8.5. Tajribani o„tkazish tartibi 3 l li flotatsiya mashinaga 2/l atrofida suv quyiladi, aralashtirish uchun
impeller yoqilib, asta–sekinlik bilan 0,5 kg ruda solinadi va doimiy sathgacha yana
suv qo„shiladi. Shundan so„ng reagentlarni qo„shish boshlanadi.
1.Ohak eritmasi ( 3kg/t hisobidan ) - 5 daqiqa aralashtiriladi;
2. Natriy sulfid (70g/t) – 2 daqiqa aralashtiriladi;
1.Butil ksantogenati (50g/t) – 1daqiqa aralashtiriladi;
2. Havo – 1daqiqa aralashtiriladi.
So„ngra ko„pik haydovchi mexanizm yoqiladi va 10 daqiqa davomida
flotatsiyalanadi.
Flotatsiya tamom bo„lgandan so‟ng ko„pik haydovchi mexanizm to„xtatiladi,
flotomashina o„chiriladi, olingan boyitma va flotomashina kamerasida qolgan
mahsulot suvsizlantiriladi, 110-120
o
C harorat ostida qurituvchi shkafda quritiladi,
boyitma va chiqindi texnik tarozida tortiladi.
Xuddi shunday tajriba butil ksantogenatining 100 va 200 g/t sarflanishida
boshqa reagentlarning sarfi o„zgarmagan holda qaytariladi, hamda qimmatbaho
komponentning miqdorini aniqlash uchun tahlil qilinadi.
8.6. Tajriba natijalarini qayta ishlash Metall bo„yicha muvozanat olingan mahsulotlarning amaldagi og„irligi
hamda kimyoviy natijalar asosida tuziladi.
Odatda tajriba vaqtida mahsulotlar (ayniqsa chiqindi) ning yo„qolishi
kuzatiladi. Undan tashqari dastlabki mahsulot va tajriba asosida olingan
mahsulotlarning namligi har xil bo„lganligi sababli og„irligi har xil bo„ladi.
Ayniqsa boyitmani ehtiyotlab yig„ish kerak. Uning ozgina yo„qolishi ham metall
muvozanatining buzilishiga olib keladi.
Hamma tajribada mahsulotlar (ularning namligi bir xil bo„lishi uchun ) bir
xil sharoitda quritilishi kerak. Mahsulotlarni issiq holda tortish mumkin emas.
Olingan natijalar jadvalga kiritiladi.
8.1-jadval
Mahsulotning
nomi
Mahsulotningchiqishi,
Qimmatbaho
component
miqdori,
Qimmatbaho
componentning
ajralishi,
Gr
%
Gr
%
gr
%
Boyitma