II. ASOSIY QISM
1-o‘quv savoli: Kuchli zilzila va uning ikkilamchi oqibatlari
Tabiiy ofatlar orasida eng ko‘p zarar keltiradigani kuchli zilzila hisoblanadi.
Odatda kuchli zilzilalar odamlarni o‘ldirmaydi, balki ular tomonidan individual
qurilgan antiseysmik bino va inshootlar, amalga oshirilgan noto‘g‘ri hatti-harakatlar
fojeaga sabab bo‘lishi mumkin. Halokatli va kuchli zilzilalar yuz minglab
odamlarning qurbon bo‘lishiga, imorat va inshootlarning vayron bo‘lishiga, yirik
ko‘chkilar, yong‘inlar va turli avariyalarga olib kelishi mumkin.
Statistik ma’lumotlarga asosan, kuchli zilzila natijasida yer sharining turli
mintaqalarida joylashgan mamlakatlarda yiliga bir necha mingdan o‘n minggacha
odamlar qurbon bo‘lishi davom etmoqda. Har bir fuqaro zilzila o‘zi nima, u qay
tarzda va qanday joylarda sodir bo‘ladi, kuchli zilzilaning zararli ikkilamchi
oqibatlarini kamaytirish yo‘llari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va
hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunida
kuchli zilzila
— magnitudasi (zilzila quvvati) Rixter o‘lchovi bo‘yicha 5,0 va undan yuqori
bo‘lgan zilzila deb ta’rif berilgan.
Kuchli zilzila vaqtida oynalar sinib, uchib ketadi, tokchalardagi buyumlar
tushib ketadi, kitob javonlari qimirlaydi, qandillar tebranadi, shipdan suvoq ko‘chib
tushadi, devor va shipda yoriqlar paydo bo‘ladi. Bularning hammasiga gulduragan
tovush hamrohlik qiladi. yer yuzasining 10-20 soniya tebranishidan so‘ng, yer osti
silkinishlari kuchayadi, oqibatda bino va inshootlar vayron bo‘ladi. Atigi o‘nta
kuchli silkinish barcha binolarni vayron qilib yuboradi. Zilzila o‘rtacha 5-20 soniya
davom etadi. Silkinish qancha uzoq davom etsa, shikastlanish shuncha kuchli
bo‘ladi.
Zilzilaning ikkilamchi oqibatlari
Har bir sodir bo‘lgan va kuchi 5 balldan yuqori bo‘lgan zilzila imoratlar,
inshoatlar uchun tabiiy sinovdir. Kuchli zilzilalar natijasida mahallalarda juda ko‘p
turar joy binolari, zavod-fabrikalar, ko‘priklar buzilishi yoki vayron bo‘lishi,
avtomobil yo‘llari jiddiy zarar ko‘rishi, yuqori kuchlanishli elektr simlari uzilishi,
tog‘ va qor ko‘chkilari ro‘y berishi, ko‘plab yerlarda yong‘in chiqishi, internet,
telefon, radioaloqalar bir necha soat ishlamay qolishi kabi turli ofatlar ro‘y berishi
mumkin. Eng dahshatlisi minglab odamlar hayotdan ko‘z yumishi mumkin.
1966 yil 26 aprel’ kuni Toshkent shahrida bo‘lgan zilzila, uning oqibatlari
haqida yoshi ulug‘larimizdan eshitganmiz. Falokat qanday sodir bo‘lgandi?
Oqibatlari qanday bo‘lgan? Zilziladan keyin hayot faoliyatini tiklash qanday amalga
oshirilgan?
1966 yil 26 aprel’ soat 05:22 Toshkent tongini butun dunyo yaxshi eslaydi.
Bu vaqtda Toshkent vayronaga aylangandi. SHahardagi zilzila markazi “Qoshg‘ar”
mahallasi va “Labzak” o‘rnida bo‘lgan. Hududda vertikal zarblar kuchining
magnitudasi 5,3 ga teng, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik maydoni
10-12 kvadrat kilometrni tashkil qilgan. yerning silkinishi 10-12 daqiqa davom
etgan. SHu yili 9 maydan 10 mayga o‘tar kechasi, 24 may va 5 iyunda (6-7 ballga
teng) kuchli silkinishlar takrorlangan. Zilzila natijasida, 2 million metr kvadratdan
ziyod turar-joy maydoni, 236 ta ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va ovqatlanish
shoxobchalari, 26 ta kommunal xo‘jalik korxonasi, 180 ga yaqin o‘quv yurti, 8 ming
o‘rinli maktablar, 36 ta madaniy-maishiy muassasalar, 185 ta tibbiyot va 245 ta
sanoat korxona binolari jiddiy talofat ko‘rdi. 78 ming oila yoki 300 ming odam
(o‘shanda Toshkentda yarim million aholi istiqomat qilgan) boshpanasiz qoldi.
Tabiiy ofat yuz berishi bilan hukumat barchasini nazoratga oldi. Toshkentga
mingdan ortiq chodir joylashtirildi, 600 ga yaqin vaqtinchalik oziq-ovqat do‘konlari
tashkil qilindi. Suv ta’minoti uzluksiz ishladi. Bu bilan o‘z navbatida shaharda
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epidemiyaning oldi olindi. SHahar chodirlar, oziq-
ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, jihozlari bilan ta’minlandi. Poytaxtni qayta
qurish uchun qo‘shni davlatlardan minglab odamlar jalb qilindi. 1966 yilning
dekabrida qurilish ishlarining birinchi bosqichi tugadi. 300 mingdan ziyod fuqarolar
boshpanali bo‘ldi. Qisqa, uch yarim yil ichida zilzila oqibatlari to‘liq bartaraf etildi.
Kuchli zilziladan so‘ng bir qator ikkilamchi oqibatlar, gaz va suv tizimidagi,
elektr simlaridagi uzilishlar, yong‘in-portlash hodisalari, bino va inshootlarning
to‘satdan qulashi, kimyoviy xavfli ob’yektlar yaqinida havoga kuchli ta’sir etuvchi
zaharli moddalarning tarqalishi ehtimoli yuqori, shu bilan birga kuchli zilzila va
aftershoklarning qaytarilishi insonlarning ruhiy holatiga ham ta’sir ko‘rsatishi,
insonlarda qo‘rquv, stress holatini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu oqibatlarni
bilgan xolda vaziyatga baho berish va qaror qabul qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: |