Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

Umumiy xulosalar 

 
Har qanday jamiyatning istiqboli uning ta`lim – tarbiya maqomiga
yangicha ta`lim tizimi tarkibi va mohiyatiga, teran ma`rifiy madaniyatiga 
bog`liq. Zotan, ta`limma`rifati darajasigina jamiyatning, davlat va millatning 
kelajagini ta`minlaydigan, dunyo uzra nufuzini belgilaydigan yagona omil 
hisoblanadi. O`z maqomi va mundarijasi bilan u muqobili yo`q qadriyatdir.
O`zbekiston istiqlolining dastlabki kunlaridanoq ana shu haqiqatni o`z 
mustaqil taraqqiyot yo`lining istiqboli deb bildi. Jamiyat hayotining barcha 
jabhalaridagi amalga oshiriladigan tub o`zgarishlarning negizi milliy, ma`rifiy 
an`analarimizning zaminini yanada mustahkamlash, zamon talablari bilan 
uyg`unlashtirish orqali dunyoning zamonaviy ilg`or o`qitish usullari bilan 
boyitishga asosiy urg`u berildi. Bu esa o`z navbatida ta`lim tizimining moddiy 
texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o`quv – tarbiya jarayonini yuqori 
sifatli o`quv adabiyotlari 
va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan 
ta`minlanishini taqozo etadi. Shu sababli ham pedagog kadrlarni tayyorlash 
jarayonida ularning kasb mahoratini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida 
shakllantirish bugungi kunning muhim talabi sifatida qo`yilmoqda. 
Ta`limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta`sir etuvchi 
va uning samaradorligi, bir butunligi, muvaffaqqiyatini belgilab beruvchi 
vositalardandir. 
Ta`limga texnologik yondashuvning nazariy – metodologik tahlili shuni 
ko`rsatadiki, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi pedagogika fani taraqqiyoti 
darajasiga bo`lgan talablar bilan chambarchas bog`liq.
Hozirgi vaqtda ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o`qitish haqida 
turli – tuman fikr, qarash, yondashuvlar mavjud. Bu ham tasodifiy emas albatta. 
Zamonaviy, ilg`or pedagogik texnologiya asosida o`qitishni yo`lga qo`yish, 
ta`lim jarayonini o`quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish 
uchun tinimsiz izlanish o`qituvchining muhim vazifasi bo`lib qolmoqda.


77
Bizning tadqiqotimiz davomida olib borilgan nazariy, uslubiy manbaalarni 
o`rganish, musiqiy ta`limdagi mavjud holat, ularda pedagogik texnologiyalarni 
qo`llanishi, nihoyat tajriba – sinov ishlari natijalaridan shu narsa ma`lum 
bo`ldiki, o`quvchilarni darsda turli ilg`or pedagogik texnologiyalar vositasida 
faol ishtirokini ta`minlash, shu orqali ularning musiqiy – nazariy, amaliy 
ijrochilik ko`nikma, bilim, malakalarini shakllantirish ta`limning sifat va 
samaradorligiga nihoyatda katta ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 
Shu bois ham amalga oshirilgan tadqiqot natijalari quyidagi xulosalarga 
kelishimizga asos bo`ldi: 
1.
Ta`lim tizimining barcha bo`g`inlarida, xususan uning eng muhim 
shakllantiruvchisi bo`lgan umumiy o`rta ta`lim tizimidagi muhim vazifalardan 
biri o`quvchi – yoshlarni fanning barcha yo`nalishlarida chuqur va mustahkam 
bilim olish, ularni kelajakda ta`limning yuqori bosqichlarida o`qishni 
muvaffaqqiyatli davom ettirib, munosib kadrlar bo`lib yetishishlariga zamin 
tayyorlashdan iborat.
2.
Bu maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirishda ta`limni uzluksiz 
takomillashtirib borish, maktab, akademik litsey, kasb – hunar kolleji, oliy ta`lim 
o`rtasida o`zaro mustahkam aloqani yo`lga qo`yish, ta`lim sohasidagi 
yangiliklar, ilg`or tajribalarni ommalashtirish, metodik hamkorlikni izchil olib 
borish zarur.
3.
Umumta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa 
darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etishning keng 
imkoniyatlari mavjud. Musiqa darslari mazmunini pedagogik texnologiyalar 
asosida yo`lga qo`yishga e`tiborni kuchaytirish, zarur pedagogik shart – 
sharoitlarni yaratish lozim.
4.
O`rta ta`lim tizimida darslarni pedagogic texnologiyalar orqali 
tashkil etishning muvaffaqqiyati ko`p jihatdan oliy o`quv yurtlarida bo`lajak 
o`qituvchilarni pedagogik texnologiya asosida tayyorlash, o`qituvchilarni qayta 
tayyorlashga bo`g`liqdir.


78
5.
Hozirda umumta`lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa 
o`qituvchilarini texnologik yondashuvga tayyorlash tizimini ishlab chiqish
amaliyotga joriy etish, zarur o`quv – metodik qo`llanmalar, dars ishlanmalari 
bilan ta`minlash zarur.
6.
Ta`lim tizimini nazariy – metodik jihatdan uzluksiz takomillashtirib 
borish maqsadga muvofiqdir.
7.
Umumta`lim maktablari musiqa darslarini ilg`or pedagogik 
texnologiyalar asosida, interfaol usullardan foydalangan holda tashkil etish 
bo`yicha ijtimoiy - pedagogik yo`nalishda ilmiy tadqiqotlarga e`tiborni 
kuchaytirish zarur.
Umumta`lim maktablari “musiqa madaniyati” darslarida ilg`or 
pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish asosida 
o`quvchilarning musiqiy – nazariy bilimlari, amaliy ijrochilik ko`nikma va 
malakalarini shakllantirishga qaratilgan tadqiqot izlanishlar, amaliy ishlarning 
samarali natija berishi yuqorida ta`kidlab o`tilgan xulosaviy fikrlar bilan 
izohlanadi.


79

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin