Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Qo’shaloqli mayiblar
. Egizaklarning mayib, ya‘ni noto‘g‘ri rivojlanishiga 
sabab, blastomerning blastodermik pufakcha ichida ertaroq bo‘lishiga, yoki 
kechroq ajralishiiga bog‘liq bo‘ladir Bo‘linish davri egizaklaning normal, yoki 
mayib bo‘lib tug‘ilishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda 
noto‘g‘ri rivojlangan egizaklar o‘ladi, yoki bachadonda o‘zgarishlarga uchrab, 
yo‘q bo‘lib ketadi. Noto‘g‘ri rivojlanishga olib keluvchi fizikaviy omillarga harorat 
va nurlanish kiradi. Dengizlarda suv miqdori va uning tarkibining o‘zgarishi 
baliqlaning jabrasida noto‘g‘ri rivojlanishning bir necha turlari kelib chiqishiga 
sababchi bo‘ladi. Kalamushlaning skeletidagi o‘zgarishlar, homiladorligida kam, 
yoki bir xil ovqat berganda, vitaminlar yetishmaganda paydo bo‘lishi, tajribalarda 
isbotlangan. Baliqlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma‘lum bo‘lishicha, embrion 
rivojlanishining ma‘lum davrida turli xil ta‘sirotlar bir xil o‘zgarishlarni paydo 
qiladi, lekin bu ta‘sirotlar har xil davrlarda ta‘sir etdirilsa, turli xil nuqsonlar kelib 
chiqishi aniqlangan. 
Har bir organning o‘z rivojlanishli davrida tez o‘zgaradigan davrlari bo‘ladi. 
Markaziy nerv sistemasi, xuddi shunday favqulodda tez o‘zgarish xususiyatiga ega. 
Bu davr, uning qalinlashgan plastinka holatidan nerv nayiga aylanish davridir. Ana 
shu davrda nerv sistemasiga turli xil ta‘sirotlar tufayli paydo bo‘lgan jarohatlar, har 
xil o‘zgarishlarga (anomaliyalarga) olib kelishi mumkin. Bu davrda sekin taraqqiy 
etayotgan organlar esa jarohatlanmaydi. Ona organizmi homiladorlik davrida 
kasalliklarga uchrasa, embrionda noto‘g‘ri rivojlanish paydo bo‘lishi mumkin. 
Bunday noto‘g‘ri rivojlanishga bir-biriga yopishgan, yoki qo‘shilgan egizaklar 
misol bo‘ladi. Bir-biriga yopishgan egizaklar, yopishgan gavda qismning nomiga 
"pagus" qo‘shimchasi qo‘shilib nomlanadi. Boshi bir-biriga qo‘shilgan egizak 
karapapagus, ko‘krak qismi bilan qo‘shilgani esa pigopagus va boshqalar. 
Ba‘zi hollarda bir tuxumdan taraqqiy etgan egizaklar, bir-biri bilan ozgina 
ahmiyatsiz qo‘shilgan bo‘ladi. Bunday egizaklar Hayotchan bo‘ladi (masalan, siam 
egizaklari). Ba‘zan qo‘shaloq egizaklardan biri ikkinchisiga nisbatan kichik 
bo‘ladi, yoki birining ma‘lum bir qismi yo‘qolgan bo‘ladi. Bu kichik organizm 
parazit, yoki parazit embrion deyiladi. Umuman, turli xil mayiblarni o‘rganish 
bilan teratologiya yoki palologik embriologiya shug‘ullanadi. 
Bir-biriga qo‘shilgan egizaklarning 20% ga yaqini yashab qoladi. Siam 
egizaklari Chan va In 1811 yilda Siamda tug‘ilgan. Ular ko‘kraklari bilan 
qo‘shilgan bo‘lib, dastlab yuzma-yuz yotishgan. Keyinchalik o‘sishi tufayli 
ularning birlashgan joyi cho‘zilib, erkin harakatlanadigan bo‘lib qolishgan. 
Siam egizaklarniing onasi xitoytik bo‘lib, ularni sirkka sotgan, keyin AQSh 
ga kelib, opa-singillarga uylanib, 20 nafar sog‘lom va 2 nafar kar farzand 
ko‘rishgan. Chan tog‘dan tushib ketgan va 1869 yil sholl bo‘lib qoladi. 1874 yilda 
o
l
pka shamollashidan vafot etgan. Uni eshitgan In ham 2 soatdan keyin vafot 
etgan. 
Egizaklar ob-havoga ta‘sir etishi, shamol, yomg‘ir chaqirishi kabi 
mulohazalar hozircha fanda ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Urtish davrida Shvesiya 
va Daniyada egizaklami maxsus joyda saqlab, davlat, millatning boyligi sifatida 
himoya qilganlar. 


35 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin