Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari


 Kerak bo„ladigan mahsulot va dastgohlar



Yüklə 264,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix19.12.2023
ölçüsü264,82 Kb.
#185601
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
laboratoriya boyitish 2023

7.3. Kerak bo„ladigan mahsulot va dastgohlar.
1.
Yanchilgan temir minerallardan biri. 
2.
Tarozi (toshlari bilan). 
3.
Voronka. 
4.
Filtrlovchi qog„oz. 
5.
Quritish pechi. 
6.
Magnit separatori. 
7.4. Ishni bajarish tartibi 
Yanchilgan temir tarkibli ruda qabul qilish bunkeridan magnit separatorga 
beriladi. Lenta yordamida mineral magnitli barabanga boradi. Magnitlangan 
barabanga yopishib qolgan temirli rudalar konsentrat yig„iladigan idishga va 
magnit barabanga yopishmagan puch tog„ jinslari esa ikkinchi idishga to„planadi. 
Magnit usulda boyitish sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. 
7.1-rasm. Magnit separatorda boyitish sxemasi 


Olingan natijani hisoblash 
Misol: Dastlabki namunaning og„irligi 150 g. Tajriba natijasida 30 g 
magnitli mahsulot olindi. Namunadagi magnitli mahsulot miqdori: 
 
Nazorat savollari 
1.
Minerallarning magnit xususiyatiga qarab tasnifi. 
2.
Magnit maydonining kuchlanganligi deb nimaga aytiladi? 
3.
Magnit separatorlarining turlari. 
4.
Magnit usulida boyitishning ishlatish sohalari. 
5.
Magnit analizatori SEM-1 ning tuzilishi va ishlash prinsipi. 
6.
Konsentratning chiqishi qanday hisoblanadi? 
8– TAJRIBA ISHI 
RUDANI FLOTATSIYA USULIDA BOYITISHNI O„RGANISH. 
 
8.1. Ishdan maqsad

Flotatsiya mashinalarda tajriba o„tkazishni, flotatsiya 
reagentlarni tayyorlashni, ularni qanday tartibda qo„shishni, flotatsiya o„tkazish 
qoidalarini o„rganish. 
8.2. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma‟lumotlar 
Ma‟lumki, rangli metallar rudalarida minerallar asosan sulfidlar holida 
uchraydi. (Cu
2
S, CuS, MoS
2
, PbS, ZnS, FeS
2
, Pb
2
S
3
va h.k.). Rangli metallar 
sulfidli rudalarini boyitishning eng muhim usuli flotatsiya hisoblanadi. 
Flotatsiya usulida boyitish mineral zarracha yuzasining fizik-kimyoviy 
xossalaridagi farqqa qarab boyitish usuli bo„lib, u muhitning pH iga, zarrachaning 
o„lchamiga, flotoreagentlarning turi va miqdoriga, bo‟tananing ion kuchi va boshqa 
bir qator omillarga bog„liq. 
Flotatsion reagentlar deb flotatsiya o„tkazish uchun qulay sharoit yaratish 
uchun bo„tanaga kiritiladigan kimyoviy moddalarga aytiladi. Flotatsiya jarayonida 
bajaradigan vazifasiga qarab flotoreagentlar quyidagi guruhlarga bo„linadi: 
to„plovchilar, so‟ndiruvchilar, faollashtiruvchilar, ko„pik hosil qiluvchilar va muhit 
sozlovchlar. 
To‘plovchilar
mineral zarracha yuzasining suv bilan ho„llanmaslik 
(gidrofoblik) 
xususiyatini 
oshiradi. 
To„plovchi 
sifatida 
molekulasida 
uglevodorodlarni saqlaydigan organik birikmalar ishlatiladi. Sulfidli mineralning 


flotatsiyasida to„plovchi sifatida ksantogenatlar va aeroflotlar, nosulfid 
minerallarning flotatsiyasida yog„ kislotalari va ularning sovunlari, silikatli 
minerallarning flotatsiyasida aminlar va ularning tuzlari ishlatiladi.

Yüklə 264,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin