1. Temir minerallarini puch tog„ jinsi sifatida chetlashtirish (masalan, ruh
ishlab chiqarishda 30-40% temir oksidi saqlaydigan oraliq mahsulot klinker undan
qimmatbaho komponentlarni ajratib olishga xalaqit beradi).
2. Temir minerallarini qimmatbaho komponent
sifatida ajratib olish
(masalan, tabiatda ba‟zan nodir metallar temir minerallari bilan bog„langan holda
uchraydi. Bunda magnit separatsiyasi orqali temir minerallari ajratib olinib, keyin
magnitli konsentratdan nodir metallar ajratiladi).
3. Temirli konsentrat olish (masalan, yallig„
pechlarida eritish, kislorod-
mash‟alli eritish, mis sanoatining
suyuq vannada eritish, surma sanoatining
cho„ktiruvchi eritish shlaklari 50 % gacha oksid holidagi temirni saqlaydi va ular
yuqori sifatli magnitli konsentrat hisoblanishi mumkin).
Barcha minerallar o„zining magnit xususiyatiga qarab, 3 guruhga bo„linadi:
diamagnit, paramagnit va ferromagnit minerallar. Diamagnit
minerallarni magnit
maydoniga joylashtirilsa, ular magnit maydonining
kuchlanganligi kam
uchastkalariga
itariladi;
paramagnin
minerallarni
magnit
maydoniga
joylashtirilganda ular magnit maydonining kuchlanganligi yuqori uchastkalari
tortiladi. Ferromagnit minerallar ham paramagnit minerallar guruhiga kiradi, lekin
ularda magnit xususiyati yuqori darajada namoyon bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: