O. J. CHORIYEV, A. A. MUSURMONOV, H. Sh. UBAYDULLAYEVA YOVVOYI DORIVOR O’SIMLIKLAR (ilmiy-ommabop risola)
Denov-2023
Ushbu risola yurtimiz hududida yovvoyi holda keng tarqalgan o’simliklarning botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi va tabobatda ishlatish usullari keltirildi.Turli ishlatilish usullari orqali xalq tabobatida va farmasevtikada qo’shimcha tarzda foydalanish tavsiya etiladi. Risolani tayyorlash jarayonida ko’pgina soha mutaxassislarining fikrlari va adabiyotlar tahlili inobatga olindi. Bugungi jadallashish davrida turli kasalliklarga tabiiy davo usullarini ishlab chiqish va yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni introduksiyasi sohasidagi bugungi kundagi yutuqlar va ular haqida batafsil tushunchalarga ega bo’lish muhimligi sabab kitobning umumnazariy bilimlar va tabobatda amaliy foydalanish yo’llari keltirildi. Ushbu kitob keng soha mutaxassislari va sohaga qiziquvchi insonlarga mo’ljallangan.
Mualliflar: Denov TPI talabalari O.J. Choriyev, A.A. Musurmonov Termiz AIRI talabasi H.Sh. Ubaydullayeva Taqrizchilar: M. Xalmuratov- biologiya fanlari nomzodi, dotsent. I.Ro’ziyeva- biologiya fanlari nomzodi.
Ushbu ilmiy to’plam Denov TPI Ilmiy kengashining 2023-yil 1-apreldagi 1-sonli yig’ilishida nashrga tavsiya etilgan.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute, 2023 Kirish Tabiatda turli organizmlar turlari tarqalgan bo’lib uning ajralmas tarkibiy qismi o'simlik dunyosidir. O'simliklar dunyosi shu jumladan uning tarkibiga kiruvchi dorivor o'simliklari ham tabiat boyliklaridan biri hisoblanadi. Dorivor o'simliklar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa ularni batafsil o’rganish bugungi kundagi turli xil kasalliklarning keng tarqalishi davrida shifobaxsh o'simliklarning xususiyatlari haqida zamonaviy bilimlar hamda qadim zamonlardan odamlarga ma'lum bilimlarni jamlab amaliyotga qo’llash juda muhim. Inson va hayvonlar organizmida ro'y beradigan turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar ichida shifobaxsh o'simliklardan tayyorlanayotgan dorilar katta ahamiyatga ega. Juda ko'pchilik dorivor o'simliklar dorixonalarda sotilmaydi, balki dori-darmonlar ishlab chiqarishdagi asosiy xomashyo manbai hisoblanadi. Ulardan tabiiy usullar orqali tabobatda qo’llash bo’yicha xalq orasida yetarlicha bilim bo’lmasligi sabab turli tarkibli dori preparatlari ishlatilmoqda va ba’zi hollarda turli kasalliklarga aks ta’sir doirasi sabab har xil toksik holatlar hamda fojeali yakunlar hisobi oshmoqda. Bugungi kunda dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo pandemiyasida insonlar sog‘lig‘iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘ldi.Jumladan, 2020-yilda dunyo mamlakatlarida dorivor o‘simliklar asosidagi vositalar aylanmasi 100,9 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yillik o‘sish 7,2 % dan iborat bo‘lgan. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga ko‘ra, zamonaviy tibbiyotda qo‘llanilayotgan dori-darmonlarning 60% i dorivor o‘simliklar xomashyolari asosida tayyorlanadi va ishlab chiqarishga joriy etiladi. Bu ko’rsatkich oshib bormoqda. MDH mamlakatlar florasida uchraydigan 17500 tur yuksak sporali va gulli o'simliklarning tibbiyotda 70 oilaga mansub bo'lgan 247 turi qo'llanilmoqda. Dorivor o'simliklar turli xil sistematik guruhlarga ega . Ular turli xil zonalarda tarqalgan va o’sish muhitiga ega. Dorivor o'simliklardan olinadigan mahsulotlar ularning turli organlaridan olinadi. Chunki kerakli bo'lgan moddalar o'simlik turiga hamda yashash sharoitiga qarab turli organlarida joylashadi va kerakli qismdan foydalaniladi. Dorivor o'simliklar juda ko'pgina kasalliklarga da'vo bo'ladi. Masalan:1.shamollashga, 2.yallig'lanishga, 3.oshqazon- ichak, 4.nafas yo'llari 5.qon ketganda, 6.qon bosimida, 7.ichni haydash, 8. yo'talga qarshi va boshqa kasalliklarga dori vositalari tayyorlashda qolaversa, tabiiy damlama, qaynatma, nastoykalar tayyorlashda ham keng qo'llaniladi. Dorivor o'simliklarning organizmga ta'siri ularning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o'simliklarning qismlarida turli miqdorda to'planadi. Dori tayyorlash uchun o'simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda yig'iladi. Masalan po'stlog'i, erta bahorda kurtagida hamda barglari, o'simlik gullashi oldidan yoki gullaganda gul qismlaridan, meva va urug'lari pishganda, ildiz, ildizpoyasi bahorda yoki kech kuzda olinadi. Mamlakatimizning turli zonalarida yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarning turlari juda ko’p. Har bir zona o’ziga xos ekologik sharoitlar bilan farqlanadi. Birgina cho'llarimizda tabiiy holda cherkez , cho'g'on , anabazis, keyreuk, yovshan , kovrak, isiriq, achchiqmiya kabi ko'plab dorivor o'simliklar uchraydi. Cho'lda namlikning tanqisligi tufayli ko'pchilik dorivor o'simliklar erta mavsumda mart-aprel oylaridan o'sib chiqib qishning dekabrigacha hayotini davom ettiradi. Vegetativ va generativ davrlari mana shu vaqt davomida amalga oshadi. Adir zonasi ham o'ziga xos dorivor o'simliklar qoplamiga ega. Adir mintaqasining tuprog'i och tipik va to'q bo'z tuproqdan iborat. Adirlarda qoqio't, isfarak, cho'lyalpiz, rovoch, g'azako't , gulxayri kabi juda ko'p dorivor o'simliklar uchraydi. .Respublikamiz tog'laridagi jigarrang tuproqlar avtomorf tuproq hisoblanib, ko'pincha quruq tog'lar mintaqasida uchraydi. Tog' mintaqasida donli va dukkakli ekinlar ekiladi. Pastki tog' mintaqasida bir yillik dorivor o'simliklar uchraydi. Tog'larda zirk, tog'yalpiz, yalpiz, na'matak, qizilcha, kabi birqancha dorivor o'simliklar o'sadi. Dorivor o'simliklarning organizmga ta'siri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o'simlikning qismlarida turli miqdorda to'planadi. Dorining ta'sirchanlik quvvati hamda sifati yuqori bo'lish davri ularning gullash hamda urug'lash davrining boshlanish vaqtiga to'g'ri keladi. Dorivor moddalar ba'zi o'simliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, ba'zi o'simliklarning guli yoki mevasida, ba'zilarida ildizi yoki po'stlog'ida to'planadi. Shuning uchun o'simliklarning asosan biologik aktiv moddalari ko'p bo'lgan qismi yig'ib olinadi. O'simliklarning ildizi, ildizpoyasi,piyozi va tuganagi, odatda, o'simlik uyquga kirgan davrda - kech kuzda yoki o'simlik uyg'onmasdan oldin - erta bahorda tayyorlanadi. O'simlikning meva va urug'lari pishib yetilganda yig'iladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy bo'ladi. Yangi yig'ib olingan dorivor o'simlik mahsuloti tarkibida, yer ustki a'zolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha nam bo'ladi. Bu nam yo'qotilmasa (quritish yo'li bilan), o'simlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz bo'lib qoladi.
Dorivor o’simliklar-hozirgi kunda yetishtirish asosiy zamon talabi bo’lgan o’simliklardir.Ularning tabiat ko’plab turlari mavjud. Darhaqiqat, XXI-asrning boshlarida Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan "asosiy va zaruriy" deb hisoblangan 252 dorining 11 foizi "faqat gulli o'simliklardan" edi. Kodein, xinin va morfin kabi dorilar o'simlikdan olingan ingredientlarni o'z ichiga oladi.Bu ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bizning hayotimizda birinchi o'ringa aylangan bo'lsa-da, tabiatning kuchi biz tomonda ekanligini bilish tasalli berishi mumkin va bu o'simlik tanlovlari bizning sog'liq amaliyotimizni to'ldirish uchun mavjud.Ammo ular egalik qiladigan kuch ham hali o'rganilmoqda. Bu muqobillar hammasini davolamaydi va ular mukammal emas. Ko’pchillik davlatlarda shu jumladan,O’zbekistonda farmasevtika sanoatining rivojlanishi bunday korxonalarnin g dorivor o’simliklar xom-ashyosiga bo’lgan talabining ortishiga olib kelmoqda.Dorivor o’simliklar hozirda ko’p lekin ularning tabiiy holda uchraydigan populyatsiytalari farmasevtika sanoatining talabini qondirolmaydi.Shu sabali onalik plantatsiyalarini yaratishorqali ham farmasevtika sanoati uchun,ham iqtisodiyot uchun ham daromad topishimiz mumkin. Plantatsiya (lot. plantatio — oʻsimlik ekish) — 1) yirik dehqonchilik xoʻjaligi. Bunday xoʻjaliklarda, asosan, tropik, subtropik ekinlar — paxta, choy, shakarqamish, kofe va boshqa yetishtiriladi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa mamlakatlari bosib olgan mustamlakalarda kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida paydo boʻlgan. Dastlabki Plantatsiya Vest-Indiyasa 16-asr boshlarida tuzildi. 19-asrning 1yarmida AQSH Plantatsiya tizimining markazi boʻlgan davrda gʻoyat rivojlandi va qora tanli qullar mehnatidan shafqatsiz foydalanildi. 19-asr oxirida arzon yollanma ish kuchi va qisman majburiy mehnatdan foydalanadigan yirik latifundiyalar paydo boʻldi. 20-asrda mustamlakachilikdan ozodlikka erishgan koʻpgina mamlakatlarda P. xoʻjaliklari natsionalizatsiya qilindi. Plantatsiya bir qancha rivojlanayotgan mamlakatda saqla-nib qolgan; 2) qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlgan katta yer maydoni.Dorivor o’simliklar to’g’risidagi ma’lumotlar o’xshashligi mavjud bo’olishi mumkin.Chunki keyingi yillarda bo’layotgan o’zgarishlar tufayli juda ko’p olimlar ish olib bormoqda.Bu qo’llanma Surxondaryo hududida uchraydigan o’simliklar haqida ko’p ma’lumlotlar keltirilgan.Mazkur qo’llanmada qishloq xo’jaligi yerlarida mavjud bo’lgan;Iqlimlashtirilgan;Avval mavjud bo’lgan hozirda kam uchraydigan;ko’p tajribalar olib borilgan,lekin dorivorlik xususiyati yuqori bo’lgan ayrim dorivor o’simliklar bilan tanishamiz.