yer bagʻriga 2,4—2,6 m kirib boradi,
ildizining asosiy qismi tuproqning
haydaladigan qatlamida joylashadi. Poyasi
tik oʻsadi, shoxlaydi, boʻyi 70—150 sm.
Pastki barglarining qoʻltigʻidan toʻgʻri, uzun
oʻsuv (monopodial) shoxlar rivojlanadi, ular
bosh poyadan oʻtkir burchak ostida chiqadi.
Tuzilishi jihatidan bosh poyaga oʻxshaydi,
biror sabab bilan bosh poya shikastlanib,
nobud boʻlsa, uning oʻrnini bosa oladi.
Barglari birin-ketin joylashgan, yupqa yoki
qalin, koʻpincha yashil, 3—7 boʻlmali,
yonbarglarga ega. Birinchi chin barg nihol
unib chiqqanidan 7—10 kun, ikkinchisi 4—5
kun keyin paydo boʻladi.
Koʻsakyaar ochilishi bilan yangi barglar chiqishi
sekinlashadi, qarigan barglarning toʻkilishi
tezlashadi. Bosh poyada vegetatsiya oxirigacha
20—25 va undan koʻproq barg hosil boʻladi.
[[Guli ikki jinsli, yirik; gulband, gulyonbarglar,
kosacha, gultoj, changchi ustunchasi va
urugʻchidan iborat (qarang [[Gul). G'oʻza —
gulshirali oʻsimlik; shira bezlari gul ichida va gul
tashqarisida boʻladi. Tuguncha oʻrta tolali
/uzalarda 4—5, ingichka tolali gʻoʻzolarda 3—4
uyali. Har bir uyada 5—9 va undan koʻproq
urugʻkurtaklari bor. Mevasi 3—5 chanoqli koʻsak,
chanoq, meva bandi, gulyonbarglar, kosa-cha,
meva qati, markaziy urugʻdon, chigit va
tolalardan iborat.
Koʻsakyaar ochilishi bilan yangi barglar
chiqishi sekinlashadi, qarigan barglarning
toʻkilishi tezlashadi. Bosh poyada
vegetatsiya oxirigacha 20—25 va undan
koʻproq barg hosil boʻladi. [[Guli ikki jinsli,
yirik; gulband, gulyonbarglar, kosacha,
Dostları ilə paylaş: |