257
organizmning fiziologik holatlari o‘zgarishlariga asoslanadi. Odam ontogenezini
davrlarga bo‘lishda bosh miya, suyaklar va boshqa organlarning o‘sishi,
o‘zgarishlari asos qilib olinadi. Masalan, o‘pka, bronxlar, o‘pka alveolalarining
shakllanishi 7 yoshgacha davom etadi.
Taloq 10 yoshgacha, oshqozon osti bezi 11 yoshgacha, limfatik bezlar 12
yoshgacha, jinsiy bezlar 16-18 yoshgacha rivojlanadi, ya‘ni o‘sadi, takomillashadi,
normal faoliyat ko‘rsata oladigan holatga keladi. Bosh miya 30 yoshgacha o‘sadi
va rivojlanadi.
1965 yilda Moskvadagi Yoshlar fiziologiyasi va jismoniy tarbiya ilmiy-
tadqiqot institutida yosh davrlariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazilib,
unda barcha o‘quv, davolash, ilmiy muassasalarida quyidagi yosh davrlari
sxemasidan foydalanish tavsiya etilgan:
1.Yangi tug‘ilgan davr 1-10 kun
2.Emizikli davr 10 kundan-1 yoshgacha
3.Go‘daklik davri 1-3 yosh
4.Birinchi bolalik davri 4-7 yosh
5.Ikkinchi bolalik davri
(o‘g‘il bolalar) 8-12 yosh
6.Ikkinchi bolalik davri
(qiz bolalar) 8-11 yosh
7.O‘smirlik davri
(o‘g‘il bolalar) 13-16 yosh
8.O‘smirlik davri
(qiz bolalar) 12-15 yosh
9.Navqironlik davri
(qiz bolalar) 16-20 yosh
10.Navqironlik davri
o‘g‘il bolalar 17-21 yosh
11.Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh
12.Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh
13.Yetuklik (to‘lishgan yosh)
II davri (erkaklar) 36-60 yosh
14.Yetuklik (to‘lishgan yosh )
II davri (ayollar) 35-55 yosh
15.Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh
16.Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh
17.Qarilik yoshi
(ayollar va erkaklar) 75-90 yosh
18.Uzoq umr ko‘ruvchilar 90 yosh va undan ortiq.
Dostları ilə paylaş: