11-MAVZU. O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI.
Reja:
1.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor
tamoyillari.
2.
O‘zbekiston Respublikasining BMTga aʼzo bo‘lishi hamda jahon
hamjamiyatidagi o‘rni hamda nufuzining ortib borishi.
3.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli
hamkorligi.
4.
O‘zbekistonning ShHT bilan aloqalari.
5.
O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan
o‘zaro hamkorlik aloqalari.
6.
O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi.
1.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor
tamoyillari.
XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri
bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va АQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy
tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi
bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga taʼsir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida
har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin
olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O‘zbekiston ham jahon
hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy
yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari
uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi
siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi.
Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu hududda
istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo
mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda.
Maʼlumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa
davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib,
respublikaning
o‘rni faqat qog‘ozlarda federatsiya subʼyekti sifatida
mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida
ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati
bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning
dastlabki
kunlaridan
boshlab
O‘zbekistonda xalqaro
tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik
aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali
milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni taʼkidlash kerakki,
O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli aʼzosi bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subʼуekti
sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z
178
hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy
qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal
etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, – deb 1991-yil 31-
avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi
Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston
Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-
moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi
siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
•
milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda
davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
•
umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan holda nizoli mojarolarni
tinch yo‘l bilan hal etish;
•
tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni
o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
•
barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga
intilish;
•
xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida
xalqaro talablarga rioya qilish;
•
tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro
tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro
huquqning umumjahon eʼtirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya
darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining
butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan,
Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy
qonunga
kiritilgan
qonunlarni
rivojlantirish
maqsadida
“Diplomatik
munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish,
ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi
siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
Shu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning
asosiy tashqi siyosiy doktrinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar
yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish
imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini
mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida
mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini taʼminladi. O‘zbekiston Respublikasi
o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan
holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr
ichida respublikani 111 davlat, 2015-yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini
180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018-yilga kelib, ular 134 tani tashkil etgan bo‘lsa,
2021-yilda 138 ta mamlakat bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy
va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda АQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya,
Buyuk
Britaniya,
Xitoy,
Hindiston,
Pokiston
va
boshqa
rivojlangan
mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda 44 ta davlat diplomatik missiyasi
179
akkreditatsiyadan o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va
xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning
vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekistonning elchilari
dunyodagi 46 ta davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng
huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash,
respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga taʼsir qilish kabilar tashkil
etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon eʼtirof
etgan ochiq, yakdillik talablariga asoslanadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston barcha xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro foydali
munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lib, asosiy tashqi siyosiy
harakatlarini 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan eng
muhim sohalarga qaratgan.
Mazkur hujjat mamlakatning tashqi siyosat sohasida quyidagi eng muhim
ustuvor yo‘nalishlarini shakllantiradi:
– davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning
xalqaro munosabatlarning to‘laqonli subʼyekti sifatida o‘rni va rolini yanada
mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlar mintaqasini
yaratish;
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo
hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida obʼyektiv
axborotni yetkazish;
– O‘zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining meʼyoriy-
huquqiy bazasini, shuningdek, xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy
asoslarini takomillashtirish;
– O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish
masalalarini tartibga solish.
Umuman, O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari
barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, mamlakatning tashqi
oshkoraligini ilgari surishga hamda regional va ko‘p tomonlama o‘zaro
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan vazifalar doirasida bo‘lib, xalqaro maydonda
aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy
qadamlarda o‘z aksini topmoqda.
Shu munosabat bilan Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Germaniya,
Fransiya, Аfg‘oniston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi dunyo mamlakatlari bilan
ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy
hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.
Oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy
manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan
aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan
180
tashqi siyosiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Tabiiyki, yangi ustuvor yo‘nalishlar va yondashuvlar tashqi siyosiy
boshqarma tuzilishining tubdan isloh qilinishini talab etdi. Tashqi ishlar vazirligida
yangi bo‘linmalar tashkil etildi, Belarus va O‘monda vakolatxonalar, Rossiya va
Qozog‘istondagi shaharlarda bir qator bosh konsulliklar ochildi. Diplomatik
faoliyatning iqtisodiy tarkibi kuchaytirildi.
Xalqaro maydondagi hamkorlik ilg‘or dunyo tajribasini o‘rganish, xorijiy
mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishga yordam berishi kerak, bu
mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga o‘z
hissasini qo‘shadi.
Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan
savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or
texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini
kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi.
O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yo‘nalishi
dunyoning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik sheriklik
hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bunday
yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni qo‘llab-
quvvatlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish
vazifalarining samarali hal qilinishini taʼminlashga qaratilgan.
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining tub
manfaatlaridan kelib chiqqan holda uning tashqi siyosat sohasidagi saʼy-
harakatlarining asosiy maqsadi davlat mustaqilligini mustahkamlashdan,
mamlakatning xalqaro jabhada milliy maanfaatlarini ilgari surishdan, O‘zbekiston
fuqorolari va yuridik shaxslarning haq-huquqlarini himoya qilishdan, tashqi
iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan, O‘zbekiston tevaragida xavfsizlik,
barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik makonini yaratishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan
amalga
oshirilgan
islohotlar
natijasida
vatanimizning
tashqi
siyosatini
shakllantirish va amalga oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatning
yangilangan tashqi siyosati ochiq, do‘stona va pragmatik tamoyillarga asoslangan.
Xususan, O‘zbekiston barcha xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlari va jahon
hamjamiyati bilan samarali hamkorligi xalqimiz va yurtimiz manfaatlaridan kelib
chiqib belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |