93
Ba’zi bir video roliklarda turli xil boy insonlarni ko’rsatgan.
Ular aynan
dunyo valyuta bozorida ishlaganlar shu yerda muvaffaqiyatga
erishganlar deb aytishadi. Yaqinda bir reklamaga ko’zim tushib qoldi.
Bir qancha asrlar davomida boy insonlar yoki davlatlar o’rtasida
urushlar juda ko’p bo’lgan ya’ni o’z hududlarini bosib olishga ba’zi bir
davlatni boyligiga ega bo’lishga urushlar bo’lgan. Lekin boy insonlar
yoki davlatning boyligi yashirilgan. Ba’zi davlatlarda boylikni maxfiy
so’zlar ko’rinmas xaritalar yordamida saqlashgan. Hozirgi davrga kelib
bu boyliklarning ko’pisi topilgan va hamma sirlar ochilgan shu uchun
hozirgi kunda bir davlatning boyligini izlash baribir besamar. Lekin
boylikning izlashning yana bir yo’li bor bu ham bo’lsa Forex
birjasida
ishlash savdoda qatnashish va yana sizga shunday imkoniyatlar
beryaptiki foizsiz kreditlar ajratilishi bu esa bozorda ishlashda bozorda
qo’ygan puliz 100 baravarga oshirib qo’yishadi bank tomonidan bu esa
sizga aylanma mablag’ tezda kuchli borishini ta’minlaydi.
Qarang qanday ta’riflab bergan, bunday reklamadan so’ng hamma
ham ishlashni orzu qiladi albatta. Lekin ishlagandan so’ng, ya’ni ishni
boshlagandan so’ng, kitoblarni darsliklarni o’qiganimizdan so’ng,
birjani o’zi sizdan boylik ortiryapti degan xayolga tushasiz. Haqiqatdan
ham reklama inson tasavurini boyitadi, real esa shu reklamada ko’rgan
narsasini hayotida ko’rsa niyati so’nadi qoladi.
Tasavvur qilamiz sizni
qorningiz juda ham och siz televizorni ko’rib turibsiz. Reklama
boshlandi, reklamada esa Gamburgerni ko’rsatyapti. Shunaqayam
chiroyli gamburger nonlari katta-katta go’shti esa juda ham ko’p uni
ichida turli xil pomidor bodringlar pomidor qaylasi va turli xil
mahsulotlar qo’shilgan siz buni ko’rib mana ovqat qayerga yuribti deb
o’ylaysiz. Restoran yoki Kafelarda borib Gamburger tayyorlashlarini
aytasiz. Shu yerda quvonib ketasiz hozir reklamadagi gamburgerni men
yeyman deb. Sizni oldizga gamburgerni olib kelishsa butunlay boshqa
mahsulot. Gamburger juda ham mayda holatda tayyorlagan go’shti juda
ham kichkina, ozgina pomidor bodring yoki pomidor qaylasi solingan.
Siz hech narsaga tushunmaysiz nega bunday axir televizordagi
gamburger qani bu butunlay boshqa boshqa narsa ku deb niyatingiz ham
hafsalangiz ham pir bo’lib qoladi. Shuning uchun ham Forexda birov
ishlasa u muvaffaqiyatga erishsa bu
degani hamma ham ishlab boy
badavlat shon shuxratga erishadi degani emas. Aksincha ishlashda
qanchadan qancha yutqazishlar psixologik siqilishlar hattoki shu ishda
kirishda savdoda qatnashishda afsuslanishlar ham bo’ladi. Ba’zilar
aytadiki bu men uchun emas ekan men xoxlamayman bunchalik pul
94
ishlashni men oddiy ishlarni qilamanda o’zimga salgina bo’lsada
oilamda yetadigan pulni ishlab shu bilan kun ko’raman.
Lekin menda
psixologik siqilishlar xavotirlanishlar, afsuslanish bo’lmaydi chunki men
boshqa ishda aniq pul ishlayman, forexda esa bunday emas bu yerda
aniqlik yo’q men bozorni texnik analiz qilaman trend esa meni
analizlarimni buzadi. Men qancha savdo texnikalarni tuzmasam ham
qanchadan qancha indikatorlarni qo’ysam ham baribir menda zarar nega
bunday. Axir men har bir bozorni texnik analizlarni puxta o’rganib
chiqdim. Bozor esa menga quloq solmayapti, xoxlagan
ishini xoxlagan
tomoniga boryapti. Menda esa zarar bilmayman forexda qanday ishlash
kerak menga bozor umuman tushunarsiz men qancha o’qisam ham
yordam bermayapti degan xayol o’tadi, har bir kishidan. Mana shu
xayollarga bormaslik uchun ham bizda psixologik analizlar kerak
bo’ladi. Birinchi navbatda bizga malaka yordam beradi. Biz agarda
tendensiyani xarakterini yildan yilga ko’rib o’zlashtirsak biz ancha
muncha trend xarakterini bilib olamiz.
Rasm- 14.1
Qanday texnika tuzsayiz ham bu
texnikalar haqida qancha
ishlasangiz ham baribir sizni hisobingizda zararlar va muvaffaqiyatsiz
savdo jarayonlar uchraydi. Rasm- 14.1 e’tibor bering agarda manashu
doirani 4 bo’lakchaga ajratsak buning 4 dan 1 qismi zarar hisoblanadi,
95
agarda bizni Malakamiz yetarli darajada bo’lsa, matematik
boshqaruvimiz puxta o’ylab har tomonlama ko’rilib chiqilgan bo’lsa,
qo’rquv va bu qo’rquv orqali savdo jarayonida qanday yo’l tutishni
bilmasak va oxirgisi Savdo strategiyamiz har tomonlama, klassik analiz,
indikatorlar yordamida analizlar, Davlat iqtisodida ro’y beradigan
fundamental yangiliklar shunga o’xshagan savdo strategiyalarni tuzish
orqali bizni savdo jarayonini amalga oshiramiz. Rasm- 14.1 tuzilgan
graffikning 3 bo’lagi agarda puxta o’ylanmasa va puxta tuzilmasa
demak zarar biz tuzgan savdo jarayoniga ta’sir qiladi va grafigimizdagi
zararlar miqdori ko’payib boradi. Shuning uchun ham biz Rasm-14.1
tuzilgan,
1.Malaka oshirish
2.Savdo strategiyalarni tuzish
3.Matematik boshqaruv va psixologik analizlar.
Manashu tomonlarni puxta o’ylasak Rasm-14.1
tuzilgan grafikdagi
4- qismdagi Zararlar va muvaffaqiyatsiz savdo jarayonlari kamayib
boraveradi.
Dostları ilə paylaş: