Mavzu: zilziladan keyin hayot faoliyatini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash (mahallabay tarzda) Mashg‘ulot maqsadi



Yüklə 74,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü74,7 Kb.
#185872
1   2   3   4   5   6
6.4 (1)

 
III. YAKUNIY QISM 
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi – uy 
bekalari, qariyalar, imkoniyati cheklangan shaxslar respublika aholisining zaif 
qatlami hisoblanadi. Mahallalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari
Fuqaro muhofazasi instituti o‘qituvchilari tomonidan doimiy ravishda profilaktika 
tadbirlari amalga oshiriladi, lekin to‘satdan sodir bo‘lgan har qanday xolatlarda
favqulodda vaziyatlarda insonning bilim doirasi, bilimini amaliyotda qo‘llay ola 
bilish qobiliyati - uning tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir.
Favqulodda vaziyatlar sharoitida halok bo‘lganlarning 40% tayyorgarlikdan 
o‘tmaganliklari, sodir bo‘lgan vaziyatda to‘g‘ri harakat qilishni bilmaganliklari 
oqibatida halok bo‘lishi mutaxassislar tomonidan qayd etilgan. SHunday ekan, har 
bir fuqaro kuchli zilzilaning ikkilamchi oqibatlari, zilziladan keyin hayot faoliyatini 
tiklash, xatarli omillardan himoyalana olish bo‘yicha tayyorgarlik masalalariga 
e’tibor qaratishlari lozim.
Xavfsiz xayotni ta’minlash avvalo o‘zimizdan va har birimizning 
xonadonimizdan boshlanadi. O‘zbekistonning 70% dan ortiq aholisi 8 - 9 balli 
seysmik hududlarda istiqomat qiladi, shuni o‘zi ham, har bir fuqarodan kuchli zilzila 
bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim 
darajalarini oshirib borishni, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Biz 
seysmik xavfni kamaytira olmaymiz, lekin uning oqibatida yuzaga keladigan tanglik 
va qurbonlar sonini anchaga kamaytirishimiz mumkin.
Zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘g‘ri harakat qilish 
bo‘yicha ishlab chiqilgan ko‘rsatmalarga amal qilish orqali aholining zilzila vaqtida 
to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmasi hosil qilinib, bunday vaziyatlarda 
qo‘rquvni yengib, xotirjamlikni saqlagan holda o‘zini va atrofdagilarni himoya qila 
olish imkoniyati yaratiladi, yo‘qotishlarning oldini olishga erishiladi.

Yüklə 74,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin