Umumiy qoidalar


 -modda. O‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

259 -modda. O‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir
majburiyatlarni bajarmaslik
O‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslari
tomonidan bajarilmasligi, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir
etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
1


(259 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 210 -moddasining
ikkinchi qismi
.
XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
260-modda. Temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan
foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish
Transport vositasining harakat yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarining temir yo‘l,
dengiz, daryo yoki havo transportini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha
og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(260-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-
I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining 
birinchi xatboshisi

8
,
10

11

22

26-bandlari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin