Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti deganda aniq fan yoki fan bo‘limi
bo‘yicha MTning tizimli prinsipi asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua
tushuniladi.
O‘quv uslubiy majmualarni yaratishda birinchi navbatda
didaktikaning ma’lum prinsiplar tizimi (S.I.Arxangelskiy, Y.K.Babanskiy,
V.I.Zagvyazinskiy, I.Y, Lerner, V.A.Slastenin, P.I.Pidkasistiy)
hamda
masofaviy ta’lim xususiyat-larini hisobga oluvchi omillari hisobga olinishi
lozim.
Masofaviy ta’limning o‘quv-uslubiy bazasini shakllantirishda
quyidagi prinsiplarni asosiy qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
didaktik jihatdan foydaliligi;
ketma-ketlik va tizimlashganligi;
modullilik;
ko‘p darajalilik;
kognitivlilik;
moslashuvchanlik;
nochiziq tarkib.
Yuqoridagi prinsiplar ichida eng asosiysi didaktik foydalilik hisoblanadi,
chunki boshqa prinsiplar bu prinsip asosida
shakllanuvchi va uni
to‘ldiruvchi prinsiplar hisoblanadi.
Didaktik foydalilik-qo‘yilgan o‘quv maqsadga erishishda o‘quvchi
shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot xususiyatidir.Bu
o‘quvchining psixofiziologik xususiyatlari va yoshini hamda bilimlar
tizimining ijtimoiy faolligi talablarini hisobga olib, o‘quv mazmuni tarkibini
shakllantirish imkoniyati bilan aniqlanadi.
Masofaviy ta’lim didaktik ta’minoti tarkibi va tuzilishi yuqoridagi prin-
siplar asosida yaratilishi va amalga oshiriladigan masofaviy ta’lim
texnologiyasi mazmunini belgilashi lozim.
Didaktik ta’minotni yaratishda turli xil usullardan foydalaniladi.
Didaktik ta’minot tuzilishining funksional
asosini quyidagi ikki
qismga ajratishimiz mumkin: mazmuniy va boshqaruvchi.
Masofaviy
ta’lim tizimida
o‘qitish maqsadini samarali va
kafo-latli ta’minlashning asosini o‘quv jarayoni modeli tashkil etadi.
O‘quv jarayonini quyidagi 3 ta model bilan izohlash mumkin:
o‘qitish;
mashq qilish;
emotsional-intellektual muloqat.
Masofaviy ta`lim o‘qituvchi bilan bevosita aloqani inkor qiladi.
O‘qitish va emotsional-intellektual muloqat modeli o‘qituvchi
dasturning
asosi hisoblanmish ta’lim berish modeli bilan almashinadi.
Masofaviy ta`lim o‘qitish modeli axborot-fan muhitidan iborat bo‘lib,
o‘z ichiga turli ko‘rinishdagi o‘quv materiallarini, o‘quv maqsadi-ning
dasturiy ta’minotini hamda o‘quvchi faoliyatini boshqarish modelini oladi.
Dostları ilə paylaş: