Umumiy qoidalar


-modda. Transport vositasini olib qochish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

267-modda. Transport vositasini olib qochish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Transport vositasini olib qochish —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib;
g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan sodir
etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan;
v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa,

o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


(267-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 
qarori
.
268-modda. Transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish
Yo‘lovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yo‘l harakatining boshqa
qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 
261-263

265 
yoki 
266-moddalarida 
nazarda tutilgan
shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan
foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa,

Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan
uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati 
qoidalari
”.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
6 — 8

10 
va 
11-bandlari
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin