III BOB. Ilg`or pedagogik texnologiyalar vositasida ta`lim
samaradorligini ta`minlash yuzasidan amaliy tajribalar mohiyati.
3.1. Musiqa ta`limida ilg`or texnologiyalarni qo`llash tizimi
va uning samaradorligi.
Biz mazkur ilmiy tadqiqotimizni olib borish jarayonida ta`limni
texnologik yondashuvlar asosida tashkil etishga oid ilmiy – pedagogik
adabiyotlarni o`rganish davomida va ushbu muammo yuzasidan amaliy tajriba
sinov ishlarini olib boorish paytida asosiy e`tibor tadqiq etilayotgan
muammoning amaliy jihatlariga qaratilishi lozimligini aniqladik va biz ham
shunday yo`l tutishimiz to`g`ri bo`lishiga ishonch hosil qildik.
Ta`lim berish davridagi amaliy pedagogik faoliyat ta`lim beruvchi
(O`qituvchi - pedagog) hamda ta`lim oluvchi (o`quvchi) o`rtasida ro`y beruvchi
va o`zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini
yorituvchi jarayondir. Nazariy – pedagogik g`oyalar, har qanday ta`limga tadbiq
etilayotgan ish shakl, usul, vositalar, bevosita amaliyotda ta`lim va tarbiyaviy
jarayon mohiyatini o`rganish, tahlil etish, uumumlashtirish asosida qaror topadi.
Shuning uchun ham pedagogik va ilmiy izlanish jarayonida tajriba – sinov
ishlarini tashkil etish shu jarayonning o`zagi sifatida namoyon bo`ladi.
Tadqiqiy izlanish natijalarini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan
tajriba – sinov ishlari ma`lum va aniq maqsadga yo`naltirilgan reja va dasturga
asoslanishi ishlarni tizimli va aniq bo`lishini ta`minlaydi. Shunga ko`ra biz ham
musiqa darslariga ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishning ta’lim sifati
va samaradorligini oshirishini isbotlash bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib
borishda ta’kidlab o’tilgan fikrlarga tayangan holda eng avvalo tajriba-sinov
ishlarini olib borish bo’yicha o’z dasturimizni ishlab chiqdik. Unda musiqa
darslarini olib borish jarayonida ta’lim texnologiyalarini qo’llash o’quvchilarni
musiqiy-nazariy
bilish,
qiziqish
qobilyatlarini,
musiqa
madaniyatini
shakllanishiga samarali ta’sirini kuzatish imkonini beruvchi muayyan
bosqichlari, ularni o’ziga xos xususiyatlari (har bir bosqichda amalga
63
oshiriladigan vazifalar), shuningdek ularning obyektiv shart-sharoitlari, statistik
tahlilning o’tkazilishi shartlari, baholash mezonlari kabilar e’tiborda tutildi.
Pedagogik faoliyatni texnologik yondashuv asosida tashkil etishning
samaradorligi birinchi navbatda o’qituvchining ushbu yo’nalishdagi tayyorgarlik
mahoratiga bog’liq. Bu mashg’ulotlarni mavzusi, mazmuni sinf,guruhning
imkoniyati, mavjud shart-sharoitlarini aniq va to’g’ri baholagan holda, o’zining
pedagogik texnologiyalarni qo’llashdagi imkoniyatlarini tanqidiy baholashiga
bog’liqdir.
Shunga ko’ra ta’kidlovchi kuzatish ishlari Jizzax va Samarqand
shahridagi
umumta’lim
maktablarida
2011-2012
yilllarda
o’tkazildi.
Avvalambor umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi musiqa ta’limining pedagogik
va metodik jihatdan to’g’ri yo’lga qo`yilganligi, o’qituvchining pedagogik
texnologiyalarini qo’llash bo’yicha tajribasi, bu faoliyatga munosabatini
aniqlashga to’g’ri keldi. Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, aksariyat musiqa
o’qituvchilarining musiqa o’qitish metodikasi bo’yicha, shunga muvofiq tarzda
pedogogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha bilim, malakaviy tayyorgarlik
darajalari ancha past.
Bu ko’rsatkichlarni o’quvchilarning pedagogik texnologiyalar, musiqali
o’yinlar, ritmik-raqs harakatlarini darsda qo’llashga munosabatlari bilimi
haqidagi so’rovlarimiz natijalari bilan taqqoslaganimizda bu xolatda vaziyat biz
kutganchalik emasligi ma’lum bo’ldi. Olingan natijalar tahlilidan ma’lum
bo’ldiki musiqa o’qituvchilarini birinchi galda pedagogik faoliyatga texnologik
tayyorlash zarur yoki ularni ushbu yo’nalishda malaka oshirishlarini ta’minlash,
qisqa kurslarda o’qishlariga imkon yaratish lozim.
Shundan so’ng texnologiyalashtirilgan ta’limni an’anaviy uslubdagi
mashg’ulotlarga nisbatan afzallik jihatlarini aniqlash bo`yicha o`zimiz ishlab
chiqqan dastur asosida tajriba – sinov ishlarini shakllantiruvchi bosqichidagi
vazifalarni amalga oshirishga kirishdik.
64
Shunga ko`ra Samarqand va Jizzax shahridagi ikkitadan umumta`lim
maktabining bir xil (4 - sinflar) sinflaridan ikkitadan (biri tajriba sinfi, biri
nazorat sinfi) jami 4 ta sinf tanlab olindi.
Tadqiqot muammosi doirasida tashkil etilgan amaliy tajriba – sinov ishlari
jarayonida o`quv
mashg`ulotlarini
ilg`or pedagogik texnologiyalardan
foydalangan
holda
tashkil
etish
(tajriba
sinflarida),
qo`llanilayotgan
texnologiyalarni o`quv mashg`ulotlari, mavzulari, mashg`ulot vaqti, sinf
o`quvchilarining qiziqish va qobilyatlari, mavjud shart – sharoitlarni hisobga
olgan holda uyushtirishga asosiy e`tiborni qaratdik.
O`quv mashg`ulotlarining mazmuni, mohiyati va musiqiy faoliyatlarning
o`ziga xoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularga mos texnologiya va
pedagogik metodlardan o`z o`rnida foydalanildi. Interfaol metodlardan “Aqliy
hujum”, “Klaster” (tarmoqlash), “Blits so`rov”, “Piramida”, “Bumerang”,
“Skarabey”, “Bahs - munozara”, “Doira stol atrofida”, “O`yla, izla, top”, “Kuyni
top”, “Men dirijyor”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Konsert dars”, “Viktorina
darslari”, amaliy metodlardan “Savol - javob”, “suhbat”, “hikoya”,
“tushuntirish”, “uqtirish” va ko`rgazmali, texnik vositalar yordamida namoyish
qilish, ko`rsatish kabi uslublarga keng o`rin berildi.
Bahs – munozara, savol – javob, erkin muloqotga asoslangan,
o`quvchilarni darsda faol ishtirok etishga, erkin fikrlashga, turli xil harakatlarni
bajarishga, o`z munosabatini bildirishi, bahslashishga undovchi tadbirlar
samarali va qiziqarli kechishi kuzatildi.
Tajriba – sinov ishlari jarayonida darslarni interfaol va o`z o`rnida amaliy
(an`anaviy) metodlardan foydalanish darslarni samarali kechishiga olib kelishida
obyektiv
va
subyektiv
omillarni
e`tiborga
olinishi
bu
boradagi
izlanishlarimizning eng muhim jihatlaridan ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu:
1.
Musiqa darslari jarayonida 4 – sinf (tajriba sinflari) o`quvchilarida
musiqiy – nazariy bilim va malakalarni rivojlanganligi, musiqiy
madaniyatini shakllantirishning dastur talablari darajasida amalgam
65
oshirishga qaratilgan faoliyatning asosiy muhim sabablaridan deb
e`tirof etilganligi;
2.
O`quvchilarning musiqiy bilim, tushunchalari, amaliy ijrochilik
malakalarini egallashga bo`lgan qiziqishlarini muayyan darajadagi
o`zgarishlarning kuzatilganligi;
3.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida darslarni ilg`or pedagogik
texnologiyalarga tayangan holda tashkil etuvchi mutaxasis –
pedagoglarning ushbu faoliyatga yetarli darajada tayyor ekanligi;
4.
O`quvchilarning ta`lim jarayonidagi faolliklari va ushbu faollikni
yuzaga keltiruvchi texnologik yondashuvlar hamda o`quvchilarning o`z
ustida ishlash, mustaqil fikrlashiga imkoniyat yaratilganligi;
5.
O`qituvchilarning darsda o`rganilishi lozim bo`lgan mavzular
mazmuniga tarbiyaviy maqsadlarni singdirib borish mahorati;
6.
Musiqa mashg`ulotlari jarayonida o`quvchilarni musiqiy bilim,
tushuncha, ko`nikma va malakalarini shakllantirish yuzasidan
qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalarni tizimli, uzluksiz hamda
izchil amalga oshirish.
Tajriba – sinov davrida o`quvchilarni darslarga munosabati, mavzularni
o`zlashtirishga intilishlari, o`qituvchiga berayotgan savollari, o`z ustida
ishlashlari, berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlari har bir sinfda bir xil
bo`lmasa –da ma`lum darajada yaqin ko`rinishga olib keldi. Shu o`rinda bir
sinfdagi sifat o`zgarishlari ayrim muddatda tez rivojlansa, ayrim muddatda
sekinroq kechishi ham kuzatildi.
Bunda o`quvchilarni mavzu bo`yicha bilim, tushunchalarni, asarlarni
tinglash, tahlil qilish, o`rganish, kuylash, o`z tushuncha va amaliy ijrolarini
namoyon eta olishlariga e`tiborni kuchaytirish zarur. Bu ayniqsa, o`quvchilarni
maqsadni anglashga, shu maqsadni ta`lim jarayonida nechog`li amalga
oshganligini, ya`ni: mavzu doirasidagi bilimlarni nechog`li o`zlashtirilganligini
anglash, o`zi va o`zgalar faoliyatiga baho bera olishga o`rgatish muhim ahamiyat
kasb etadi.
66
Musiqa darslari jarayonida ta`limni texnologik tashkil etish ta`limni
zamonaviy talablar asosida, amaliy tarzda, o`qituvchi va oquvchilarning o`zaro
muloqoti tarzida tashkil etishini talab etadi. Faqat shundagina dars samaradorligi
ta`minlanadi.
Umumiy orta ta`lim maktablaridagi ta`limtizimining mazmuni, hozirgi
darajasi ta`limtexnologiyalaridan talab darajasida foydalanish, ya`ni t a`lim –
tarbiya jarayonini texnologik asosda tashkil etishga tayyorlashda yetarli
imkoniyatlarga ega emas. Umumuta`lim maktablaridagi ta`lim – tarbiya
jarayonini texnologik asosda tashkil rtishda oliy o`quv yurtlari bilan mustahkam
va izchil aloqani yo`lga qo`yish zarur.
Buning
uchun
musiqa
o`qituvchilarini
va
bo`lg`usi
musiqa
o`qituvchilarini maktab faoliyatiga tayyorlashni qanday yo`nalishda amalgam
oshirishni belgilash uchun rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimida to`plangan
tajribalarga xos unumli va texnologik yondashuv asosida ishlashning ancha
taraqqiy etgan shakllari haqida ma`lumotga ega bo`lishi lozim. Shundagina
darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning samarali yo`llarini
aniqlash mumkin. Bizning fikrimizcha yangicha texnologik yondashuv asosidagi
pedagogik mahoratni egallshda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim:
1.
Texnologik
yondashuv
asaosida
faoliyat
ko`rsatayotgan
o`qituvchilar
kontengentining
yangicha
va
samarali
ishlash
tajribalarini o`rganish, keng ommalashtirish;
2.
Pedagog – o`qituvchilarning texnologik faoliyatga tayyorgarligi va
faolligini oshirish va aksincha, unga to`sqinlik qilayotgan sabablarni
aniqlash, texnologik yondashuv asosida ishlashning yanada samarador
yo`llarini va bizning mahalliy mintaqamizga mos yo`llarini izlash;
3.
Tajribali o`qituvchilarning texnologik yondashuv asosida ishlash
amaliyotining o`ziga xosligi, tashkiliy – tuzilish xususiyatlari, farqli
jihatlarini o`rganish. Buni bilish o`qituvchining texnologik yondashuv
faoliyatiningmotivli asosini “tasvirlab” berishga kasbiga qiziqishning
va darslarni qiziqarli va to`g`ri tashkil etishga yordam beradi.
67
Tadqiqot muammosi doirasidagi tajriba – sinov ishlarimiz uch bosqichda
amalga oshirildi:
1.
Tayyorgarlik (tashkiliy) bosqich;
2.
Ishlab chiqilgan metodikani amalga oshirish (amaliy) bosqichi;
3.
Natijalarni umumlashtirish va tahlil qilish (yakunlovchi) bosqich.
Ishlab chiqilgan dastur asosida musiqa darslarini interfaol metodlarni qo`llash
orqali tashkil etish va o`quvchilarning musiqiy – nazariy bilimlarini, musiqiy
madaniyatini shakllanganlik darajasidagi o`zgarishlarni aniqlashga kirishdik.
Buning uchun tajriba boshida o`quvchilarni musiqiy – nazaroy bilimlari,
musiqani idrok etish unga tavsif berish, baholash, tahlil qilish, ijro etish
ko`nikma va malakalarini aniqlab olish lozim tiopildi. Mazkur ko`nikma malaka
va amaliy ijrochilik bo`yicha o`quvchilarning musiqiy madaniyatini belgilovchi
mezonlar ishlab chiqildi va dastlab, tanlab olingan tajriba va sinov guruhlarida
(sinflarda) test sinovlari, amaliy so`rov va o`quvchilarni ijrochilik (kuylash)
malakalarini aniqlovchi o`ziga xos “sinov”lar o`tkazildi.
|