jarayonlari bo’yicha qoida (SAF) №1 ga 
birlashtirdi. Bu Qoida hozirgi kunda ham amal qilmoqda. XX asrning 70 va 80-
yillari jamoatchilikning auditorlar ishlari va majburiyatlari doirasiga qiziqishining 
oshishi bilan tavsiflanadi.
Bu davr ko’plab muvaffaqiyatsiz tekshirishlar bilan bog’liq. Buning 
natijasida Kongressda yig’ilish bo’lib o’tdi, auditorning roli va mas’uliyatini 
aniqlash uchun maxsus komissiya tuzildi, jamiyat tasavvuridagi audit bilan 
muayyan chegaralar bilan cheklangan auditning real jarayoni imkoniyatlari 
o’rtasidagi nomuvofiqlik mavjudligi to’g’risida xulosalar chiqarildi, ushbu 
nomutanosiblikni bartaraf etishga yo’naltirilgan auditorlik standartlari bo’yicha 
Kengashning faolligi oshdi.
AQShda auditorlik firmalari 4 ta guruhga bo`linadi: 
Bugungi kunda AQShda 45000 dan ortiq auditorlik firmalari mavjud.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin