Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari


 Tajribani o„tkazish uchun tayyorlanish



Yüklə 264,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix19.12.2023
ölçüsü264,82 Kb.
#185601
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
laboratoriya boyitish 2023

8.3. Tajribani o„tkazish uchun tayyorlanish 


 
Talaba topshiriq olgandan so„ng tajribani o„tkazish uchun kerak bo„ladigan 
idishlarni yig„ish, rudadan namuna olish, flotoreagentlarni tayyorlashga kirishadi 
va flotoreagentlarning sarfi bo„yicha tegishli hisoblarni bajaradi. 
Masalan, sizga misning flotatsiyasida misning boyitmaga ajralishini 
flotoreagentlar sarfiga bog„liqligini o„rganish topshirilgan. Tajriba uchun dastlabki 
ma‟lumotlar: misning rudadagi miqdori –0,5 %. Namunaning og„irligi – 500 g. 
To„plovchi-butil ksantogenati (50, 150, 200 g/t); ko‟pik hosil qiluvchi – T – 66. 
(100 g/t), so„ndiruvchi –natriy sulfidi (70 g/t), muhitni sozlovchi – ohak (3 kg/t). 
1. Texnik tarozida 1,5 kg rudani tortib olib, sharli tegirmonda 15 – 20 daqiqa 
davomida – 1 mm o„lchamgacha yanchiladi. 
2. Namuna yarim doira usulida uch qismga bo„linadi va alohida – alohida 
paketchalarga solinadi. 
3. 50 ml li o„lchov kolbasida butil ksantogenatining 1 % li eritmasi 
tayyorlanadi, ya‟ni 0,5 g ksantogenat 50 ml suvda eritiladi. 
4. Natriy sulfidining 1 % li eritmasi tayyorlanadi. 
5. Ohakning 1 % li eritmasi tayyorlanadi.
Reagentlarning sarfi quyidagicha hisoblanadi: tajribaning shartiga ko„ra 1 t 
rudaga 50 g ksantogenat qo„shiladi, 500 g ruda uchun esa yoki 25 mg 
tayyorlangan eritmada 0,5 g ksantogenat bo„lgani uchun
Demak, 500 g ruda uchun butil ksantogenatining 1 % li eritmasidan 2,5 ml 
qo„shish kerak. 
Shunga o„xshab, qo„shiladigan natriy sulfidi va ohakning ham miqdori 
hisoblanadi.
8.4. Kerakli asbob va mahsulotlar 
1. Flotatsion mashina;
2. Boyitmava chiqindilarni qabul qiluvchi idish; 
3. –0,1 mm gacha yanchilgan ruda namunasi (500g); 
4. Reagentlarning eritmalari; 


5. Quritish shkafi; 
6. Texnik va analitik tarozi (toshlari bilan); 

Yüklə 264,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin