Mamlakatimizda dorivor o'simliklarning tarqalishi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Mamlakatimiz o’zining qulay ekologik sharoitga egaligi sabab yashil qoplamga juda boy.Ular orasida ahamiyatlisi dorivor o’simliklarning keng tarqalganligidir. O'zbekistonda yovvoyi holda o'sadigan va o'stiriladigan o'simliklar soni 4450 ga yetadi. Shulardan 577 tasi shifobaxsh xususiyatga egaligi ma’lum. Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor preparatlarining qariyib 45 % i o'simliklardan ajratib olinadi yoki aynan ulardan tayyorlanadi. O‘zbekistonda 112 turdagi dorivor o‘simliklardan tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan. Ularning 80% ini tabiiy holda o‘suvchi giyohlar tashkil etsa-da, xomashyo bazasini va talabni hisobga olib mamlakatimiz xo’jalik salohiyatini hisobga olgan holda so’nggi yillarda katta maydonlarda madaniy plantasiyalari tashkil etilmoqda. Hozirgi vaqtda milliy tibbiyotimizda ishlatiladigan 900 dan ortiq dori-darmonlarning uchdan bir qismi dorivor o'simliklarning maxsuli hisoblanadi. Organizmning ishlatilish sohasiga qarab dorivor o’simliklardan hozirda quyidagicha foydalanib kelinmoqda. Yurak kasalliklarini davolashda foydalaniladigan dorilarning 77 % , jigar va oshqazon- ichak yo'llarida uchraydigan kasalliklarni davolaydigan dorilarning 74 % , bachodon kasalliklariga qarshi ishlatiladigan dorilarning 80 % shifobaxsh o'simliklardan tayyorlangandir. Juda ko'p o'simlik turlari shifobaxsh ,ya’ni biokimyov tarkibi bo’yicha dori darmonlik xususiyatiga ega. Ta’sir ko’rsatish darajasi va afzalliklari bo’yicha foydalanish mumkinmas turlari ham mavjud. Keyingi vaqtlarda milliy iqtisodiyotimiz tarkibida dorivor o’simliklarni yetishtirish va ularni eksport qilish salohiyatini oshirish, farmasevtikaga yo’naltirishga oid bir qancha prezedent qaror va farmonlari mavjud. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivori o‘simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670-son qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ushbu qarordagi vazifalarni amalga oshirish natijasida dorivor o‘simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda terib olish, balki madaniy holda plantatsiya usulida ko‘paytirish va qayta ishlashni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda.
Xususan, “Gerbo-Farm” xususiy korxonasi 8 gektar yer maydonida tirnoqgul, naʼmatak, moychechak, asorun (valeriana), o’tkir bargli sano kabi 16 xil turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtiradi. Korxonada 40 dan ortiq dorivor os‘imlik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o‘simliklarga boy hudud hisoblanib, respublikada tabiiy holda mavjud 4500 turga yaqin yuksak o‘simliklarning 1200 ga yaqini dorivorlik xususiyatiga ega.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O‘tgan davr mobaynida 9 ta dorivor o‘simliklar yetishtirish klasterlari tashkil etilib, ular tomonidan moychechak, kovrak, limono‘t, qalampir yalpiz, qizilmiya, zaʼfaron va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda. Ularning faoliyati natijasida o‘tgan 2021-yilda 4 ta xorijiy davlatga 1,7 mln AQSH dollar qiymatidagi dorivor o‘simliklar xom ashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilindi.Bugun sohaga eʼtiborning ortishi hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish natijasida respublikada 100 dan ortiq turdagi dorivor o‘simliklarga rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib, ushbu dorivor o‘simliklarning asosiy qismi tabiiy holda o‘suvchi o‘simliklar tashkil etadi. Ushbu tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarning xomashyo zahirasi chegaralangan bo‘lib, ularni muhofaza qilish, bioekologik x
ususiyatlarini o‘rganish, xomashyo zahirasidan to‘g‘ri foydalanish va ko‘paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun, O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatining ehtiyojlarini dorivor o‘simliklar xomashyosi bilan taʼminlash, mahalliy florani yangi introdutsent o‘simlik turlari bilan boyitish va ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Xususan, 2020-yil boshida respublikaning barcha hududlarida jami 11,5 ming ga yer maydonida 27 turdagi dorivor o‘simliklar plantatsiyalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil davomida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari 162 ta subyektlar tomonidan 15,8 ming ga yetkazilib, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan 45 turdagi dorivor va ziravor o‘simliklarning 17,3 ming tonna xomashyosi yetishtirildi.Dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarining kengayib borishi va ishlab chiqarish hajmlarining ortishi bilan birgalikda sohaning eksport salohiyati kuchaytirilmoqda. 2020-yil yakunida 29 ta xorijiy davlatga 16,0 ming tonnadan ortiq 50,0 mln AQSH dollari qiymatidagi dorivor o‘simliklar xomashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2021-yil yakuni bilan bu ko‘rsatkichda o‘sish kuzatilib, dunyoning 37 ta davlatlariga 55 mln dollar qiymatidagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Eksport geografiyasining AQSH va Yevropa davlatlari hisobiga ortib borishi sohaning imkoniyati katta ekanligidan dalolatdir. Shunigdek, faol qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini yaratish uchun birlamchi urug‘chilikni yo‘lga qo‘yish va onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish sohaning tub ildizi bo‘lib, bugungi kunda 16 ta subyektlar tomonidan 22 turdagi dorivor va ziravor o‘simliklar urug‘ va ko‘chatlari yetishtirilmoqda.Aytish joizki, sohaning rivojlanib borishi barobarida aholining tabiiy dori vositalariga qiziqishi va isteʼmoli ko‘payib, xabardorligi ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yana-da kuchaytirib, aholining nafaqat isteʼmol madaniyatini oshirish, balki o‘z tomorqalarida dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etish, “bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida klasterlar va eksport qiluvchilar hamkorligida dorivor o‘simliklarni ekish, birlamchi qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirish orqali o‘z-o‘zini band qilish, aholi daromadini ko‘paytirish lozim.Shunday o‘simliklardan biri ham dorivor, ham ziravor bo‘lgan oziq-ovqat, farmatsevtika va parfyumeriya sanoati uchun qimmatbaho xomashyo hisoblangan “ziravorlar sultoni” nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘simlik – zaʼfaron bugungi kunda dunyodagi eng qimmat o‘simlik hisoblanadi. Zaʼfaron O‘rta yer dengizi, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida, jumladan Eron, Hindiston, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Pokiston, AQSH, Ozarbayjon, Rossiya, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston hududlarida ham katta plantatsiyalarda yetishtirilmoqda. Ushbu o‘simlik balandligi 10-30 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, ildizi 2-3 sm, barglari tik, bigizsimon ko‘rinishda, gullari zich to‘plamda joylashadi. O‘simlikda to‘p barglar gullash davridan 10-15 kun oldin paydo bo‘ladi. Zaʼfaronning gullari yirik, pushti rangda bo‘lib, oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining birinchi yarmida gullaydi. Gul barglarining ichida changchilar – qizil, urug‘chilar – to‘q sariq rangda bo‘ladi. Urug‘ hosil qilmasligi sababli vegetativ usul bilan (piyozboshchalar orqali) ko‘paytiriladi.Zaʼfaron o‘simligi ekilgandan birinchi yili gektaridan 2 kg, ikkinchi yilda 4 kg, uchinchi yildan boshlab 6-8 kg gacha zaʼfaron guli xomashyosi terib olish mumkin. Bir kilogramm quritilgan zaʼfaron guli xomashyosini tayyorlash uchun 150 mingdan ortiq gullari terib olinishi kerak. 1 dona zaʼfaron gulidan o‘rtacha 7 mg quritilgan ziravor olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan zaʼfaron o‘simligining respublikada keng maydonlarda joriy etish, o‘simlik plantatsiyalarini ko‘paytirish, yetishtirish, sohaga chet el investitsiyasini jalb etish va eksport salohiyatini oshirish hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash maqsadida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Italiya davlati bilan hamkorlikda “BMB Opera Zafferano” MCHJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi.Yevropa davlatlariga zaʼfaron xom ashyosidan tayyor mahsulotni eksportga chiqarish maqsadida Italiya davlatidan 21 mln donadan ortiq piyoz tuganaklari olib kelinib, bugungi kunda Baxmal tumanida jami 205 gektar maydonda zaʼfaron plantatsiyasi barpo etildi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2021-yilda 773 ming AQSH dollari miqdoridagi zaʼfaron mahsulotlari Italiya davlatiga eksporti amalga oshirildi.Zaʼfaron o‘simligi tibbiyotda onkologik kasalliklarni davolashda (hatto kasallikning oxirgi bosqichida saraton o‘simtalariga qarshilik ko‘rsatadi va ularning hujayralari o‘sishini to‘xtatadi), qonni tozalashda (uni yangilaydi va tozalaydi, demak yurak qon tomir tizimini mustahkamlaydi, organizmning barcha hujayralarini oziqlantiradi), miya faoliyati aktivligini yaxshilaydi (bosh miya to‘qimalarini o‘stiradi, xotirani yaxshilaydi), nevrozdan forig‘ qiladi, bosh og‘rig‘i va uyqusizlikdan xalos etadi, oshqozon-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi, organizmni quvvatlaydi, ko‘rish qobiliyatini tiklaydi, ko‘z to‘rpardasidagi illatlarni davolaydi, butun organizmni yoshartiradi.Ushbu birgina o‘simlikning keng ommalashishi, pandemiya davrida aholi salomatligi uchun shifobaxsh mahsulotlar turlariga talabning ortishi, suv taqchilligi davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun yuqori daromad manbai ekanligidan ko‘rinib turibdiki, dorivor o‘simliklar sohasi respublikada endi rivojlanayotgan, misli ko‘rinmas katta tabiiy zahiraga ega istiqbolli sohalardan biri bo‘lib, ushbu sohani yana-da rivojlantirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, sohaning yagona bir tizimga birlashishi zamon talabi hisoblanadi. Dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarining kengayib borishi va ishlab chiqarish hajmlarining ortishi bilan birgalikda sohaning eksport salohiyati kuchaytirilmoqda. 2020-yil yakunida 29 ta xorijiy davlatga 16,0 ming tonnadan ortiq 50,0 mln AQSH dollari qiymatidagi dorivor o‘simliklar xomashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2021-yil yakuni bilan bu ko‘rsatkichda o‘sish kuzatilib, dunyoning 37 ta davlatlariga 55 mln dollar qiymatidagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Eksport geografiyasining AQSH va Yevropa davlatlari hisobiga ortib borishi sohaning imkoniyati katta ekanligidan dalolatdir. Shunigdek, faol qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini yaratish uchun birlamchi urug‘chilikni yo‘lga qo‘yish va onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish sohaning tub ildizi bo‘lib, bugungi kunda 16 ta subyektlar tomonidan 22 turdagi dorivor va ziravor o‘simliklar urug‘ va ko‘chatlari yetishtirilmoqda.Aytish joizki, sohaning rivojlanib borishi barobarida aholining tabiiy dori vositalariga qiziqishi va isteʼmoli ko‘payib, xabardorligi ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yana-da kuchaytirib, aholining nafaqat isteʼmol madaniyatini oshirish, balki o‘z tomorqalarida dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etish, “bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida klasterlar va eksport qiluvchilar hamkorligida dorivor o‘simliklarni ekish, birlamchi qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirish orqali o‘z-o‘zini band qilish, aholi daromadini ko‘paytirish lozim.Mavzuning dolzarbligi shundaki,hozirgi vaqtda dorivor o’simliklar tabiiy sharoitda tarqalgan turlari kamayib bormoqda .Aholi sonining ortishi,yerlarning o’zlashtirilishi,ularning payhon qilinishi yaylovlarda katta-katta chorva mollarning boqilishi,suv omborlarining qurilishi tabiiy yong’inlar bunga asosiy sabablardan biridir.Natijada noyob tarkibli o’simliklar populyatsiyasi kamayib,ularning plantatsiyalarini yaratish zaruriyati tug’ilmoqda .Insonlar tomonidan ko’pchillik dorivor o’simliklar yo’qolib bormoqda.Mavzuni o’rganishimdan maqsad dorivor o’simliklar tarkibini o’rganish orqali tuzalmas kasalliklar rak,saraton,sil,qandli diabet va boshqa ko’pchillik kasalliklarni oldini olish mumkin.Dorivor o’simliklarni tabiiy manbalarini saqlab qolish orqali ularning hayotiy faoliyatini saqlash,ekologiyani tozalash,noyob tarkibini bilish mumkin.Surxondaryo hududida noyob o’simliklar juda ko’p.Ularning turlarini yaxshi o’rganish orqali dunyo farmasevtika sanoatiga aynan shu hududda ekiladigan o’simliklarni o’stirish mumkin.Mavzuda asosiy vazifalarim ,Surxondaryo viloyatida tarqalgan dorivor o’simliklarni o’rganishim,ularning geografik yangi xaritalarini tuzish uchun ma’lumotlar yig’ish,dunyo farmasevtika sanaotida qo’llaniladigan o’simliklarni o’rganish zarur.Hozirgi kunda dorivor o’simliklarni o’rganishga katta e’tibor berilmoqda.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.11.2020 yildagi PQ-4901-son”Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash,ularning urug’chilligini yo’lga qo’yishni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ko’lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’rida” qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi.Hukumatimiz tomonidan Oliy o’quv yurtlaridagi biologiya ta’lim yo’nalishlariga dorivor o’simliklar to’g’risidagi bir qancha fanlarning qo’yilishi ham yaxshi e’tibordir. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmatsevtika zavodida Oʻzbekistonda oʻsadigan va ekiladigan dorivor oʻsimliklardan turlituman dorilar tayyorlanadi. Dorivor oʻsimliklarni topish va ulardan alkoloidlar olishda Oʻzbekistan FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining xizmati katta. Institutdada 4000 dan ortiq oʻsimlikning turli organlari alkoloid olish maqsadida oʻrganilib, ulardan 1000 ga yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda sitizin, galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va Botanika bogʻining efir moyli, dorivor va boʻyoqli oʻsimliklar labaratoriya ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan hamkorlikda Oʻrta Osiyo hududida koʻp tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng xavflisi sariq (gepatit)ni davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori boʻlgan dorivor oʻsimliklar xom ashyolaridan tayyorlangan „Safro haydovchi Hojimatov yigʻmasi“ni yaratdilar va bu yigʻma ilmiy tibbiyotda qoʻllashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi (1997). Shuningdek, SamDU Botanika kafedrasida, Toshkent davlat farmatsevtika institutida dorivor oʻsimliklarni ekib yetishtirish texnologiyasi oʻrganilmoqda. Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Xorazm Maʼmun akademiyasida dorivor oʻsimliklar yetishtiradigan maxsus xoʻjaliklar bor. Yovvoyi dorivor oʻsimliklar xom ashyolari asosan „Oʻzfarmsanoat“ respublika davlat-aksiyadorlik konserni, matlubot shirkatlari va Oʻzbekistan Qishloq va suv xoʻjalik vazirligining „Shifobaxsh“ ishlab chiqarish birlashmasi xoʻjaliklari tomonidan tayyorlanadi. Dorivor o'simliklardan ko'proq, anor, achchiqmiya, bodom,dorivor gulxayri, yong'oq, jag'-jag', zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo't, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyiko't, tog'rayhon, qizilcha, qoqio't va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qo'llaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigakdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkaloidlar olinadi. Anor pustidan gijja haydovchi pelterin ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg'am ko'chiruvchi va yumshatuvchi, jag'-jag'dan tayyorlangan dorilar qon ketishini to'xtatuvchi, pista va choyo'tdan tayyorlangan dorilar me'da ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmasevtika zavodida O'zbekistonda o'sadigan va ekiladigan dorivor o'simliklardan turli tuman dorilar tayyorlanadi. Joriy yilning 22- 25 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat palatasining Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Xikmatov, Surxondaryo viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi boshlig‘i Sh.Amanov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Sunnatov, Surxondaryo qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Xo‘jamurotov va yetakchi mutaxassis S. Xurramovlar viloyatdagi umumiy dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan fermer va tashkilotlarni borib o‘rgandilar.Dastlab, shanballa, kurkuma va ajgon o‘simliklari ekilgan “Nova farm” MCHJ korxonasining yer maydoni va “Boysun farm” EIZning 12 gektar joyni egallagan plantatsiyalari ko‘zdan kechirildi. "Boysun farm" EIZ da joylashgan “Boysun Lano” MCHJning qayta ishlash korxonasida lanolin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu modda sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi. Boysun tumanida ham sifatli, arzon lanolin substansiyasini ishlab chiqarish uchun yetarli xomashyo mavjud.
Istiqbolli loyihaning umumiy maydoni 2 gektarni egallagan va umumiy qiymati 22 mlrd 345 mln so‘mni tashkil etadi. Shundan 10 mlrd. 672 mln. 500 ming so‘m mablag‘i korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan hamda 1 mln 90 ming AQSH doll. va 500 mln so‘m qiymatdagi mablag‘ bank krediti hisobidan tashkil qilingan. Yaratilgan ish o‘rni 1-bosqichda 20 ta, 2-bosqichda 25 ta. Yillik ishlab chiqarish quvvati 36 ming tonnani tashkil etadi. Kosmetologiya va farmatsevtikada lanolin deya ataluvchi bu moy – terini yumshatuvchi va yalig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, undan barcha foydalanishi mumkin. Mahalliy aholi kovrak turkumining har xil turlariga qarab sassiq kovrak, rova, ravshak, kamol, mo‘rcha kamol va boshqa nomlar bilan atashadi. “Surxon dorivor o‘simliklari” f/x 89 gektar maydonda kovrak plantatsiyasini tashkil etilgan. Korxona rahbarlari kelgusida klaster bo‘lish hamda dorivor o‘simlik plantatsiya maydonlarini kengaytirishni maqsad qilib qo‘ygan.Yana shunisi quvonarliki, “Xomkon Sherobod taraqqiyot” f/x hamda “Ajoyib asr” MCHJ ning 400 gektar maydonlarida ham kavrak plantatsiyasi tashkil etilgan.Ola o‘t (rastaropsha)ga talab bugun ortib bormoqda. “Angor farm” MCHJ ning qayta ishlash va plantatsiya maydonlari ko‘zdan kechirilganda 8 gektar ola o‘t (rastaropsha) dorivor o‘simligi plantatsiyasi tashkil etilgani aniqlandi hamda 4 turdagi biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.Shuningdek, “Ollayor oxun” f/x klaster tashabbuskorining qilingan ishlar holati va muammolari ekish maydonlariga chiqqan holda o‘rganildi. Bu yerda 10 gektar maydoniga steviya o‘simligining plantatsiyasi hamda 1.0 ga maydonida issiqxonada steviya ko‘chatchiligini tashkil etgan. Klaster ro‘yxatga olingandan so‘ng yana 40 gektar maydoniga steviya dorivor o‘simligini plantatsiyasini tashkil etish rejalashtirilgan va Hindiston davlatidan steviya xom ashyosini qayta ishlaydigan, undan shakar o‘rnini bosuvchi steviozid (shakardan 150-200 barobar) va rebaudiozid (shakardan 350 barobar shirinroq) moddasini ajratib oladigan uskuna olib kelinishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.Bir qancha Surxondaryoda uchraydigan begona o’tlarning dorivorlik xususiyatlari bilan tanishamiz. O’simlik dunyosi- dorivor o’simlik tayyorlab undan kasallikka qarshi foydalanishda eng kam chiqim, zararsiz va topish oson hisoblanadi. Qadimdan insonlar, olimlar dorivor shifobaxsh o’tlardan foydalanib kelgan. Ularning boshqa dori turlaridan farqi (tabletka, ukol) uning inson organizmiga bezarar ekanligi. Ular dorivor o’simliklar bilan Abu Ali Ibn Sino, Abu Mansur, Gippokrat kabi o’z vaqtining mashhur insonlari shug’ullangan. Shunday ekan bugun biz hammamiz uchun tanish bo’lgan qoqi o’t to’g’risida tushuncha beramiz.
Keng foydalanilayotgan dorivor o’simliklar viloyatlarda turli tarqalishga ega.
Surxondaryo viloyatining
Surxondaryo viloyati o’simliklarning tabiiy holda o’sishiga o’zining bir qancha maqbul ekologik muhit sharoitlari bilan ajralib turadi. Joylashuv maydoniga ko’ra respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod hududida joylashgan . Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh..Surxondaryo viloyati relyefi togʻ va tekisliklardan iborat, shimoldan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdan-koʻp daryo va soylar dara hosil qilib Surxondaryo va Sherobod daryo oqib oʻtadigan tekislik shimoliy, gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitang togʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan..Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziqlardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botiq choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻoldi zonasi joylashgan. Togʻlar shimoliy sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Tuproq tarkibi mineral elementlarga juda boy. Madaniy holda togʻ zonasi va adirlarda, asosan, gʻalla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov holatida yil oxirigacha qoladi. Mutlaq balandlik 300-500 m boʻlgan Surxon-Sherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ-tokzorlar barpo qilingan. Janubiy qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Namlik omili yetarlicha bo’lib cheklovchi omil bo’la olmaydi.Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanvarniki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq temperatura ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914-yil 21-iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (-20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv ta’sirlar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat togʻlar orasidagi berk botiqlarda joylashganidan bu yerda yogʻin miqdori kam. Viloyatning janubiy tekisliklarida yiliga 130- 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445-625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning janubi-sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻ daryo, Toʻpolon daryo, Sangardak daryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlaridan iborat. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shimoliy qismi, togʻ va togʻoldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubidagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957-1958-yillarda Uchqizil, 1959-1962-yillarda Janubiy Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, Amu-Zang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproqlar, togʻ yonbagʻrida esa turli xil boʻz tuproqlardan iborat. Oʻsimliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Vohaning janubidagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda tabiiy holda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yonbagʻirlarida bir yillik efemerlar lola qizgʻaldoq, noʻxatak; 1200-2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongʻoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yonbagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloqlari bilan band.Shuningdek Surxondaryo viloyatida noyob turlar soni ham ko’p.Juda ko’pchillik dorivor o’simliklar asosan begona o’tlar orasida o’sadi. Viloyatda keng tarqalgan yovvoyi va madaniy dorivor o’simliklarning biokimyoviy tarkibi o’rganildi hamda ular orasidan keng tarqalganlari va foydalilik darajasi yuqori o’simliklar tanlab olindi.