Kelajakda odam qanday bo’ladi?
Bu savol hozir hammani qiziqtirmoqsa. Xx asrning 39- yillarida olimlar
bo‘lalar bo‘yining o‘sishi va ertaroq jinsiy voyaga yetganini kuzatdilar. Bu hodisa
akeselerasiya deyladi.
Har bir organ rivojlanishi va funksiyasi har bir o‘sish bosqichida irsiy
materalda belgilangan bo‘lib, bu ketma ketlik kasallik va tashqi muhut ta‘sirida
o‘zgarishi munkin.Keyingi 50 yil davomida erkaklar bo‘yi 5-6 sm, qizlar 4-5 sm
o‘sgan, bo‘lalar og‘irligi ham oshganligi qayd etilgan.
Tug‘ilishgacha rivojlanishning tezlashganligi ham kuzatilgan: keyingi 40
yilda yangi tug‘ulgan bo‘lalar 2sm o‘sganligini, og‘irligi 300g oshganligi
aniqlangan, 5-6 oy ichida yangi tug‘ilgan bo‘lalarning og‘rligi 2 borabor
oshganligini ham qayd etilgan. Sut tishlari tezroq chiqib, bir yil ertaroq doimiy
tishlar bilan almashinmoqda. Hozirgi paytda yashayotgan bo‘lalar bundan 100-
150 yil oldin bo‘lalardan farq qiladi. Bu farqlarning maksimumi 150-16 yoshli
bo‘lalarda kuzatiladi. Suyaklanish, oyoq o‘lchamining doimiylashuvi ham
tezlashganligini kuzatilmoqda. Qizlarning jinsiy bo‘log‘atga yetishi 3-4 yil oldin
sodir bo‘lmoqda.
Bo‘lalarning jismoniy rivojlanishi o‘rganish asosida shunday hulosaga
kelinmoqdaki, ayni paytda yashayotgan 8 yoshli bo‘la bundan 100yil oldin
yashagan 9 yoshli bo‘laga, 15 yoshli bo‘la esa 17 yoshli bo‘laga to‘g‘ri keladi/
Akselerasiya gavda uzunligiga va og‘irligiga ta‘sir etmoqda. Jumladan ,
1926 yilda moskvada yashagan erkaklarning o‘rtacha bo‘yi 168sm, og‘rligi 62,3
kg bo‘lsa, 1963 yilda o‘rtacha bo‘y uzunligi 171,8 sm og‘irligi 71,3 kg bo‘lgan
Shunga o‘xshash ma‘lumotlar butun dunyo olimlar tomonidan qayd etilgan.
Keyingi 100- 150 yilda 14-15 yoshli bo‘lalar jinsiy balog‘atga yetishi 3 yil
ertaroq sodir bo‘lishi qayd etilgan.
Gerontologiya tarixida tez o‘sish ham qayd qilingan. Jumladan, Lyudovik
II Vengerskiy 14 yoshida yaxshigina soqolli bo‘lgan, 15 yoshida uylangan, 18
yoshida soqol –mo‘ylovlari oqargan, 20yoshida qarilikning hamma belgilari
namoyon bo‘lib, vafot etgan. A.V.Nagorniyning ‖ Qarilik va hayotning uzayishi‖
260
(1950) kitobida qiz bo‘laning 2 yoshida menstruasiyasi sodir bo‘lganligi, 8
yoshida bo‘la tuqqanligini va 25 yoshida qarib vofot etganligini qayd etilgan.
Akselerasiya sabablarini tushuntirishga oid ko‘plab gipotezalar yaratilgan.
1935 ylda nemis olimi Y e. kox aklere asiyani bo‘lalarni quyosh yorug‘ida
ko‘p vaqt sayr qilishi bilan isbotlashga uringan. Ammo shimol va janubda
yashayotgan bo‘lalardan ekvatorda yashayotgan bo‘lalardan quyosh yorug‘ligida
kam sayr qilmaydi.
XX asrning 40 –yillarida amerilalik olim Mills iqlim o‘zgarishi bilan
akselerasiya to‘xtashini bashorat qilgan edi. Ammo bu bashorat ham o‘z
tasdig‘ini topmadi.
O‘sish va rivojlanishga ovqaqt ning vitaminlashtirilganligu va tarkibining
yaxshilanishi ham ta‘sir ko‘rsatadi, degan fikirlar aytildi. Ammo akselerasiya
vitaminlar sintezidan oldin boshlangan edi. Urushlar davrida bo‘lalar o‘sishi va
rivojlanishi sekinlashgan. Yaponyada bo‘loalar hozir ham oqsil va yog‘ni kam
iste‘mol qiladi, ammo akselerasiysiya intenesiv sodir bo‘lmoqda.
Aholi urbanizasiyasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan televidenie, radio, kino va
boshqa lar ertaroq intel tual va seksual- psixik taraqitotga, ular esa o‘ssh va
balog‘atga yetishni tezlashtirishga olib kelayotgan bo‘lishi munkin. Ammo
Germaniya, Angliya, Ispaniyada qishloq va shahar o‘rtasida tafovut yo‘q va u
yerlarda akselerasiya bir xil sodir bo‘lmoqda.
Ayrim gipotezalarga ko‘ra , radioto‘lqinlari organizimga ta‘sir etadi.
Aniqlanishicha, radio to‘lqin organizimda issiqlik paydo qiladi.Ammo
akselerasiya radio va televidenie kashf etilishidan oldin ham sodir bo‘lgan
Balki odam genotipi o‘zgarayotgan bo‘lishi munkin? Antropologiya
ma‘lumotiga ko‘ra, bundan 100-150 ming yil oldin yashagan neandertallarning
bo‘yi 160 sm bo‘lgan. Ularning o‘rniga kelgan kramanonlarning bo‘yi esa 180 sm
bo‘lgan. Eramizdan oldingi 2000- yillar o‘rtasida Daniyada, eramizning 1000-
yilining o‘rtalarida Gresiyada yashagan odamlarning bo‘yi hozirgi odamlarning
bo‘yiga yaqin bo‘lgan.
XX asrning 60- yillarida iqtsodiy jixatidan rivojlangan mamlakatlarda 90-
yillariga borib akselerasiya to‘xtaydi, iqtsodiy jixatidan rivojlanmagan
mamlakatlarda iqtsodiy o‘sish bilan bilan birgalikda akselerasiya kuchayishi
bo‘ladi, degan gipotezalar paydo bo‘lgan edi. Hozircha bu gipoteza ham o‘z
isbotini topgan emas. Yaqin 40- 50 yil ichida odam rivojlanishi tezlashib, yangi
muammolar paydo bo‘lish ehtimoli bor. Masalan, uy-joy, ish, transport, madaniy-
maishiy muammolar paydo bo‘lishi munkin. Tez o‘sish disgarmoniyaga, yurak-
qon tomirlari, nerv sistemasi, endokirin va nafas olish sistemalariga ortiqcha
zo‘riqish paydo qilishi munkin. Tez o‘sish organizim uchun hech qanday
imkoniyatga ega emas.
Biologik va ijtimoiy yetilish muddatlari ko‘pchilik hollarda bir- biridan
farq qilmoqda. Ijtimoiy yetilishga faqat biologik mezon orqali baho berish
xatodir. Ba‘zan ijtimoiy yetilish biologik yetilishdan oldinroq sodir bo‘lishi
munkin. O‘spirinlar o‘zlarida paydo bo‘lgan muammolrga doimo tog‘ri javob
topovermaydilar. Shuning uchun jinsiy balog‘atga yetilayotgan bo‘lalarga ota-ona
va pedagoklar tomonidan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi lozim. Akselerasiya
261
bo‘lalar aqliy qobilyatining o‘sishiga olib keladi. Bu esa bo‘lalarning yoshligidan
murakkab, chuqur ilmiy muammolarni tushinib olishga imkon berdi.
Olimlar XX asrning eng qiziqarli gipotezasi- akselerasiyaning mohiyatini
tushuntirishga harakat qilmoqda. Ayni paytda, ishonch bilan aytish munkinki,
akselerasiya odam evolyusiyasining ob‘ektiv qonunyati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |