Konsepsiyasining didaktik prinsiplari


Masofaviy ta’lim didaktik ta’minotining tuzilishi



Yüklə 153,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix19.12.2023
ölçüsü153,43 Kb.
#186482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-Masofaviy ta`lim texnologiyalari (Ma`ruza mashg`ulot)

Masofaviy ta’lim didaktik ta’minotining tuzilishi 
 
Masofaviy ta’limda avtomatlashgan didaktik ta’minot talab etiladi. 
Avtomatik didaktik ta’minot 2 tarkibiy qismdan iborat: diaktik va funksional 
ta’minot. 
Didaktik ta’minot- aniq fan mazmuni bo‘yicha o‘quv-uslubiy 
majmualardan iborat bo‘ladi. 
Funksional ta’minot - o‘quv mazmunini o‘rganishni modellashtirish 
imkonini beradi va pedagogik hamda texnologik qismlardan iborat bo‘ladi. 
Pedagogik –pedagogik maqsadga erishish uchun maqsadga va shaxsga 
yo‘naltirilgan pedagogik uslublar va texnologiyalarni uslubiy ketma-ketligi. 
Texnologik - pedagogik maqsadga erishish uchun
foydalaniladigan axborot texnologiyalari ketma-ketligi. Texnologik qismni 
tuzishda o‘qituvchining ishtiroki pedagogik va axborot texnologiyalarini 
birlashtirish imkonini beradi. 
O‘quv-uslubiy majmualarni yaratishdagi amaliy tajribalar tahlili 
avtomatlashgan didaktik tizimni umumlashtirishga va bosqichlarini 
aniqlashga imkoniyat yaratadi. Pedagogik nuqtai nazardan avtomatlashgan 
didaktik tizimni yaratish bosqichlari muhim omil ekanligini ko‘rsatadi va bu 
asosan quyidagi 2 loyihaviy faoliyatdan iborat bo‘ladi: pedagogik va 
texnologik. Ular birgalikda tizimning funksioanal ta’minotini tashkil etadi va 
didaktik tizimni loyihalash modeli hisoblanadi. 
Funksional ta’minot dinamik tuzilishga ega bo‘lib, unda avtomtik didaktik 
tizimni jarayonlari, bosqichlari, ADTni tuzish tartibi aks etadi va uning
ushbu bloklari ko‘zlangan natijalarni olishga yo‘naltiriladi. 
ADT ni tuzishda “yutish” uslubi qo‘llaniladi va bu rekursiv uslub
deb ataladi. Model yadrosi o‘quv fanining mazmuni hisoblanadi. Ushbu
yadro asosida modelning birinchi qobig‘i – boshqarish bloki yaratiladi va 
u texnologik blokni yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Modelning barcha 
komponentlari o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sirga ega. 
Ishlab chiqilgan didaktik ta’minotning pedagogik asoslari 
samaradorligini aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalaniladi: 


bilimni avtomatik nazorat qilish tizimi bilan birlashgan o‘quv 
materiallarini uzatish (yetkazish) tizimi tushuniladi. 
O‘quv resursining namunaviy tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi 
tavsiya etiladi: 
1.
O‘quv materiallari: 
1.1.
Darslik, o‘quv qo‘llanmalar 
1.2.
Elektron o‘quv kursi 
1.3.
Ma’ruzalar matni (ma’ruzalar kursi) 
1.4.
Test savollari, nazorat savollari. 
2.
O‘quv-uslubiy materiallar: 
2.1.
O‘quv rejasi 
2.2.
O‘quv dasturi 
2.3.Mashg‘ulot rejasi 
2.4.Uslubiy ko‘rsatmalar 
3.
Ma’lumotnoma materiallari 
3.1.
Ensiklopediya 
3.2.
Lug‘at 
3.3.
Ma’lumotnoma 
3.4.Ma’lumotlar bazasi 
3.5. Geoaxborot/kartografik tizim 
4.
Illyustrativ va namoyish materiallari 
4.1.
Atlas 
4.2.
Kolleksiya 
4.3.
Karta 
4.4.
Ko‘rgazmali qo‘llanmalar 
5.
Qo‘shimcha axborot materiallari 
5.1.
Xrestomatiya 
5.2.
Nashr materiallari (kitoblar) 
5.3.
Ilmiy-ommabop xarakterdagi Internet nashrlari 
5.4.
Reklama-axborot xarakterdagi materiallar 
5.5.
Bibliografiya 
6.
Meyoriy hujjatlar 
6.1.Ta’lim standarti 
6.2. Yo‘riqnoma, meyoriy dalolatnoma 
7.
Ilmiy materiallar 
7.1.
Dissertatsiya avtoreferatlari 
orqali aniqlanadi. 
i. 


7.2.
Dissertatsiya 
7.3.
Maqolalar 
7.4.
Monografiyalar 
7.5.
Tahliliy materiallar 
8.
Elektron davriy nashrlar 
8.1.
To‘liq matnli nashrlar 
8.2.
Ta’lim saytlari 
8.3.
Dasturiy mahsulotlar 
8.4.
Ta’lim muassasalari uchun dasturiy kompleks 
2.5. Fan bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratish uslubiyoti 
Elektron ta’lim resursining asosiy tarkibiy qismi –fan bo‘yicha o‘quv 
uslubiy majmua hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘quv-uslubiy majmua tarkibi 
bo‘yicha turli xil tavsiyalar mavjud bo‘lib, ularda majmuaning turli 
komponentllari yoritilgan. Lekin, bizning fikrimizcha o‘quv-uslubiy 
majmua tarkibining to‘liq, mukammal varianti asoslanmagan. 
O‘quv-metodik majmua (O‘MM) – davlat ta’lim standarti va fan 
dasturida belgilangan, bilim, ko‘nikma, malaka va kompeten-siyalarni 
shakllantirishni, o‘quv jarayonini kompleks loyihalash asosida 
kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rga-nishni 
hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv–uslubiy manbalar, 
didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, baholash
metodlari va mezonlarini o‘z ichiga oladi. 
Fanning o‘quv-metodik majmuasi tarkibining mazmuni Davlat ta’lim 
standarti asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq, ilm orqali bilim olish, 
to‘liq o‘zlashtirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil 
ta’lim olish texnolologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqiladi. 
Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmuaning soddaroq varianti tariqa- 
sida quyidagi namunaviy tarkibni tavsiya etish mumkin: 

Yüklə 153,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin