Olingan natijani hisoblash
Misol: Dastlabki namunaning og„irligi 150 g. Tajriba natijasida 30 g
magnitli mahsulot olindi. Namunadagi magnitli mahsulot miqdori:
Nazorat savollari
1.
Minerallarning magnit xususiyatiga qarab tasnifi.
2.
Magnit maydonining kuchlanganligi deb nimaga aytiladi?
3.
Magnit separatorlarining turlari.
4.
Magnit usulida boyitishning ishlatish sohalari.
5.
Magnit analizatori SEM-1 ning tuzilishi va ishlash prinsipi.
6.
Konsentratning chiqishi qanday hisoblanadi?
8– TAJRIBA ISHI
RUDANI FLOTATSIYA USULIDA BOYITISHNI O„RGANISH.
8.1. Ishdan maqsad
:
Flotatsiya mashinalarda tajriba o„tkazishni,
flotatsiya
reagentlarni tayyorlashni, ularni qanday tartibda qo„shishni, flotatsiya o„tkazish
qoidalarini o„rganish.
8.2. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma‟lumotlar
Ma‟lumki, rangli metallar rudalarida minerallar
asosan sulfidlar holida
uchraydi. (Cu
2
S, CuS, MoS
2
, PbS, ZnS, FeS
2
, Pb
2
S
3
va h.k.). Rangli metallar
sulfidli rudalarini boyitishning eng muhim usuli flotatsiya hisoblanadi.
Flotatsiya usulida boyitish mineral zarracha
yuzasining fizik-kimyoviy
xossalaridagi farqqa qarab boyitish usuli bo„lib, u muhitning pH iga, zarrachaning
o„lchamiga, flotoreagentlarning turi va miqdoriga, bo‟tananing ion kuchi va boshqa
bir qator omillarga bog„liq.
Flotatsion reagentlar deb flotatsiya o„tkazish uchun qulay sharoit yaratish
uchun bo„tanaga kiritiladigan kimyoviy moddalarga aytiladi. Flotatsiya jarayonida
bajaradigan vazifasiga qarab flotoreagentlar quyidagi guruhlarga bo„linadi:
to„plovchilar, so‟ndiruvchilar, faollashtiruvchilar, ko„pik hosil qiluvchilar va muhit
sozlovchlar.
To‘plovchilar
mineral zarracha yuzasining suv bilan ho„llanmaslik
(gidrofoblik)
xususiyatini
oshiradi.
To„plovchi
sifatida
molekulasida
uglevodorodlarni saqlaydigan organik birikmalar ishlatiladi.
Sulfidli mineralning
flotatsiyasida to„plovchi sifatida ksantogenatlar va aeroflotlar, nosulfid
minerallarning flotatsiyasida yog„ kislotalari
va ularning sovunlari, silikatli
minerallarning flotatsiyasida aminlar va ularning tuzlari ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: