13-Qism
Qo’shimcha kanallardagi strategiyalar
Qo’shimcha kanallar orqali ham qarama qarshi tendensiyani aniqlash
ham mumkin. Buning uchun biz trend kanalni to’g’ri chizishimiz kerak.
Rasm-13.1
Birinchi navbatda trend kanallarni chizishda 2 ta minimumni olish
kerak va uni tutashtirish kerak. Xuddi shu tutashtirgan chiziqni o’rtasidagi
paralel chiziq maksimumda qo’yish kerak. Agarda buzuvchi chiziqdan
chiqsa demak shu chizgan kanalimizda qaytib 50% ga tugaydi va yana
davom ettiradi. Rasm-13.1 Buzuvchi chiziqdan chiqishi va bizga yana
qo’shimcha kanallar orqali yana qanchagacha borishi mumkinlikni bilish
mumkin. Birinchi buzuvchi trend chizig’idan chiqdi va qo’shimcha yana
kanal chizdik. Agarda qo’shimcha chizgan trend kanalimizdan chegara
chizig’idan chiqsa demak biz chizgan asosiy trend kanaliga qaytib kiradi va
50% asosiy chizgan kanalimizga kiradi. Ko’p hollarda birgina shu
88
strategiya yaxshi ishlaydi. Agarda shu strategiyamizni katta vaqt oralig’ida
qo’ysak 1 kunlik yoki 1 haftalikga unda uzoq yo’nalishni ushlashimiz
mumkin.
Biz bozorda ba’zan analizlashtirish paytida bizga qiyinchiliklar yoki
ba’zi bir modellarni buzilishlari va yo’nqlishni aniqlashda ba’zan
adashishimiz mumkin. Faqatgina biz tuzgan grafiklar kanallar bizga
notanish modellar va trend xarakterlarini buzdi degan xulosa chiqadi.
Rasm- 13.2
Modellar ba’zan buziladi, lekin boshqa bir yordamchi analiz bizga qay
paytda buzilishi mumkin va ko’p borish bormasligini ko’rsatib beradi.
Rasm- 13.2 Klin modelini qanday buzgan bu modelni buzishi kerak
emas edi. Chunki bu yerda aniq klin modeli hosil bo’lgan, lekin
maksimumdagi buzuvchi chiziqdan paralel ravishda minimumga olib
kelsak, (Rasm- 13.2 nuqtali trend chiziq) klinni buzgan taqdirda paralel
chizgan chizig’imizda yordamchi chiziqga kelib ko’tarilishini va Klin
modeliga qaytib kirishi va klinning davom ettirishini ko’rsatib beryapti.
Ikkinchidan Teppadan chizgan trend buzuvchi chizig’imiz ham shu
erdan trendning qaytishini ko’rib turibmiz. Bu esa ham Klinning teppa
qismidagi chiziqdan paralel ravishda chiziq bizga yordamchi chiziq
doirasida yordam beryapti va teppadan chizgan Trend kanalidan
qaytishini kuzatib turibmiz. Aslida teppadan chizgan trend kanalimiz
buzilgan taqdirda oxir oqibat buzuvchi chiziqdan yordamchi chiziqga
aylandi va klin orqali birgalikda ishladi.
Biz har bir modellarni ko’rib chiqishda ba’zi bir buzulishlarni
ko’ramiz. Biz o’ylagan modelning buzilishi aslida bu vaqtinchalik
buzilishi sanaladi. Buzgan taqdirda bu ko’p bormasligi va model
89
keyinchalik ishlaganligini kuzatamiz. Shunday vaziyatlar bo’lganki, bir
modelni topishda har tomonlama aniq ravshan kanallar orqali chizdik
lekin bu model buziladi. O’ylaymizki bu yerda model yo’q biz adashdik
deb hisoblaymiz, lekin bu yerda konsorsium yaxshi ishlaydi biz yopgan
zarardagi pozitsiyamiz borib borib foydaga tushganligiga amin bo’lamiz.
Rasm- 13.2 e’tibor bering bu yerda klinning paski qismida ko’tarilishi
kerak edi lekin klining paski qismidan 135 punkt tushib ketdi. Biz
o’ylaymizki Klin modeli buzuldi deb aslini olganda klin modeli ishlagan
biz esa yordamchi chizqlarni qo’ymaganimiz sababli klinning pasgi
chizig’idan bozorga kirdik va natijada shuncha zararga tushdik. Bizga
tushunarsiz holat baribir o’z ishini sindirgan bo’lsada vaqt o’tgan sari bu
model ishlaganligini va yanada yuqori ko’tarilishi kerak ekanligini
ko’rib turibmiz. Bu holat faqatgina Klassik analizlarda emas balkim
indikatorlarda ham uchrab turadi. Masalan divergensiyani olaylik ko’p
holatlarda divergensiyalar buziladi va biz katta zararga yopib
keyinchalik divergensiya ishlaydi.
Rasm- 13.3
Bir vaqt USD/CAD valyuta parasida qiziq bir voqea bo’lgandi.
Rasm- 13.3 USD/CAD valyuta parasi ko’rsatilgan 1 soatlik grafik.
Ko’rib turganimizdek Klin hosil bo’lgan va MACD indikatoriga
divergensiya hosil bo’lishi. Bu yerda 2 ta signal beryapti trend pasga
ketishiga. Men buni ko’rib aytdim trend pasga ketadi sell pozitsiyasi
ochishingiz mumkin deb maslahat berdim. Ustiga ustak 4 soatlik
grafikda aniq divergensiya edi.
90
Rasm- 13.4
Rasm- 13.4 Verktikal chiziqdan o’ng tomoni hali ko’rinmagan
edi. USD/CAD 4 soatlik grafigimizda divergensiya juda chiroyli va aniq
edi. Endi xulosa qilamiz, 1 soatlikka klin modeli, divergensiya va 4
soatlikka divergensiya boshlangan edi ya’ni 4 soatlik grafigimizda
MACD indikatori, gistogrammadan qizil chiziq chiqgan edi va trend 30
punktga pasga tushgan edi. Men hamkasblarimga aytdim USD/CAD
pasga tushadi aniq divergensiya va klin modelini topdim dedim. Bir
hamkasbim sell pozitsiya ochdi. Oradan 2 soat o’tar o’tmas trend
teppaga qarab ketdi. Rasm- 13.3 USD/CAD 1 soatlik grafikda 2- marta
divergensiya hosil qildi. Bu orada ochgan pozitsiya 120 punkt zararga
tushib ketdi. Men esa aytdim mana keyingi devergensiya ishlaydi 1
soatlik grafikda. 1 soatlik grafikda esa yana bir marta divergensiya hosil
bo’ldi. Shunday qilib 1 soatlik grafikda 3 marta divergensiya qildi. 4
soatlik grafikdagi divergensiya esa salgina MACD gistogrammasi
ko’tarildi. Hamkasbim 140 punkt zararga tushdi oxir oqibat niyati
so’ngach ishonch qolmagandan keyin 145 punktga zararga yopdi. Narx
esa 160 punktga borib Divergensiya va klin ishlab ketdi. 1 soatlik
grafikda 3 marta divergensiya o’z ishini yakunladi va 4 soatlik
divergensiya esa 100% o’z ishini bajardi. Hamkasbim bu voqeani
ko’rgach juda afsuslandi chunki u ochgan pozitsiyadan 150 punkt tushib
ketdi. Agarda zararlarini yopmay ishonch bilan turar edi natijada 150
punkt foydaga yopar edi. Rasm 13.3 ko’rsatilgan endigina divergensiya
hosil bo’layotganini ko’rib turibmiz, agarda mana shu yerdan yopar edi
pozitsiyasini 150 punkt foyda olar edi. Ko’rib turganingizdek
Konsorsium qanday ishladi. Oxir oqibat niyatlar so’ngach konsorsium
91
ishlab ketadi va bizni buzilgan analizimiz ishlaydi. Biz tuzgan analiz esa
oxir oqibat ishlaganini ko’ramiz. Bunday holatlar juda ham ko’p bo’ladi.
Ba’zan juda qattiq tushib ketadida trend keyinchalik ko’tarilishni
boshlaydi. Bunday vaziyatda biz trendning qayerga borishini bilmay
qolamiz va yo’nalishdan adashamiz. Shuning uchun ham modellarni
topishda va qayerda kirishda bizga qo’shimcha trend kanallari yordam
beradi. Shu orqali biz to’g’ri va aniqroq joydan pozitsiya ochishimiz
mumkin.
Rasm- 13.5
Modellar buziladi buni inkor etib bo’lmaydi. Rasm-13.5 e’tibor
bering, bu yerda Klin hosil bo’lgan lekin 3- minimum klin modelini
kesgan. Tasavvur qiling shunday vaziyatda siz savdoda kirdiz va buy
pozitsiyasi ochdiz. Klinning 3- minimumi trend chizig’ida yaqinlashib
chegarani buzmasligi kerak edi. Lekin afuski bu chiziqni buzdi va siz
klin modelini buzilganligini ko’rib turibsiz. Agarda pozitsiyangizni
qoldirsangiz 3- minimum klin chizig’idan 140 punkt pasga tushib ketdi.
Shuncha zararga tursangiz agar albatta sizning ham niyatingiz so’nadi va
Klin buzildi deb fikrlaysiz. Lekin bunday olib qarasangiz, klin ishini
to’g’ri bajarayotganini guvohi bo’lasiz. Bu yerda qayerga pozitsiya
ishonchli ochish uchun birinchi navbada qo’shimcha kanal chizishimiz
kerak. 15 minutlik grafikda aniq kanal chizishimiz mumkin. Agarda bu
qo’shimcha kanalimizdagi buzuvchi trend chizig’imizni kessa demak
tren o’zgaradi deyishimiz mumkin va buy pozitsiyasi ochishimiz
mumkin. Shunday qilib biz hisoblasak, klin chizig’idan trend kanal 140
punktga chiqgan va qo’shimcha trend kanalimizdagi buzuvchi trend
chizig’idan kesgan taqdirda biz buy pozitsiya ochishimiz mumkin.
92
Bunday holatda bizga Konsorsium umidimizni so’ndirmaydi biz esa
ancha ishonarliroq va aniqroq joyda pozitsiya ochishimiz mumkin.
Rasm- 13.6
Klin modelimizni salgina buzgan Rasm- 13.5 oxir oqibat Rasm-
13.6 o’z isbotini berib turibti. Aslini olganda men Rasm- 13.5 Klin
modelining teppa qismidagi chiziqda tegilib salgina qarama qarshi
tendensiya borib keyin klin modelidan chiqishi kerak edi. Lekin Rasm-
13.6 salgina buni ham buzgan ya’ni chizig’imizni teppa qismdan ozgina
buzib o’tganda va qaytib pasga tushgan. Shunday qilib klin modelimiz
ozgina bo’lsada trend noto’g’ri darajada borsa ham oxir oqibat biz
kutgan va biz chizib o’tgan chizig’imizgacha narxni bosib o’tgan. Siz
aziz bo’lajak treyderlar bunday holatdagi narxni baholashda yoki
Tendensiyani aniqlashda aynan Konsorsium trendni yo’nalishini borish
jarayonini aniqlashda adashtiradi. Lekin oxir oqibat bizni analizimizni
buzib bo’lsa ham biz kutgan modelimizni albatta amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |