RUDANI KONSENTRATSIYA STOLIDA BOYITISHNI O„RGANISH. 6.1. Ishdan maqsad : Rudalarni gravitatsiya usulda boyitish bilan tanishish.
Konsentratratsiya stolda boyitishni o„rganish. Mahsulotni stol yuzasida solishtirma
og„irligi va kattaligiga qarab taqsimlanishini kuzatish.
6.2. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma‟lumotlar 1. Gravitatsiya usulida boyitishning qisqacha nazariy asoslari Gravitatsiya usulida boyitish usuli mineral va puch tog„ jinslarining
solishtirma
og„irliklaridagifarqqa
asoslangan.
Gravitatsiya
usulida
boyitishgakonsentratsion stolda, vintli va konusli separatorlarda, shlyuzlarda
boyitish va boshqalar kiradi.
O„lchami -20,2 mm bo„lgan mineral zarrachalarning zichlikka asoslanib
boyitilishi qiya tekislik bo„ylab harakatlanuvchi suv oqimi yordamida amalga
oshiriladi. (konsentratsion stol, shlyuz). Bu apparatlarda boyitishning nisbatan
yuqoriroq ko„rsatkichlariga rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi bir
necha sinflarga ajratib olish orqali erishish mumkin.
Boyitiluvchi mahsulot zarrachalarining o„lchamiga qarab stolning ish tartibi
o„zgartiriladi: yuzaning tebranishlari soni, uning amplitudasi, qiyalik burchagi,
suvning sarfi. Yirikroq mahsulot uchun yuzaning tebranishlari sonini kichik,
amplitudasini esa kattaroq olinadi; maydaroq mahsulot uchun esa buning teskarisi.
Konsentratsion stollar qalay, volfram va boshqa kamyob hamda nodir
metallar rudalarini va qumlarini boyitishda ishlatiladi.
Mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajratish qiya tekislikdan iborat stol
yuzasida amalga oshiriladi. Stolning yuzasi linoleum yoki dyuralyuminiy bilan
qoplanadi. Stolning yuzasida yog„och yoki rezinadan parallel holda plankalar
o„rnatiladi. Plankalarning balandligi stolning yuqori qismida eng kam, pastki
qismiga tomon ortib boradi. (4-15 mm gacha).
Dastlabki mahsulot 25 % li bo„tana holida stolning qabul qiluvchi qutisiga beriladi,
qo„shimcha suv esa uning yonidagi qutichaga berilib, parraklar yordamida stolning
yuzasida tekis taqsimlanadi. Stol elektrodvigatel orqali qaytarma–ilgarilama
harakatga keltiriladi.