48
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
uchun malaka talablari, o‘quv
rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi.
OT DTS oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunishi va
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
DTSga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarini amalga oshirish
jarayonida,
shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari,
jamiyat
ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlari,
kadrlar
tayyorlash borasida jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar va
qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan
oliy ta’lim standartlari:
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori.
Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli
davlat organi tomonidan
tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari — ta’lim sohalarining davlat ta’lim
standartlari.
Oliy ta’lim standartlari quidagi toifalarga bo’linadi (3.2-rasm.).
Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga
olishi lozim:
zarvaraq (titul);
mundarija;
muayyan ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi;
bitiruvchilarning soha bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
umumiy talablar;
o‘quv reja tuzilmasi;
kadrlar tayyorlash sifatini baholash.
49
3.2-rasm. Oliy ta’lim standartlari toifalari.
Ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti ikkita (bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: