61
“Chigil yozdi” usuli.
Bu usul (texnologiya) darsning oxirgi qismlarida qo`llansa, 40 – 45
minut bir joyda o`tirib, harakatsiz bo`lgan o`quvchilarni jonlantirib, kayfiyatini
ko`taradi. Sinf o`quvchilari qatorlarga bo`linib musobaqa uyushtiradi.
- Har bir qatordan chiqqan o`quvchilar chalingan kuyga mos raqs tushib
berishlari kerak. Kuy repertuari shunday tuzilgan bo`lishi kerakki,
ular usul
sur`ati jihatidan farq qiluvchi, iloji bo`lsa har xil millat musiqalari bo`lishi lozim.
Bunda o`quvchilarning topqirligi mustaqil ravishda musiqani ichki hissiyot bilan
qabul qilishlari, qolaversa boshqa xalqlar musiqasi
bilan tanisha borishlari
mumkin bo`ladi. Eng asosiysi bu usul o`quvchilarda psixologik turg`unlikni
o`sishi, kayfiyatini ko`tarib, musiqa darslariga e`tiborini kuchaytiradi.