Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi
tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z
mansab
vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(205-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch
yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
bir yildan ikki yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(205-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
(205-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(205-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining
ikkinchi xatboshisi
,
8-bandi
, 10-bandining
ikkinchi xatboshisi
, 11-
bandining
to‘rtinchi xatboshisi
,
26
va
29-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil
15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish
sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi
qarorining
4-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni
liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi qarorining
7
,
13
va
16-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil
31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun
javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining
to‘rtinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 15-
bandining
ikkinchi xatboshisi
.
Dostları ilə paylaş: