Ko‘pik hosil qiluvchilar . O„chib qolmaydigan mustahkam ko„pik hosil
qiluvchi sirt-faol moddalar ko„pik hosil qiluvchilar deyiladi. Agar ko‟pik
muddatidan oldin uchib qolsa, flotatsiyalangan zarracha bo„tana ichiga cho„kadi va
boyitish sodir bo„lmaydi. Ko„pik hosil qiluvchilar flotatsiya jarayonida quyidagi
funksiyalarni bajaradi.
1.
havo
pufakchalarining
koalissensiyalanishiga,
ya‟ni
o„lchamlari
kattalashishiga to„sqinlik qiladi.
2.
bo„tanadagi pufakchalar bo„tana yuzasiga qalqib chiqiyotganda yorilishiga
qarshilik qiladi.
Ko„pik hosil qiluvchilar sifatida amalda quyidagi moddalar ishlatiladi:
Qayin yog„i, krezil kislotasi, og„ir piridin, IM-68, T-66, butil spirtining
propilen oksidi OPSB yoki metil spirtining propilen oksidi OPSM.
So‘ndiruvchilar flotatsiyaga uchrashi kerak bo„lmagan mineral zarracha
yuzasining suv bilan ho„llanish xususiyatini oshirib, flotatsiyaga uchrashi kerak
bo„lmagan mineral zarrachaning flotatsiyalanish qobiliyatini susaytiradi.
So„ndiruvchi selektiv tarzda ta‟sir etishi kerak. Boshqa reagent bilan
so„ndiruvchining ta‟siri yo„qotilishi mumkin.
Flotatsiya amaliyotida so‟ndiruvchi sifatida ishqorlar (odatda, ohak),
sianidlar, rux kuporosi, sianidning rux kuporosi bilan aralashmasi, natriy sulfidi,
kaliy bixromat, suyuq shisha va organik kolloidlar ishlatiladi.
Faollashtiruvchilar . Ular mineral zarrachalarning flotatsion qobiliyatini
oshirish yoki agar mineral zarrachaning flotatsion qobiliyati so„ndirilgan bo„lsa,
uning flotatsion qobiliyatini qayta tiklash maqsadida ishlatiladi. Faollashtiruvchilar
sifatida mis kuporosi, sulfat kislotasi, natriy sulfidi va havo kislorodi ishlatiladi.
Muhitni sozlovchilar . Ular yordamida bo„tananing suyuq fazasining pH i
o„zgartiriladi, flotatsiyaning borishini buzuvchi bo„tanagi ionlarning miqdorini
kamaytiradi,
minerallarning
flotatsiyalanishini
qiyinlashtiruvchi
shlamlar
koagulyatsiyalanadi. Bo„tanadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasiga mineral
zarrachalar yuzasining gidratlanganligi, ko‟pgina reagentlarning ta‟sir qilish
mexanizmi va mustahkamligi, ya‟ni flotatsiya natijalari bog„liq bo„ladi. Buning
uchun bo„tananing suyuq fazasi sistematik tarzda nazorat qilib turiladi va
reagentlar qo„shib muhitning ishqoriy yoki kislotaliligi saqlanib turiladi. Ishqoriy
muhit hosil qilish uchun ohak yoki soda, kislotali muhit hosil qilish uchun sulfat
kislotasi qo„shiladi.