Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Qayta tug’ilish munkinmi? 
 
Evolyusiya uzoq vaqt davomida turli- tumanlik paydo qilish yo‘lidan bordi, bir 
turga kiradigan organizimlar bir-biridan oz bo‘lsa-da farq qiladugan bo‘ldi. 
Tabiatda bir turga kiradigan, aynan bir-biriga o‘xshaydigan ikkta individ yo‘q. Bir 
tuxumdan hosil bo‘lgan egizaklar ham bir biridan ma‘lum darajada farq qiladi. 
Bir-biriga aynan o‘xshaydigan organizimlar paydo bo‘lishi munkinmi? 
Biologiyadan oz bo‘lsada xabari bor kishi bu savolga yo‘q deb javob beradi. Yangi 
organizim ikkta har xil genga va irsiyatga ega bo‘lgan gametalar qoshilishidan 
hosil bo‘ladi. Keyin bo‘la ota- onasi va ajdodlari kabi yashay boshlaydi. Ammo 
uning ichki va tashqi tuzilishi o‘ziga xos belgilarga ega bo‘ladi. O‘ziga xosligi 
shundaki, uni o‘rganmasdan, ba‘zi organlarni ko‘chirib o‘tkazib bo‘lmaydi. 
Malumki, buyrak, yurak, jigar, teri ko‘chirib o‘tkaziladi.Ayniqsa, bir
tuxumdan paydo bo‘lgan egizaklar organlarini ko‘chirib o‘tkazish yaxshi natija 
beradi. Ammo bunda ham dorilar yordamida immune sistema oshirilmasa,
kochirib o‘tkazilgan organ yahsab keta olmayaydiOrganizimlarning infeksiyaga 
qarshi kurashi baliqlardan sutemizuvchilargacha bir xil bo‘ladi. 
Har bir organizimning genetic molekulalari uning o‘ziga xosligini boshqarib 
turadi. Shuning uchun nusxasini tayyorlash uchun dastlab uning genotipi
nusxasini tayorlash kerak.Buning uchun uning o‘zidan genotipning nusxasini 
olish lozim. Har qanday somatic hujayra xromosomalarning diploid naboriga 
ega bo‘ib, ular ota- onadan olingan. 
Demak, birlashgan irsiy materal o‘ziga xos yo‘l bilan olinishi lozim. Tuxum 
hujayra yadrosini xromosomalai to‘lq bo‘lgan boshqa har qanday hujayra yadrosi 
bilan almashtirish munkin. 
Har xil hujayralarda genlarning hammasi ham irsiylanavermaydi. Shuning
uchun nerv va muskul hujayralari bir-biridan farq qilqdi. Organizimni tashkil 
etadigan hujayralar bir-biri bilan yaqin aloqada va hamkorlikda ishlaydi. Bu 
simfoniya ijro etayotgan orkestrga o‘xshaydi. Aniqlanishicha. Hujayraning 
o‘rtasidagi farq undagi genlarga bog‘liq. Ammo irsiy mterial ularning hammasida 
bir xil bo‘ladi. 
Demak, tuxum hujayra yadrosi somatic hujayra yadrosi bilan almashtirilsa,
urug‘lanishsiz organizim paydo bo‘ladi. 
J.Gerdon baqa ikrasining yadrosini itbaliq ichak hujayraning yadrosi bilan 
almashtirgan.ayni paytda dunyo bo‘yicha labaratoriyalarda shu yo‘l bilan 
yetishtirilgan ko‘plab baqa va sichqonlar bor. Ular yana shu yo‘l bilan ko‘paytirilib 
(ota gametasisiz va urug‘lanmasdan) borilmoqda. Bunfday tajribalar 


262 
o‘simliklarda ham o‘tkazilgan.Bunday ko‘payish klon deb ataladi. Klon genetic 
jixatidan toza liniya bo‘lib, unda boshqa organizim genlari bo‘lmaydi. 
Organizim nusxasini har bir hujayradan yaratish munkin. Bu sun‘iy 
yaratilgan ― vegetativ egizaklar‖ bo‘lib, ularda har xil dorilarni sinab ko‘rishi 
munkin.Klonlarda tuxum hujayra ishtiroki shart.Hamma genetik muvaffaqiyatlarda 
V.Garveyning ― hamma tiriklik tuxumdan boshlanadi‖, degan qoidasiga amal
qiladi. 
Odam nusxasini yaratish munkinmi? Odam kloni kerakmi? Odamni faqat gen 
yaratadimi? Bilim, til, madaniyat irsiylanmaydimi.hayvonlarorasiga tushib qolgan
bo‘ladan inson shakillanmaydimi. 
1920 yilda Hindiston changalzorlaridan ikki nafar qiz topib olindi. Vrachlar 
va psixologlar ularni tekshirdi. Kattasi yeti, sakkiz yoshda bo‘lib, Kamala deb 
nomlandi. Kichigi ikk yoshda va Amala deb nomlandi. Ular bilan tarbiya uyida 
maxsus shug‘ullanildi. Kamala to‘rt oyoqlab yuradi, ovqatni og‘zi bilan oladi, 
kiyinishni istamaydi. Amala jamoat joyiga tez o‘rgandi, ammo bir yilcha yashadi. 
Kamala qiyinchilik bilan jamoat joylariga o‘rgandi, 1924 yilda olti so‘z, 1927 
yilda 40 so‘z o‘rgandi. Asta –sekin odamlar orasida bo‘lishga o‘rgandi. Ammo
tengdoshlaridan orqada qolar edi, 17 yoshida vafot etdi. 
63 juft bir tuxumdan bo‘lgan egizaklar, 54 juft ikki tuxumdan paydo bo‘lgan
egizaklar 11ta test bo‘yicha ularning aqliy va ijodiy qobilyati tekshirilganda bir xil 
irsiylanish deyarli yoki umuman inson shakillanishida ahamyatga ega emas 
ekanligi aniqlandi. Homo sapiens genetic sifatlari insoniyatning tarixi davomida 
o‘zgarmay kelmoqda. Ammo takomillashib bormoqda. Odam klonini olishdan 
maqsad bormi? Yuksak iste‖dodli qo‘shiqchi, siyasotdon, olim odamlarning
nusxasini yaratish asosiy maqsad hisoblanadi.Ammo bunda faqat tashqi belgilarga 
ko‘ra o‘xshash odam yaratilishi munkin. Uning aqliy yoki boshqa qobilyati 
atrofidagi odamlar o‘rtasidagi muhutga bog‘liq. Bunday muvaffaqiyqt tabiiy 
evolyusiya jarayoniga qarama- qarshidir. Ular bir xil kasallik bilan kasallanadi va
epidemiya vaqtida immunitetida biror kamchilik bo‘lsa, bir vaqtda o‘ladi. 
Xarakter yoki talantni klonlashtirib bo‘lmaydi. Ammo genelik materialni 
ko‘chirib o‘tkazish munkin. Amerkalik embriolog L.Shetlls tajribalaridan ma‘lum 
bo‘lishicha, odam nusxasini yaratish fantaslika emas. U operasiya vaqtida ayol
tuxumdonidan tuxum hujayralarni oldi va ularning yadrosi olib tashlanib, o‘rndi
diploid xromosoma naborli spermatozoid yadrosi ko;chirilib o‘tkazildi. Uchta 
holatda ijobiy natija olindi, maydalanish sodir bo‘lib, blastosista bosqichgacha
taraqqiy etdi. Shu davrdan boshlab bu embrionni bachadonga o‘tkazish 
munkin.Shetlls bu usuli odamga qo‘llashga qarshi chiqdi. Ammo qoromolning va 
boshqa hayvomnlarning shunday nusxalari yaratildi. 
2002 yil 26 dekabr odam kloni yaratilganligi ham e‘lon qilindi, ya‘ni yeva 
(Momo havo) dunyoga keldi. Geneliklar ancha vaqtdan beri irsiyat va qobilyat 
o‘rtasidagi aloqani aniqlashga harakat qilib kelmoqdalar. 
Odam hayotining har bir bosqichida ijtimoiy va biologik omillar almashib 
turushi lozim. Bu shaxsning garmonik rivojlanishiga ijobiy ta‘sir etadi. 
Amerikalik psixologlar tayyorgarsizlik bo‘lalar orasidan maxsus testlar orqali bir 
guruh bo‘lalarni ajratib olgan va ularni maxsus testlar orqali bir guruh bo‘lalarni 


263 
ajratib olgan va ularni maxsus dastur asosida o‘qitilganda kollejlarning fizika, 
matemalika o‘qituvchilari darajasiga yetganliklari aniqlanganlar. 
Yuksak iste‘dodli odamlar qanday yetishib chiqadi? Olimlarning
aniqlashicha, oilada bitta bo‘la bo‘lsa, u buyuk odam bo‘lib yetisha olmaydi. 
Oilada bo‘lalar sonini kamaytirish jamiyatda jismoniy va intellectual jixatidan 
baquvvat bo‘lalar tug‘ilishini chegaralashga qarshidir. Sun‘iy sharoitda ya‘ni
gnetobiolog sharoitda embrionni taraqqiy ettirish sohasida Amerika , Angliya, 
Italiya olimlari ko‘p ishlar qildilar. Yaqin kelajakda bunday sharoitda bo‘la 
tug‘ildi, degan gaplar ham bor. Odamni ona organizimdan tashqarida yetishtirish,
odam kloni muammolari kelajakda yangi- yangi mua olarni keltirib chiqarishi 
aniq. Bo‘la tug‘ilishi oilada bayram , tug‘lishdan keyin ham bu bayram 
sog‘lom bo‘la uchun davom etadi. 
Inson tomonidan ko‘plab go‘zallik va gulshanlar yaratilgan. Bular inson aqli 
va talantining mevasi hisoblanadi. Shuning uchun inson tabiatdagi hamma 
jonzotdan ustun turadi Bu ustunlikning namayon bo‘lishi ko‘plab omillarga 
bog‘liq. Ana shu omillar mujassamlashsa, inson tabiatning sir
asrorlarini o‘rganadi, yangi- yangi nazariyalar, gipotezalar, texnologik qurulmalar 
yaratadi. Hikmatlarda aytilishicha: 
Odamdan yuqori turarkan olam,
Bilim oshirmoqda muhtojdir odam. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin