Miqdoriy radiobiologiya kontse’tsiyalari.
Bu xil yondoshishlardan eng dastlabkisi, o’tgan asrning 20-yillarida Dj.Krouter va
X.Dessauer ishlarida ehlon qilindi va N.V.Timofeev-Ressovskiy, K.TSimmer, D.Li
ishlarida taraqqiy ettirilib, miqdoriy radiobiologiyaning asosiy ‘rintsi’lari tarzda
shakllandi. Ular tegish, nishon va kuchaytirilish ‘rintsi’laridan iborat. Ularga binoan,
nur energiyasining uzatilish diskret, hujayra moddalari bilan tahsirlashishi esa, statistik
xarakterga ega. Nur energiyasini qabul qiluvchi biologik strukturalar, hayot faoliyatida
tutgan o’rni bilan ham o’zaro farqlanadi.
Tegish ‘rintsi’i.
Bu ‘rintsi’ga binoan, ionlantiruvchi nurlarning hujayra
moddalari bilan tahsirlashishdagi diskretlik va statistiklik, hujayraning nurdan
zararlanishini boshlab beruvchi jarayonlarning fizikaviy asosini tashkil etadi.
Nishon ‘rintsi’i.
Hujayra struktura va funktsional jihatdan geterogenligi bilan
ajralib turadi. SHu munosabat bilan bu ‘rintsi’, nurning muayyan bir sohaga (nishonga)
kelib tegishi, energiyaning muayyan bir strukturaga uzatilishi, hujayra faoliyatini
o’zgartirish orqali nurdan zararlanishning avj olishini belgilaydi, deb tahkidlaydi.
Kuchaytirilish ‘rintsi’i.
Bu ‘rintsi’ga binoan, nishonga tegish natijasida, hujayra
strukturasida sodir bo’lgan dastlabki o’zgarishlar (zararlanishlar), ko’’ marta
kuchaytirilib, hujayraviy jarayonlarning keng ko’lamli, ikkilamchi zararlanishiga sabab
bo’ladi.
Umum holda, tegish va nishon ‘rintsi’lari, muayyan bir hujayraviy nishonning
zararlanishidan iborat, shartli reaktsiyani ko’zda tutadi va yagona testeffektni nur
tahsiriga javoban kelib chiqadigan reaktsiya o’lchov birligi sifatida qabul qiladi. har bir
reaktsiya, muayyan bir nishonning zararlanishiga mos keladi. tegish va nishon
‘rintsi’lari ‘roliferativ halokatini tasvirlashda samarali natijalar beradi. bunda, reaktsiya
birligi sifatida hujayra halokati, nishon sifatida esa hujayraning ‘roliferativ halokatiga
sabab bo’luvchi, yadro (strukturaning umumiy zararlanishi) namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |