Talaba topshiriq olgandan so„ng tajribani o„tkazish uchun kerak bo„ladigan
idishlarni yig„ish,
rudadan namuna olish, flotoreagentlarni
tayyorlashga kirishadi
va flotoreagentlarning sarfi bo„yicha tegishli hisoblarni bajaradi.
Masalan, sizga misning flotatsiyasida misning
boyitmaga ajralishini
flotoreagentlar sarfiga bog„liqligini o„rganish topshirilgan. Tajriba uchun dastlabki
ma‟lumotlar: misning rudadagi miqdori –0,5 %. Namunaning og„irligi – 500 g.
To„plovchi-butil ksantogenati (50, 150, 200 g/t); ko‟pik hosil qiluvchi – T – 66.
(100 g/t), so„ndiruvchi –natriy sulfidi (70 g/t), muhitni sozlovchi – ohak (3 kg/t).
1. Texnik tarozida 1,5
kg rudani tortib olib, sharli tegirmonda 15 – 20
daqiqa
davomida – 1 mm o„lchamgacha yanchiladi.
2. Namuna yarim doira usulida uch qismga bo„linadi va alohida –
alohida
paketchalarga solinadi.
3. 50 ml li o„lchov kolbasida butil ksantogenatining 1 %
li eritmasi
tayyorlanadi, ya‟ni 0,5 g ksantogenat 50 ml suvda eritiladi.
4. Natriy sulfidining 1 % li eritmasi tayyorlanadi.
5. Ohakning 1 % li eritmasi tayyorlanadi.
Reagentlarning sarfi quyidagicha hisoblanadi: tajribaning shartiga ko„ra 1 t
rudaga 50 g ksantogenat qo„shiladi, 500 g ruda uchun esa yoki 25 mg
tayyorlangan eritmada 0,5 g ksantogenat bo„lgani uchun
Demak, 500 g ruda uchun butil ksantogenatining 1 % li eritmasidan 2,5 ml
qo„shish kerak.
Shunga o„xshab, qo„shiladigan natriy sulfidi
va ohakning ham miqdori
hisoblanadi.
8.4. Kerakli asbob va mahsulotlar
1. Flotatsion mashina;
2. Boyitmava chiqindilarni qabul qiluvchi idish;
3. –0,1 mm gacha yanchilgan ruda namunasi (500g);
4. Reagentlarning eritmalari;
5. Quritish shkafi;
6. Texnik va analitik tarozi (toshlari bilan);
Dostları ilə paylaş: